Mavzular

Yangi fatvolar

Maqolalar

Kitoblar


Saqlanganlar

Murakkab qidiruv


Loyiha haqida

Fikr bildiring

Bosh sahifa » Fiqh asoslari » Fiqh » Zinokorning tavbasi
Fatvo: 728

O'qildi: 481

05.07.2025

/ 10 Muharram 1447

Fatvo mavzusi: » » »

Zinokorning tavbasi

Savol

Uylangan bir do‘stim menga bir ayol bilan harom munosabatda bo‘lganini, lekin jinsiy aloqa qilmaganini (ya’ni, jinsiy a’zosi ayolning qiniga kirmagani, ammo ikkalasi ham yalang‘och bo’lganini) aytdi. U toshbo‘ron qilinadimi yoki boshqa yoʻl bilan tavba qilishi kerakmi?

O’xshash fatvolar

Javob

Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.

Do‘stingiz qilgan ish juda ham katta jinoyat va ulkan gunoh bo‘lib, u Allohga tavba qilishi kerak.

Sahih hadisda keladi:

عَنِ ابْنِ مَسْعُودٍ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ أَنَّهُ قَالَ: «الْعَيْنَانِ تَزْنِيَانِ، وَالْيَدَانِ تَزْنِيَانِ، وَالرِّجْلَانِ تَزْنِيَانِ، وَالْفَرْجُ يَزْنِي»

Abdulloh ibn Mas’ud roziyallohu anhu aytadi: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: «Ko‘zlar zino qiladi, qo‘llar zino qiladi, oyoqlar zino qiladi va jinsiy a’zo ham zino qiladi», dedilar» (Musnadi Ahmad, 3912; «Sahihul Jome’»m 4150; Hadis hukmi: «Muslimning shartiga binoan sahih»).

Do‘stingizni ko‘proq yaxshi amallar qilishga undang, shoyad Alloh uning gunohlarini kechirsa. Zero, yaxshiliklar yomonliklarni ketkazadi. Bu haqda quyidagi hadisda aytilgan:

قَالَ عَبْدُ اللَّهِ: جَاءَ رَجُلٌ إِلَى النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ، فَقَالَ: إِنِّي عَالَجْتُ امْرَأَةً مِنْ أَقْصَى الْمَدِينَةِ، فَأَصَبْتُ مِنْهَا مَا دُونَ أَنْ أَمَسَّهَا، فَأَنَا هَذَا، فَأَقِمْ عَلَيَّ مَا شِئْتَ، فَقَالَ عُمَرُ: قَدْ سَتَرَ اللَّهُ عَلَيْكَ لَوْ سَتَرْتَ عَلَى نَفْسِكَ، فَلَمْ يَرُدَّ عَلَيْهِ النَّبِيُّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ شَيْئًا، فَانْطَلَقَ الرَّجُلُ، فَأَتْبَعَهُ النَّبِيُّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ رَجُلًا، فَدَعَاهُ، فَتَلَا عَلَيْهِ، {وَأَقِمِ الصَّلَاةَ طَرَفَيِ النَّهَارِ وَزُلَفًا مِنَ اللَّيْلِ} [هود: ١١٤] إِلَى آخِرِ الْآيَةِ، فَقَالَ رَجُلٌ مِنَ الْقَوْمِ: يَا رَسُولَ اللَّهِ، أَلَهُ خَاصَّةً أَمْ لِلنَّاسِ كَافَّةً؟ فَقَالَ: «لِلنَّاسِ كَافَّةً»

Abdulloh roziyallohu anhu aytadi:

«Bir kishi Nabiy sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga kelib, «Men Madinaning bir chekkasida bir ayolni quchoqlab, jimodan boshqa hamma ishni qildim. Mana, huzuringizdaman, menga xohlagan hukmingizni ijro qiling», dedi. Umar unga: «Alloh seni (aybingni) yashirgan ekan, sen ham o‘zingni yashirsang bo‘lardi», dedi. Nabiy sollallohu alayhi vasallam unga javob bermadilar. U kishi chiqib ketdi. Nabiy sollallohu alayhi vasallam uning ortidan odam yuborib, chaqirtirib keldilar va unga «Kunning ikki tarafida va kechaning bir qismida namozni qoim qil» oyatini oxirigacha tilovat qildilar. Qavmdan bir kishi: «Ey Allohning Rasuli, bu faqat mana shu kishiga xosmi yoki barcha odamlargami?» degan edi, u zot: «Yo‘q, odamlarning barchasiga», dedilar» (Abu Dovud, 4468; Hadis hukmi: «hasan sahih»).

Zinodan tavba qilish haqida batafsil ma’lumot olish uchun 624-savolga murojaat qiling.

Savolingizga kelsak, do‘stingiz qilgan ish toshbo‘ron qilish bilan jazolanadimi?

Bunga javob shuki, toshbo‘ron jazosi faqat uylangan zinokor uchundir. Nikoh koʻrmagan zinokorga esa darra urish jazosi beriladi. Bu jazolar agar zinokorning jinsiy a’zosi zinokor ayolning qiniga kirgan bo’lsagina tatbiq etiladi. Boshqa hollarda sodir etilgan gunoh darajasiga qarab boshqacha jazo belgilanadi.

Do‘stingiz qilgan ishini qoziga e’tirof etishi shart emas, balki Alloh subhanahu va taologa chin dildan tavba qilishi lozim. Zero U tavbalarni qabul qiluvchi va rahmli Zotdir.

Allohdan bizni va boshqa barcha musulmonlarni mag‘firat qilishini so‘raymiz.

Alloh biluvchiroqdir.

Fatvo manbasi

Maqola borasida fikringiz?

Izoh sababi
Ushbu qator to'ldirilishi shart.

Bu javob foydali bo’ldimi?

0

O’xshash fatvolar

  • Zakotni qanday taqsimlagan afzal?

    Men molimdan zakot bermoqchiman-u, ikkilanyapman: uni ko‘pchilikka tarqataymi yoki ozroq odamga, lekin kattaroq miqdorda beraymi? Agar iloji boricha ko‘proq odamga bersam, savobim ziyoda bo‘larmikin, chunki bunda ozchilik emas, ko‘pchilik xursand bo‘ladi va men ularning xursandchiligi evaziga savob olamanmi? Yoki savobi bir xil bo‘ladimi? Unday boʻlsa muammo yo‘q. Rahmat.
  • E’tikofning eng kam muddati

    E’tikofning eng kam muddati qancha? Qisqa vaqt e’tikof o‘tirsam bo‘ladimi yoki belgilangan kunlarda e’tikof o‘tirish shartmi?
  • E’tikofning savobi

    E’tikofning savobi qanday?
  • E’tikof oʻtirish hukmi

    E’tikofning hukmi nima?
  • E’tikof qanday masjidda durust bo‘ladi?

    E’tikof har qanday masjidda durust bo‘ladimi?
  • E’tikof uchun erning ruxsati shartmi?

    Er ayolini e’tikofdan man qilishga haqlimi?