Mavzular

Yangi fatvolar

Maqolalar

Kitoblar


Saqlanganlar

Murakkab qidiruv


Loyiha haqida

Fikr bildiring

Bosh sahifa » Oilaviy masalalar » Nikoh ahkomlari » Yashirin nikoh – botil nikohdir
Fatvo: 661

O'qildi: 298

03.07.2025

/ 8 Muharram 1447

Fatvo mavzusi: » » » »

Yashirin nikoh – botil nikohdir

Savol

Agar er-xotin ,Biz Allohni guvoh qilib, bir-birimizni er-xotin sifatida qabul qildik. deb aytsa-yu, boshqa hech qanday guvoh bo‘lmasa, keyinchalik to‘y qilib, hammaga turmush qurganlarini aytsa, ular rasman nikohdan o‘tgan hisoblanadimi?

O’xshash fatvolar

Javob

Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.

Abu Muso rivoyat qilgan hadisda Nabiy sollallohu alayhi va sallam:

عَنْ أَبِي مُوسَى، أَنَّ النَّبِيَّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: «لَا نِكَاحَ إِلَّا بِوَلِيٍّ وشاهِدَيْنِ».

«Valiysiz va ikki guvohsiz nikoh yoʻq», dedilar (Abu Dovud, 2085, Termiziy, 1101; Ibn Moja, 1881; Ahmad, 19761. Bu hadisni Ibn Hibbon, Hokim va muosir muhaddislar sahih deganlar «Irvo’ul G‘olil, 1858»).

Imom Termiziy aytadilar: «Ibn Abbosdan rivoyat qilingan: «Guvohsiz nikoh bo‘lmaydi» hadis sahihdir… Payg‘ambar sollallohu alayhi va sallamning sahobalari, tobe’inlar va ularga ergashgan boshqa ulamolar guvohlarsiz nikoh bo‘lmasligini ta’kidlashgan» (Jome’ at-Termiziy, 4/235).

Agar savolda ko‘rsatilgan er-xotin yuqoridagi shartlarga rioya qilmagan bo‘lsa, ular nikohni valiy va ikki guvoh ishtirokida qayta o‘qitishlari kerak.

Valiy masalasiga

Alloh biluvchiroqdir.

Fatvo manbasi

Maqola borasida fikringiz?

Izoh sababi
Ushbu qator to'ldirilishi shart.

Bu javob foydali bo’ldimi?

1

O’xshash fatvolar

  • Yomon o‘tmishga ega shaxsning sovchiligi

    Men Kanadada tug‘ilganman va Islom haqida ko‘proq bilishga intilayotgan sanoqli qizlardan biriman. Afsuski, har kuni uni o‘rganishga urinsam-da, dinimiz haqida hali ko‘p narsani bilmayman. Men 19 yoshdaman va bir livanlik musulmon yigit menga sovchi qo‘ydi. Unashtirilgandan keyin uning o‘tmishda boshqa qizlar bilan munosabatlari bo‘lganini va benikoh jinsiy aloqalari bo‘lganini aniqladim. Men, albatta, bu ishning dinimizda katta gunoh ekanligini tushunaman va endi bu odamga turmushga chiqish yoki chiqmaslik haqida qaror qabul qilishim kerak. Men shaxsan bunday ishlarni qilgan odamga turmushga chiqmasligim kerak deb o‘ylayman, oilam esa «kechir va o‘tkazib yubor» deyishmoqda. Bu haqda sizning fikringiz qanday? Menday qiz uchun, bunday odamga turmushga chiqish to‘g‘rimi?
  • Uylanish joiz boʻlgan ahli kitob ayol kim?

    Men «ahli kitob ayollaridan bo‘lgan iffatli ayollarga uylanish» iborasi nimani anglatishini bilmoqchiman? Qo‘l tekkizish va o‘pish kitobiya ayolga uylanishga to‘sqinlik qiladimi? Men sizning javobingizda musulmon kishi iffatli ayolgagina uylanishi kerakligini o‘qidim. Bu faqat kitobiya ayolga tegishlimi yoki musulmon qizga ham taalluqlimi? Qo‘l tekkizish va o‘pish «iffat» so‘zi ta’rifiga kiradimi? Nikohdan oldin qo‘l tekkizish zarur deb o‘ylaydigan yosh musulmon yigitga qanday maslahat berasiz?
  • Vaqtinchalik nikoh

    Taxminan toʻrt hafta oldin men bir arab musulmon bilan tanishdim. U menga alohida qiziqayotganini va men bilan birga bo’lishini istayotganini aytdi. Bu «uchrashuvlar»imizni halol qilish uchun «muvaqqat nikoh» tuzishni taklif qildi. Men ushbu «muvaqqat nikoh»ning asl ma’nosining izohini qidirdim. Men uni chindan ham yaxshi ko‘raman va u bilan turmush qurishni istayman. Ammo o‘qib-o‘rganganlarimdan menga shunday tuyulmoqdaki, biz balki haqiqatan ham nikohlangandirmiz. Bu masalada bilimim yetarli emas, sizdan buni oydinlashtirib berishingizni so‘rayman.
  • Telefon orqali nikoh

    Men bir qizga nikohlanmoqchiman, lekin uning otasi boshqa mamlakatda. Hozirda men moliyaviy va boshqa sabablarga ko‘ra uning oldiga borib, barchamiz jamlanib nikoh aqdini amalga oshirishga imkonim yo‘q. O‘zim g‘arb mamlakatida yashayman. Men uning otasi bilan telefon orqali gaplashsam va u menga: «Senga qizim falonchini nikohladim», deb aytsa, men: «Qabul qildim», desam nikoh bog‘lanadimi?Agar qiz ham rozi bo‘lsa va ikkita musulmon guvoh telefonning ovoz kuchaytirgichi orqali bizning suhbatimizni eshitsa, bu shariatga ko‘ra to‘g‘ri nikoh aqdi hisoblanadimi?
  • Nikohning ruknlari, shartlari va valiyning shartlari

    Nikoh shartnomasining ruknlari qanday? Uning shartlari nimalardan iborat?
  • Muslima ayolning g‘ayridinga turmushga chiqishi hukmi

    Musulmon ayolning g‘ayridin erkakka turmushga chiqishining hukmi qanday, ayniqsa, ayol nikohdan so‘ng erining Islomni qabul qilishiga umid qilsa? Bu ko‘pincha musulmon ayollarning ehtiyojlarini qondira oladigan musulmon erkaklarning yo‘qligi bilan oqlanadi. Bunday holatlarda ayollar ko‘pincha to‘g‘ri yo‘ldan ozish yoki juda og‘ir sharoitlarda yashash xavfi borligini ta’kidlashadi.