Mavzular

Yangi fatvolar

Maqolalar

Kitoblar


Saqlanganlar

Murakkab qidiruv


Loyiha haqida

Fikr bildiring

Bosh sahifa » Fiqh asoslari » Fiqh » Kechiktirilgan to‘lov jarimalari
Fatvo: 590

O'qildi: 188

29.06.2025

/ 4 Muharram 1447

Fatvo mavzusi: » » »

Kechiktirilgan to‘lov jarimalari

Savol

Savolim telefon hisoblarini to‘lash hamda oliygohning to’lov kontraktlari bilan bog‘liq. Agar telefon hisobini to‘lashni kechiktirsam, hisob summasiga ma’lum bir foiz qo‘shiladi. Agar yana bir kechiktirsam, (umumiy hisobvaraq summasiga) xuddi shu foiz yana qo‘shiladi. Bu qo‘shimcha toʻlovlar riboga kiradimi? Agar unday bo‘lmasa, bu qo‘shimcha mablag‘larni to‘lash harommi?

O’xshash fatvolar

Javob

Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.

Ha, bu qo‘shimcha mablag‘ shubhasiz ribo hisoblanadi, chunki to‘lov muddatini qancha koʻp cho‘zsangiz, to‘lashingiz kerak bo‘lgan mablagʻ shuncha ko‘payadi. Bunday bitimlardan voz kechishingiz lozim. Agar majbur bo‘lsangiz, faqat asl summani to‘lang, qo‘shimcha summani emas. Agar qo‘shimcha summani to‘lashga ham majbur bo‘lsangiz, Allohga tavba qilib, bunday bitimlar bilan boshqa shug‘ullanmaslikka ahd qilgan holda uni ham to‘lang.

Alloh bilguvchiroqdir.

Fatvo manbasi

Maqola borasida fikringiz?

Izoh sababi
Ushbu qator to'ldirilishi shart.

Bu javob foydali bo’ldimi?

0

O’xshash fatvolar

  • Zakotni qanday taqsimlagan afzal?

    Men molimdan zakot bermoqchiman-u, ikkilanyapman: uni ko‘pchilikka tarqataymi yoki ozroq odamga, lekin kattaroq miqdorda beraymi? Agar iloji boricha ko‘proq odamga bersam, savobim ziyoda bo‘larmikin, chunki bunda ozchilik emas, ko‘pchilik xursand bo‘ladi va men ularning xursandchiligi evaziga savob olamanmi? Yoki savobi bir xil bo‘ladimi? Unday boʻlsa muammo yo‘q. Rahmat.
  • E’tikofning eng kam muddati

    E’tikofning eng kam muddati qancha? Qisqa vaqt e’tikof o‘tirsam bo‘ladimi yoki belgilangan kunlarda e’tikof o‘tirish shartmi?
  • E’tikofning savobi

    E’tikofning savobi qanday?
  • E’tikof oʻtirish hukmi

    E’tikofning hukmi nima?
  • E’tikof qanday masjidda durust bo‘ladi?

    E’tikof har qanday masjidda durust bo‘ladimi?
  • E’tikof uchun erning ruxsati shartmi?

    Er ayolini e’tikofdan man qilishga haqlimi?