O'qildi: 35
Iyun 28, 2025
/ 6 Muharram 1447
Fatvo mavzusi: Odob
Javob
Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.
Islomning inson hayotidagi eng muhim yutug‘i – u insonni oʻzi kabi boshqa qullarga sig‘inishdan xalos etib, barcha qullarning xojasi, Rabbisiga ibodat qilishga yo‘naltirdi. Qur’oni Karim ixtirolar va kashfiyotlar kitobi emas-ki, undagi dunyoviy ilmiy kashfiyotlar haqida so‘rasak. Balki u zalolatdan nurga eltuvchi hidoyat sifatida nozil qilingan boʻlib, qalbdagi dardlarga shifodir. U orqali inson yer yuzini obod qilishi, undagi ne’matlaridan foydalanishi, shuningdek, Alloh taoloning yaratilishdagi belgi-alomatlarini mushohada qilishi mumkin. Shu bois musulmonlar koinotni o‘rganishga katta e’tibor qaratib, tibbiyot, astronomiya, matematika, tabiiy fanlar va boshqa sohalarda insoniyat uchun ulkan yutuqlarni taqdim etdilar. Bu yer musulmon olimlarning kashfiyotlari, ixtirolari va ilmiy nazariyalardagi rolini sanab o‘tish uchun mos joy emas, chunki bu sohada yozilgan maxsus kitoblar mavjud. Siz kofirlar orasidagi insofli kishilardan Al-Xorazmiyning matematikaga, Ibn Haysamning fizikaga, Ibn Nafisning qon aylanish tizimiga, Idrisiyning geografiyaga va hokazo ilm-fanga qo‘shgan hissalari haqida so‘rashingiz mumkin.
Vallohu a’lam.
Bu javob foydali bo’ldimi?