Mavzular

Yangi fatvolar

Maqolalar

Kitoblar


Saqlanganlar

Murakkab qidiruv


Loyiha haqida

Fikr bildiring

Bosh sahifa » Fiqh asoslari » Bidʼat — dindagi yangiliklar » Qur‘on o‘qib ortidan duo qilishning bid’at koʻrinishi
Fatvo: 485

O'qildi: 590

28.06.2025

/ 3 Muharram 1447

Fatvo mavzusi: » »

Qur‘on o‘qib ortidan duo qilishning bid’at koʻrinishi

Savol

Qur’on oyatlarini ma’lum bir maqsad uchun o’qish joizmi? Masalan, Allohning ismlaridan birini 99 marta takrorlab, so‘ng duo qilib, Allohdan o‘sha tilagimni so‘rasam bo‘ladimi? Bu Allohga tavassul qilish qabilidan bo’lib, unga shirk aralashib qolmaydimi?

O’xshash fatvolar

Javob

Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.

Alloh taolo aytadi:

 

﴿وَلِلَّهِ ٱلۡأَسۡمَآءُ ٱلۡحُسۡنَىٰ فَٱدۡعُوهُ بِهَاۖ۝١٨٠﴾

«Allohning go‘zal ismlari bordir. Bas, Unga o‘sha (ism)lar ila duo qiling» (A’rof: 180).

Allohga Uning goʻzal ismlari bilan duo qilishga misol: duo qiluvchi «Yo Rahmon, menga rahm qil», «Yo Tavvob, gunohlarimni kechir», «Yo Razzoq, meni rizqlantir» va shunga o‘xshash duo qilish.

Ammo muayyan oyatni muayyan son (99 marta yoki boshqa son) bilan cheklash va uni ishonchli dalilga asoslanmay o‘qish, bu amal bid’at va harom ish sanaladi. Chunki bu shariatda vorid boʻlmagan shaklda Allohga ibodat qilishdir. Payg‘ambar sollallohu alayhi va sallam shunday deganlar:

عَنْ عَائِشَةَ قَالَتْ: قَالَ رَسُولُ اللهِ : «مَنْ أَحْدَثَ فِي أَمْرِنَا هَذَا مَا لَيْسَ فِيهِ فَهُوَ رَدٌّ».

Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim ushbu ishimizda (dinimiz, shariatimizda) unda yo‘q narsani paydo qilsa, u marduddir», dedilar» (Buxoriy: 2697).

Eng to‘g‘ri yo‘l — Muhammad sollallohu alayhi va sallamning yo‘llaridir. Allohning diniga yangilik kiritishga o‘rin yo‘q. Nahotki biz Payg‘ambarimiz bilmagan yangi narsalarni dinimizda kashf eta olsak?! Biz Qur’onni u zot o‘qiganidek o‘qishimiz, u zot duo qilganidek duo qilishimiz va u zotdan kelgan zikrlarni aytishimiz kerak.

Alloh muvaffaq qiluvchi va to‘g‘ri yo‘lga hidoyatlaguvchidir.

Fatvo manbasi

Maqola borasida fikringiz?

Izoh sababi
Ushbu qator to'ldirilishi shart.

Bu javob foydali bo’ldimi?

0

O’xshash fatvolar

  • Zakotni qanday taqsimlagan afzal?

    Men molimdan zakot bermoqchiman-u, ikkilanyapman: uni ko‘pchilikka tarqataymi yoki ozroq odamga, lekin kattaroq miqdorda beraymi? Agar iloji boricha ko‘proq odamga bersam, savobim ziyoda bo‘larmikin, chunki bunda ozchilik emas, ko‘pchilik xursand bo‘ladi va men ularning xursandchiligi evaziga savob olamanmi? Yoki savobi bir xil bo‘ladimi? Unday boʻlsa muammo yo‘q. Rahmat.
  • E’tikofning eng kam muddati

    E’tikofning eng kam muddati qancha? Qisqa vaqt e’tikof o‘tirsam bo‘ladimi yoki belgilangan kunlarda e’tikof o‘tirish shartmi?
  • E’tikofning savobi

    E’tikofning savobi qanday?
  • E’tikof oʻtirish hukmi

    E’tikofning hukmi nima?
  • E’tikof qanday masjidda durust bo‘ladi?

    E’tikof har qanday masjidda durust bo‘ladimi?
  • E’tikof uchun erning ruxsati shartmi?

    Er ayolini e’tikofdan man qilishga haqlimi?