Mavzular

Yangi fatvolar

Maqolalar

Kitoblar


Saqlanganlar


Biz haqimizda

Fikr bildiring

Bosh sahifa » Fiqh asoslari » Fiqh » Ibodatlar » Namoz bobi » Imomlik » Imomning yashirin gunohlari bor; u imomlikni davom ettirishi kerakmi?
Fatvo: 449

O'qildi: 7

Iyun 22, 2025

/ 28 Zulhijja 1446

Fatvo mavzusi:

Imomning yashirin gunohlari bor; u imomlikni davom ettirishi kerakmi?

Savol

Bir yosh yigit masjidlardan birida imom. U, oʻzining aytishicha, masjid jamoati orasida mahbub. Lekin ichida o‘zining kamchiliklari, ba’zi gunohlari borligini, imomlikka loyiq emasligini, odamlarning bu muhabbati va hurmatiga arzimasligini biladi. Masjidda imom bo‘lib qolsa, munofiq yoki riyokor bo‘lib qolishidan xavotirda. Bu holatda masjidda qolishi kerakmi? Odamlarga imomlik qilaversinmi yoki munofiqlik va riyokorlikdan qo‘rqib, bu vazifani tark etsinmi?

O’xshash fatvolar

Javob

Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.

Siz ta’riflagan bu yosh yigit, o‘z qavmi orasida suyukli, lekin o‘zi bilan Parvardigori o‘rtasida gunoh qilayotgan kishidir. Mening fikrimcha, Alloh taolo uni imomlik maqomiga va jamoasining muhabbatiga sazovor qilgani, uning gunohdan voz kechib, o‘ziga zulm qilishni to‘xtatishini va Allohga to‘g‘ri ibodat qilib, shukr etishini taqozo qiladi. Chunki insonning o‘z qavmi tomonidan sevilishi va ularga imom bo‘lishi Alloh taoloning ulug‘ ne’matidir.
Alloh taolo marhamat qiladi:

﴿وَعِبَادُ ٱلرَّحۡمَٰنِ ٱلَّذِينَ يَمۡشُونَ عَلَى ٱلۡأَرۡضِ هَوۡنٗا ۝٦٣﴾

«Rahmonning (suyukli) bandalari Yerda tavozu’ bilan yuradigan» (Furqon: 63).
Soʻng boshqa oyatda:

﴿وَٱجۡعَلۡنَا لِلۡمُتَّقِينَ إِمَامًا ۝٧٤﴾

Ular: «Va bizlarni taqvodorlarga peshvo qilgin» (Furqon: 74), — deydi.

Namozxonlar taqvodorlardan bo‘lib, ularga imomlik qiluvchi ham ushbu oyatdagi «Va bizlarni taqvodorlarga peshvo qilgin» degan kishilar sirasiga kiradi. Shunday ekan, u bu ne’mat uchun Allohga hamd aytsin, o‘ziga zulm qilishni to‘xtatsin hamda buni Allohning toatiga qaytish vositasi qilib olsin va o‘z mavqeyi borasida Allohdan qo‘rqsin.

Uning «riyodan qo‘rqaman» degan so‘ziga kelsak, bu shayton har safar inson Allohga ibodat qilmoqchi bo‘lganida uning xayoliga soladigan vasvasadir. Shayton unga kelib: «Sen riyokorsan», deydi. U bu vasvasani o‘zidan daf qilishi, unga e’tibor bermasligi va Alloh azza va jalladan doimo:

﴿إِیَّاكَ نَعۡبُدُ وَإِیَّاكَ نَسۡتَعِینُ﴾

«Sengagina ibodat qilamiz va Sendangina madad so’raymiz» (Fotiha: 5), deb yordam soʻrashi lozim.

Vallohu aʻlam.

Fatvo manbasi

Maqola borasida fikringiz?

Izoh sababi
Ushbu qator to'ldirilishi shart.

Bu javob foydali bo’ldimi?

0

O’xshash fatvolar