Mavzular

Yangi fatvolar

Maqolalar

Kitoblar


Saqlanganlar

Murakkab qidiruv


Loyiha haqida

Fikr bildiring

Bosh sahifa » Fiqh asoslari » Fiqh » Avvaliga nasroniy bo‘lib, so‘ngra Islomni qabul qilgan ayolning valisyi
Fatvo: 389

O'qildi: 220

21.06.2025

/ 25 Zulhijja 1446

Fatvo mavzusi: » » »

Avvaliga nasroniy bo‘lib, so‘ngra Islomni qabul qilgan ayolning valisyi

Savol

Men musulmon oilada tug‘ilib, islomiy tarbiya olganman. Biroq, hayotimning «qorong‘u davri» deb ataydigan bir bosqichni boshdan kechirganman. Bu davrda bir necha yil davomida «johiliyat» amallari (ya’ni, mas’uliyatsiz va gunoh ishlar) bilan shug‘ullanganman. Lekin Allohga hamd boʻlsinki, U menga hidoyat ne’matini berdi va meni Oʻzining toʻgʻri yoʻliga qaytardi. Oʻsha davrda men bir nasroniy qiz bilan munosabatda edim, u Allohga hamd boʻlsinki, yaqinda Allohning irodasi bilan Islomga kirdi. Hayotimiz izga tushgach, tezda nikohlanishni rejalashtirmoqdamiz. Muammolardan biri shuki, u dindor nasroniy oiladan, hatto otasi nasroniylarning ruhoniysidir. Oilasi munosabatimizdan xabar topgach, bizni ajratish uchun barcha choralarni ko‘rishdi, ammo qizning Islomga kirgani haqida ularga aytmadik. Hozir munosabatimiz shunday nuqtaga yetdiki, u oilasiga qarshi chiqishga va men bilan qochib ketishga tayyor. Bu ishning qiyin bo‘lishini bilsak-da, biz bir-birimizni juda qattiq sevamiz. Bilishimcha, Islom shariati nikohda ayol uchun valiy boʻlishini talab qiladi va u – bilishimcha – ayolning oilasidan boʻlishi shart.

Birinchi savolim: uning oilasi roziligisiz nikohlanish rejamiz shariatga muvofiq bo‘ladimi?

Ikkinchisi: agar bu joiz boʻlsa, uga kim «valiy»lik qilishi mumkin, chunki oila a’zolaridan hech biri bizning munosabatimizga rozi emas?

O’xshash fatvolar

Javob

Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.

Birinchidan: Ne’mat va fazl sohibi boʻlgan Allohga hamd boʻlsinki, U sizni mashaqqatli, qorongʻi johiliyat safaridan soʻng, zalolat va parokandalik yoʻllarida sarson boʻlganingizdan keyin haq yoʻlga hidoyat qildi. Alloh xohlagan kishisini hidoyat qiladi. Endi siz bu ne’matni Allohning oldidagi burchlaringizni ado etish, Uning gʻazabiga sabab boʻladigan ishlarni tark qilish, Allohni hammadan ortiq sevish, oʻtgan umringizni yaxshi amallar bilan toʻldirishga intilish va ibodatlar bilan yaxshiliklarga shoshilishda koʻproq harakat qilish orqali shukr qilishingiz kerak.

 

Ikkinchidan: Bu ayol Allohga hamd boʻlsinki, islomga kirgan ekan, uning kofir qarindoshlaridan hech birining unga valiylik huquqi yoʻq, chunki hech bir kofir musulmon ustidan bu vakolatga ega bo‘lmaydi. Agar u yashayotgan mamlakatda musulmon hokim boʻlsa, ayolning valiysi oʻsha boʻladi, chunki sahih hadisda:

عَنْ عَائِشَةَ، قَالَتْ: قَالَ رَسُولُ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ:
«لَا نِكَاحَ إِلَّا بِوَلِيٍّ، وَالسُّلْطَانُ وَلِيُّ، مَنْ لَا وَلِيَّلَهُ»

Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: «Valiysiz nikoh blmaydi, valiysi yoʻqning valiysi — hokimdir», dedilar. (Ibn Moja, 1880; «Sahihul Jome’», 7556).

 

Agar u yerda musulmon hokim boʻlmasa, oʻsha yerdagi musulmonlar markaziga va ular orasida soʻziga ergashiladigan ahli-ilmga murojaat qilinadi, masalan, islom markazi rahbari yoki imomi va xutba oʻquvchisi, u qizga nikoh aqdini bogʻlaydi.

 

Qoʻshimcha ma’lumot uchun 2127-fatvoga qarang.

 

Alloh bilguvchiroqdir.

Fatvo manbasi

Maqola borasida fikringiz?

Izoh sababi
Ushbu qator to'ldirilishi shart.

Bu javob foydali bo’ldimi?

0

O’xshash fatvolar

  • Ro‘zada tirnoq va tuklarni olish

    Ro‘zador tirnoqlarini olmasligi yoki qovuq tuklarini tozalamasligi kerak, degan fikr to‘g‘rimi?
  • Farj namligi tahoratni buzadimi?

    Ayoldan chiqadigan oq suyuqlik tahoratni buzadimi?
  • Iftorlik vaqtidagi duo

    Ro‘zadorning iftor paytida ijobat bo‘ladigan duosi bor. Bu duo qachon qilinadi: iftordan oldinmi, iftor paytidami yoki undan keyinmi? Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qilingan biror duo bormi yoki bunday vaqtda o‘zingiz biror duoni tavsiya qilasizmi?
  • Ehtilom bo‘lish ro‘zani buzadimi?

    Ramazon kunlaridan birida bomdod namozidan keyin uxlab qoldim va ehtilom bo‘lib, maniy chiqdi. Bu holat mening nazoratimdan tashqarida yuz berdi. Agar o‘sha kuni ro‘zani davom ettirib, kunni ro‘zador holatda yakunlasam, ro‘zam qabul bo‘ladimi?Ikkinchi savol: Bu turdagi tushlar iblisdandir, lekin u Ramazonda zanjirband qilingan-ku (unda qanday qilib ehtilom bo‘ldim)?
  • Ro‘zada iftorni tezlatish sunnatdir

    Iftorlik qilish farzmi? Iftorlik paytida masjidga yetib kelgan kishi avval iftorlik qilib, keyin jamoatga qoʻshiladimi, yoki avval namoz o‘qib, keyin iftorlik qiladimi?
  • Uy olish uchun jamg‘arilgan puldan zakot farz, ammo uyning o‘zidan farz emas

    Nima uchun yashash uchun mo‘ljallangan uydan zakot berish farz bo‘lmaydi-yu, uy sotib olish uchun jamg‘arilgan puldan zakot farz bo‘ladi? Bu holatda zakot olinmasligi avloroq emasmi? Ya’ni, bir kishi ijarada yashaydi va uy sotib olish uchun kundan kunga pul jamg‘aradi, agar uning puli nisobga yetib, bir yil o‘tsa, undan zakot vojib bo‘ladi. Holbuki, oʻzining uyi boʻlgan, unda yashayotgan kishiga hech narsa vojib emas? Axir hukmlarning sabablari bor emasmi?