Mavzular

Yangi fatvolar

Maqolalar

Kitoblar


Saqlanganlar

Murakkab qidiruv


Loyiha haqida

Fikr bildiring

Bosh sahifa » Ilm va daʼvat » Daʼvat » Islomni qabul qilmoqchi, lekin arab tilini bilmaydi
Fatvo: 378

O'qildi: 97

Iyun 21, 2025

/ 25 Zulhijja 1446

Fatvo mavzusi: » » » »

Islomni qabul qilmoqchi, lekin arab tilini bilmaydi

Savol

Saytingizdagi musulmon bo‘lmaganlarning savollariga bergan javoblaringizni o‘qidim. Men Alloh yagona ekaniga va Muhammad Uning payg‘ambari hamda payg‘ambarlarning so‘nggisi ekaniga ishonaman. Savolim shunday: arab tilini bilmay turib Islomni qanday qabul qilishim va namozni qanday o‘qishim mumkin? Ismimni o‘zgartirishim kerakmi?

O’xshash fatvolar

Javob

Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.

Bugun so‘nggi soatlarda kelgan savollar orasida aynan sizning savolingiz meni eng ko‘Bunga ajablanmasa ham bo‘ladi. Haqiqatni bilib, uni tan olib, Islomni qabul qilishni istagan va bundan keyin nima qilishini so‘rayotgan aqlli insonga qalbimizni qanday ochmaylik? Sizni oʻylantirayotgan barcha muammolar aslida yengil va ularni osonlik bilan hal qilish mumkin. Keling, ularni tartib bilan ko‘rib chiqaylik:

Birinchidan: Hozir, shu satrlarni oʻqib turgan paytingizda, bu dinga kirish uchun qilishingiz kerak boʻlgan yagona narsa – imkoniyatingiz va qobiliyatingiz doirasida ikki shahodatni talaffuz qilishdir. Arab harflarini to‘g‘ri talaffuz qilishingiz shart emas. Biz sizga ikki shahodatni lotin harflari bilan yozib beramiz.

«La ilaha illallohu Muhammadur rasululloh».

Bu kalimalarni aytgach, g‘usl qiling, so‘ng namoz uchun tahorat olib, hozir siz turgan joyda vaqti kirgan farz namozni o‘qing.

Ikkinchidan: Agar siz namoz oʻqish tartibiga kelsak (sizni bu havola orqali unga yoʻnaltiramiz), namozning boshida va har bir harakatda «Allohu akbar» deyishingiz kerak. Qiyom, ruku’, sajda va oʻtirish paytida «Subhanalloh valhamdulillah va laa ilaha illalloh vallohu akbar» deb ayting. Keyin oʻng va chap tomonga salom berib «Assalomu alaykum» deb ayting. Bu namoz oʻqish usuli siz uchun vaqtincha joiz, to siz namozning har bir harakatida nima deyish kerakligini oʻrganib, yodlab olguningizcha.

Uchinchidan: Ismingizni o‘zgartirishingiz shart emas. Ko‘plab oldingi ulamolar va musulmon tarixchilari Doniyol payg‘ambarlardan birining ismi ekanligini aytishgan (savol beruvchining ismi Doniyol edi).

Allohdan sizga yordam berishini, ishlaringizni yengillashtirshini, Islom bilan siylaashini va bu yo‘lda sobitqadam qilishini so‘rayman. Biz sizga har qanday tushunarsiz jihatlarni tushuntirishga tayyormiz va sizga har qanday yordam ko‘rsatishdan mamnun bo‘lamiz.

 

Fatvo manbasi

Maqola borasida fikringiz?

Izoh sababi
Ushbu qator to'ldirilishi shart.

Bu javob foydali bo’ldimi?

0

O’xshash fatvolar

  • Odamga jin kirishi haqida

    So‘nggi kunlarda jinlarning inson tanasiga kirishi masalasi ko‘tarildi va bu aqlga sig‘maydigan holat deb da’vo qilinmoqda! Chunki yaratilishda asosiy farq bor: insonlar loydan, jinlar esa olovdan yaratilgan. Shaytonlar faqat vasvasa qilish qobiliyatigagina ega, Alloh ularga insonlar ustidan hukm yuritish huquqini bermagan! Shuningdek, bu boradagi yozib olingan videolavhalar esa dalil bo‘la olmasligi aytilmoqda. Siz bu haqda qanday fikrdasiz?
  • Audiodarslar orqali ilm olish

    Hidoyat yo‘lini tanlab, ilm olishni xohlaydigan, ammo sharoitlari bunga imkon bermaydigan yoshlar bor. Ularga ulamolarning audio va videodarslari yetarli bo‘ladi? Shunda ular ham boshqa ilm izlovchilar kabi ilm toliblaridan hisoblanadimi yoki yo‘qmi?
  • Chekadigan kishi bilan birga o‘tirish hukmi

    Sir emaski, shariat harom qilgan tamaki hamma joyda – ishxonada, uyda va jamoat joylarida keng tarqalgan. Savol: Chekuvchilar bilan birga o‘tirish joizmi? Agar uyda yoki umumiy majlislarda chekuvchi bilan birga o‘tirgan bo‘lsangiz, u yerdan chiqib ketishingiz kerakmi?
  • Turmush oʻrtoq tanlov natijasimi yoki Allohning qadarimi?

    Umr yo‘ldoshini tanlash bandaning ixtiyorimi yoki Allohning taqdirimi?
  • «Ey Rasululloh» deb nido qilish joizmi?

    «Yo Rasululloh» deyishimiz joizmi?
  • Da’vatdagi ilk qadam

    Agar kimdir boshqa bir insonni Islomga da’vat etmoqchi bo‘lsa, u da’vatni qanday boshlashi va nimaga da’vat qilishi kerak?