Mavzular

Yangi fatvolar

Maqolalar

Kitoblar


Saqlanganlar

Murakkab qidiruv


Loyiha haqida

Fikr bildiring

Bosh sahifa » Fiqh asoslari » Fiqh » Zino qilgan va o‘z joniga qasd qilishni o‘ylayotgan ayol
Fatvo: 373

O'qildi: 277

21.06.2025

/ 25 Zulhijja 1446

Fatvo mavzusi: » » »

Zino qilgan va o‘z joniga qasd qilishni o‘ylayotgan ayol

Savol

Bir turmush qurgan ayol fahsh ishga qoʻl urib, soʻng tavba qilgan. Lekin qilmishining asorati uni ta’qib qilmoqda. Hozirda u oʻz joniga qasd qilish haqida oʻylayapti. U ayol endi nima qilishi kerak?

O’xshash fatvolar

Javob

Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.

Abdulloh Ibn Mas’ud roziyallohu anhu aytadilar:

 

«إِنَّ الْمُؤْمِنَ يَرَى ذُنُوبَهُ كَأَنَّهُ قَاعِدٌ تَحْتَ جَبَلٍ يَخَافُ أَنْ يَقَعَ عَلَيْهِ، وَإِنَّ الْفَاجِرَ يَرَى ذُنُوبَهُ كَذُبَابٍ مَرَّ عَلَى أَنْفِهِ، فَقَالَ بِهِ هَكَذَا. قَالَ أَبُو شِهَابٍ بِيَدِهِ فَوْقَ أَنْفِهِ».

«Mo‘min o‘zining gunohlarini xuddi tog‘ning tagida uning ustiga qulashidan qo‘rqqan odamdek ko‘radi. Fojir esa gunohlarini burnining ustidan uchib o‘tgan pashshani – Abu Shihob qo‘li bilan burnining tepasiga ishora qilib – mana bunday qilgan kishidek ko‘radi» (Sahihi Buxoriy: 6308).

 

Bu ayol gunohining ogʻirligini his qilishi va uning ruhiga ta’siri iymon alomatlaridandir. Biz unga quyidagicha maslahat beramiz:

  1. Birinchi eridan shar’iy taloq qilinganini yoki shar’iy xulu’ (ayol talabi bilan nikohni bekor qilish) qilinganini aniqlash kerak.
  2. Ikkinchi er bilan nikohining haqiqiyligiga ishonch hosil qilishi lozim, chunki ikki zinokor o‘rtasidagi nikoh, faqat tavba qilganlaridan keyingina shar’an joiz boʻladi (649-fatvoga qarang). Agar nikoh haqiqiy boʻlmasa, qayta nikohlash
  3. Agar bu ayol Allohga chin dildan tavba qilsa, qilgan ishidan pushaymon bo‘lsa va uni boshqa takrorlamaslikka qat’iy qaror qilsa, Allohga qaytsa, Alloh uning barcha gunohlarini, qanchalik katta bo‘lmasin, mag‘firat qiladi. Shuning uchun u Allohning rahmatidan umidini uzmasligi kerak, zero faqat kofirlar va adashganlar Allohning rahmatidan noumid bo‘ladilar.
  4. Yaxshi amallar qilishga oshiqish va ularni koʻpaytirish orqali oʻsha gunohni yuvish, Alloh taolo aytganidek:

﴿وَأَقِمِ ٱلصَّلَوٰةَ طَرَفَيِ ٱلنَّهَارِ وَزُلَفٗا مِّنَ ٱلَّيۡلِۚ إِنَّ ٱلۡحَسَنَٰتِ يُذۡهِبۡنَ ٱلسَّيِّـَٔاتِۚ ذَٰلِكَ ذِكۡرَىٰ لِلذَّٰكِرِينَ﴾

«Kunduzning har ikki tarafida va kechaning bir boʻlagida namozni toʻkis ado qiling! Albatta, yaxshi amallar yomonlik-gunohlarni ketkazur. Bu quloq tutguvchilar uchun eslatmadir» (Hud: 114).

  1. Poklik va iffatga asoslangan sof Islomiy hayotni boshlash. Ammo oʻz joniga qasd qilish mutlaqo yechim emas, aksincha u eng og‘ir gunohlardan biri bo‘lib, uni qilgan kishining azobini yanada kuchaytiradi. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytdilar:
عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ عَنِ النَّبِيِّ قَالَ: «مَنْ تَرَدَّى مِنْ جَبَلٍ فَقَتَلَ نَفْسَهُ فَهْوَ فِي نَارِ جَهَنَّمَ يَتَرَدَّى فِيهِ خَالِدًا مُخَلَّدًا فِيهَا أَبَدًا، وَمَنْ تَحَسَّى سُمًّا فَقَتَلَ نَفْسَهُ فَسُمُّهُ فِي يَدِهِ يَتَحَسَّاهُ فِي نَارِ جَهَنَّمَ خَالِدًا مُخَلَّدًا فِيهَا أَبَدًا، وَمَنْ قَتَلَ نَفْسَهُ بِحَدِيدَةٍ فَحَدِيدَتُهُ فِي يَدِهِ يَجَأُ بِهَا فِي بَطْنِهِ فِي نَارِ جَهَنَّمَ خَالِدًا مُخَلَّدًا فِيهَا أَبَدًا».

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam shunday dedilar: «Kimki o‘zini tog‘dan tashlab o‘lsa, jahannam o‘tidadir, unda mangu qolgan holida abadul-abad o‘zini tashlayveradi. Kim zahar ichib, o‘zini o‘ldirsa, jahannam o‘tida mangu qolgan holida abadul-abad o‘sha qo‘lidagi zaharini ichaveradi. Kim biror tig‘ bilan o‘zini o‘ldirsa, jahannam o‘tida mangu qolgan holida abadul-abad o‘sha qo‘lidagi tig‘ini qorniga tiqaveradi» (Buxoriy: 5778).

 

Alloh taolodan bu ayolni xolis tavbaga muvaffaq qilishini, uning gunohini kechirishini va Oʻz rahmatiga kiritishini soʻraymiz. Albatta, U duolarni eshituvchi va ijobat qiluvchidir.

Fatvo manbasi

Maqola borasida fikringiz?

Izoh sababi
Ushbu qator to'ldirilishi shart.

Bu javob foydali bo’ldimi?

1

O’xshash fatvolar

  • Qon topshirish tahoratni buzadimi?

    Musulmon kishi donorlik qilib qon topshirishi joizmi? Agar qon topshirsa, qon topshirgandan keyin tahorat olmasdan namoz o‘qishi joizmi?
  • Tijoratda aylanmada boʻlgan pullarning zakoti

    Menda ma’lum miqdorda pul bor, uning umumiy miqdori zakot nisobidan oshadi. Bu pulning bir qismini tijoratga qo‘ydim. Bu yilgi zakotni hisoblaganda, hali tijoratdan qaytarib olmagan bo‘lsam ham, bu pulni qo‘shishim kerakmi, yoki hozir qo‘limda bor pulga asoslanib zakotni hisoblashim yetarlimi?
  • Musulmonlarning hojatxonadagi odoblari

    Men odob, hayo qoidalariga ko‘ra erkaklar hojat chiqarganda egilishi yoki cho‘nqayishi kerak deb tushunaman. Lekin musulmon kishining xonasi hojatxonaga yaqin bo‘lsa, erkak kishi tunash xonasida hojat idishidan foydalanmasligi hayoliroq bo‘lsa kerak deb o‘ylayman. Men musulmon ayollarning odob va hayo qoidalariga rioya qilishi g‘arb ayollariga nisbatan ko‘proq va kuchliroq deb bilaman. Shuning uchun musulmon ayollarni juda hurmat qilaman. Bu savolim bilan musulmonlarni tanqid qilishni yoki ularga biror bir ozor yetkazishni istamayman, shunchaki ularning odob va xulqlarini yetarli darajada bilmayman. Javobingiz uchun oldindan rahmat, Alloh sizni har qanday yomonlikdan saqlasin va sog‘lik-salomatlik ato etsin.
  • Vegeterian boʻlish joizmi?

    Men vegetarianman, ya’ni men go‘sht yoki hayvon mahsulotlarini yemayman. Islom dini menga yoqdi. Hayvon mahsulotlarini yemasdan turib, bu dinga kirish mumkinmi?
  • Hilolni kuzatish uchun qo‘mita tuzish

    Islomiy bo‘lmagan mamlakatda yashovchi musulmonlar Ramazon, Shavvol va Zulhijja oyining boshlanishini aniqlash uchun qo‘mita tuzishlari joizmi yoki yo‘qmi?
  • Rajab oyida ro‘za tutishning xos fazilati bormi?

    Rajab oyida ro‘za tutishning fazli haqida hadislar kelganmi?