Mavzular

Yangi fatvolar

Maqolalar

Kitoblar


Saqlanganlar

Murakkab qidiruv


Loyiha haqida

Fikr bildiring

Bosh sahifa » Fiqh asoslari » Fiqh » Adolatsiz ovoz berish tizimi
Fatvo: 361

O'qildi: 246

21.06.2025

/ 25 Zulhijja 1446

Fatvo mavzusi: » » » »

Adolatsiz ovoz berish tizimi

Savol

Islomda mutanosib vakillik ruxsat etilganmi yoki yo‘qmi? Vaziyat quyidagicha: aytaylik, 10 ta musulmon tashkiloti (har
birining a’zolar soni turlicha) oralaridagi islomiy ishlarni muvofiqlashtirish uchun bitta umumiy tashkilot tuzish maqsadida birlashmoqda. Tashkilotlarni a’zolar soniga qarab toifalarga ajratish joizmi? Ya’ni, agar bir tashkilotda 1-100 a’zo bo‘lsa, ular bitta ovoz oladi, 101-200 a’zo bo‘lsa ikki ovoz oladi va hokazo. Bu tartib Islom shariatida joizmi?

O’xshash fatvolar

Javob

Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.

Buning hech qanday zarari yoʻq, chunki bu toʻgʻri yoki yaxshiroq qarorga erishish uchun ishlarni tashkil etish va tartibga solish turlaridan biridir. Bunda guruhlar ularning hajmi yoki a’zolar soniga ko‘ra ballarda ifodalanadi. Ammo shuni yodda tutingki, agar ishtirokchilar siz qabul qilmoqchi bo‘lgan qaror uchun zarur bo‘lgan omonatdorlik, qobiliyat, bilim va tajribada teng bo‘lmasa «bir kishi – bir ovoz» tizimi adolatsiz bo‘lishi mumkin. Agar ular teng yoki yetarlicha yaqin bo‘lsa, u holda «bir kishi – bir ovoz» tizimi adolatli va oqilona bo‘ladi. Shuning uchun ummat ichidagi «ahli hall val-aqd» bo‘lgan ulamolar, fazilat egalari, aql va hikmat sohiblari hamda xalq obroʻlilari xalifani saylaydilar, avom va olomon emas. Chunki olomon – ovozining qiymati yoʻq ko‘pikdir.
Alloh bizni va sizlarni Oʻzi rozi boʻladigan ishlarga muvaffaq aylasin.

Fatvo manbasi

Maqola borasida fikringiz?

Izoh sababi
Ushbu qator to'ldirilishi shart.

Bu javob foydali bo’ldimi?

0

O’xshash fatvolar

  • Tugʻruq sababli roʻzani qazo qilmoq

    Yaqinda Ramazon oyida farzand koʻrganim sababli tutolmagan roʻzalarimni qanday qilib qazosini tutaman? Roʻza tutishdan oldin qanday niyat qilishim kerak?
  • Farz namozini bir kunda ikki marta o‘qish hukmi

    Farz namozini ikki marta o‘qishning hukmi nima? Ikkinchi namoz birinchisini botil qiladimi? Agar farz namozini o‘qiyotganingizda namozning vaqti chiqib ketsa, buning hukmi nima?
  • Ramazonda hayzni to‘xtatuvchi dorilarni qabul qilish

    Agar Ramazonning oxirgi o‘n kunligida ayol kishininz hayzi kelsa, ushbu fazilatli kunlarda ibodatni ado etish imkoniyatiga ega bo‘lish uchun hayzni toʻxtatuvchi dorilarni ishlatishi joizmi?
  • Ro‘zadorlar uchun rayyon eshigi

    Erim menga faqat Ramazon oyida ochiladigan «Ridvon» eshigi haqida aytib berdi. Bilishimcha, bu eshik ochilganda, Alloh u orqali boylik yog‘dirar ekan. Ushbu so‘zni aniqlashtirib, bu masalani yaxshiroq tushunishimiz uchun bizga yo‘l-yo‘riq ko‘rsata olasizmi?
  • Ro‘zador holatda unashtirilgan qiz bilan gaplashish

    Musulmon kishi ro‘zador holida unashtirilgan qizi bilan telefonda gaplashishi joizmi?
  • Ramazon kunduzida er-xotinlik qilish xatari

    Maʼlumki, Ramazon oyida kunduzi ayoli bilan jinsiy aloqa qilgan kishining jazosi qul ozod qilish yoki ikki oy ketma-ket roʻza tutish yoxud oltmish miskinga taom berishdir. Bu masalaga oid bir qancha savollarim bor: 1. Agar erkak kishi xotini bilan boshqa-boshqa kunlarda bir necha marta jinsiy aloqa qilsa, uning har bir kuni uchun ikki oydan roʻza tutadimi yoki ikki oy roʻza tutsa, barcha aloqa qilgan kunlari uchun kifoya qiladimi? 2. Agar ushbu jarimaga tushgan kishi yuqorida zikr qilingan hukmni bilmagan boʻlsa, balki har bir yaqinlik kunini bir kun roʻza tutish bilan qazo qilaman deb oʻylagan boʻlsa, bu holatda hukm oʻzgaradimi? 3. Eriga lozim boʻlgan kafforat xotinga ham lozim boʻladimi? 4. Miskinlarni toʻydirish oʻrniga pul toʻlash joizmi? 5. Bir miskinga er va xotini nomidan birgalikda taom berish joizmi? 6. Agar toʻydirishga hech bir miskinni topa olmasa, pulni Riyozdagi «al-Birr» jamiyati kabi xayriya tashkilotlaridan biriga yoki boshqa tashkilotlarga toʻlashi joizmi?