Mavzular

Yangi fatvolar

Maqolalar

Kitoblar


Saqlanganlar

Murakkab qidiruv


Loyiha haqida

Fikr bildiring

Bosh sahifa » Fiqh asoslari » Fiqh » Qarta oʻyinining harom qilinish sababi
Fatvo: 321

O'qildi: 601

21.06.2025

/ 25 Zulhijja 1446

Fatvo mavzusi: » » »

Qarta oʻyinining harom qilinish sababi

Savol

Nima uchun Islomda qarta oʻyinlarini oʻynash harom qilingan?

O’xshash fatvolar

Javob

Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.

Islomda qarta oʻyinining harom qilinishi quyidagi sabablar bilan izohlanadi:

 

  1. Bu oʻyin dunyo va oxirat uchun foydasiz narsaga vaqtni zoye qilishga olib keladi.
  2. Oʻyinda qimor tushunchasi mavjudligi, bu shariat qat’iy harom qilgan narda oʻyiniga oʻxshashdir. Sahih hadisda:

 

عَنْ سُلَيْمَانَ بْنِ بُرَيْدَةَ، عَنْ أَبِيهِ أَنَّ النَّبِيَّ قَالَ: «مَنْ لَعِبَ بِالنَّرْدَشِيرِ فَكَأَنَّمَا صَبَغَ يَدَهُ فِي لَحْمِ خِنْزِيرٍ وَدَمِهِ».

 

Sulaymon ibn Burayda otasi roziyallohu anhudan rivoyat qiladi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Kim narda o‘ynasa, qo‘lini to‘ng‘izning go‘shti va qoniga solgandek bo‘ladi», dedilar» (Muslim: 2260).

Qimorga oʻxshash oʻyinlarni koʻp oʻynagan kishi oqibatda harom qilingan qimor oʻyinlariga yengil munosabatda boʻladigan boʻlib qoladi.

 

  1. Bu oʻyinda jonli maxluqotlar tasvirlari boʻladi, masalan, qirol, qirolicha va xizmatkor (король, дама и валет) kabi.
  2. Oʻyinchilar orasida oʻzaro adovat va nafrat kelib chiqishi (bu tajribada ham koʻp kuzatilgan va barchaga ma’lum holatdir).
  3. Oʻyinda aldamchilik va nayranglar boʻladi.
  4. Bu oʻyinlar Allohni zikr qilishdan va namozdan chalgʻitadi.

Agar ular namozni oʻz vaqtida oʻqiydilar, erkaklar namozlarini masjidda jamoat bilan ado etadilar deb faraz qilsak ham, ular Paygʻambar sollallohu alayhi va sallamning ushbu hadislaridan qanday qutuladilar:

 

كلُّ شَيْءٍ لَيْسَ مِنْ ذِكْرِ الله لْهَوٌ وَلَعِبٌ إِلاَّ أَنْ يَكُونَ أَرْبَعَةً: مُلَاعَبَةُ الرَّجُلِ امْرَأَتَهُ وَتَأْدِيبُ الرَّجُلِ فَرَسَهُ وَمَشْيُ الرَّجُلِ بَيْنَ الْغَرَضَيْنِ وَتَعْلِيمُ الرَّجُلِ السِّبَاحَة

 

«Allohning zikri bo‘lmagan har bir narsa behudadir, o‘yindir. Faqat to‘rt narsa mustasno: erkakning ayoli ila ko‘ngilxushlik qilishi, kishining otini o‘rgatishi, uning ikki mo‘ljal orasida yurishi va kishining suzishni o‘rgatishi». (Tabaroniy rivoyat qilgan, «Sahih al-Jome’» kitobida 4534-raqam ostida keltirilib, sahih deyilgan).

 

Ular qanday qilib Paygʻambar sollallohu alayhi va sallamning ushbu hadislari ostiga kirmasinlar:

 

عَنْأَبِي هُرَيْرَةَ قَالَ: قَالَ رَسُولُ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: «مَا مِنْ قَوْمٍ يَقُومُونَ مِنْ مَجْلِسٍ لَا يَذْكُرُونَ اللهَ فِيهِ إِلَّا قَامُوا عَنْ مِثْلِ جِيفَةِ حِمَارٍ، وَكَانَ لَهُمْ حَسْرَةٌ».

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam shunday dedilar: «Qay bir qavm biror majlisdan Allohni zikr qilmay turib ketsa, eshakning o‘ligi ustidan turgandek bo‘ladi, (Qiyomat kuni) bu ularga hasrat bo‘ladi» (Abu Dovud, 4855. Sahih hadis).

 

Imom Ahmadning rivoyatida esa:

 

وَكَانَ ذَلِكَ الْمَجْلِسُ حَسْرَةً عَلَيْهِمْ يَوْمَ الْقِيَامَةِ

«Bu majlis Qiyomat kuni ular uchun hasrat boʻladi», deyilgan («Sahih al-Jome’», 5508).

 

Bir qancha zamondosh ulamolar, jumladan shayx Abdulaziz ibn Boz, shayx Muhammad ibn Solih Usaymin, shayx Abdulloh ibn Jibrin va boshqa ahli ilmlar qarta oʻyinlarining haromligi haqida fatvo berganlar.

 

Alloh bilguvchiroqdir.

Fatvo manbasi

Maqola borasida fikringiz?

Izoh sababi
Ushbu qator to'ldirilishi shart.

Bu javob foydali bo’ldimi?

1

O’xshash fatvolar

  • Zakotni qanday taqsimlagan afzal?

    Men molimdan zakot bermoqchiman-u, ikkilanyapman: uni ko‘pchilikka tarqataymi yoki ozroq odamga, lekin kattaroq miqdorda beraymi? Agar iloji boricha ko‘proq odamga bersam, savobim ziyoda bo‘larmikin, chunki bunda ozchilik emas, ko‘pchilik xursand bo‘ladi va men ularning xursandchiligi evaziga savob olamanmi? Yoki savobi bir xil bo‘ladimi? Unday boʻlsa muammo yo‘q. Rahmat.
  • E’tikofning eng kam muddati

    E’tikofning eng kam muddati qancha? Qisqa vaqt e’tikof o‘tirsam bo‘ladimi yoki belgilangan kunlarda e’tikof o‘tirish shartmi?
  • E’tikofning savobi

    E’tikofning savobi qanday?
  • E’tikof oʻtirish hukmi

    E’tikofning hukmi nima?
  • E’tikof qanday masjidda durust bo‘ladi?

    E’tikof har qanday masjidda durust bo‘ladimi?
  • E’tikof uchun erning ruxsati shartmi?

    Er ayolini e’tikofdan man qilishga haqlimi?