Mavzular

Yangi fatvolar

Maqolalar

Kitoblar


Saqlanganlar

Murakkab qidiruv


Loyiha haqida

Fikr bildiring

Bosh sahifa » Eʼtiqod masalalari » Musulmonlarning dahriylarning oxiratdagi taqdiri haqidagi e’tiqodi
Fatvo: 314

O'qildi: 128

Iyun 20, 2025

/ 24 Zulhijja 1446

Fatvo mavzusi: » » »

Musulmonlarning dahriylarning oxiratdagi taqdiri haqidagi e’tiqodi

Savol

Men oʻqishim doirasida Islom dinini oʻrganmoqdaman va islomning ateistlarga boʻlgan munosabati haqida qiziqyapman. Musulmonlar ateistlarning oqibati jahannamda boʻladi deb hisoblaydilarmi?

O’xshash fatvolar

Javob

Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.

Hurmatli savol beruvchi singlim, Islomni o‘rganishga bo‘lgan e’tiboringiz ulug‘vor ish bo‘lib, buning uchun sizga minnatdorchilik bildiramiz. Inson qayerda yashashidan qat’i nazar, haq dinni izlashi kerak. Garchi bu yoʻl ota-bobolarining, oʻz yurtining yoki jamiyatining diniga va an’analariga zid kelsa ham, haq dinga ergashish shart. Zero, qiyomat kuni oʻzini jahannam azobidan qutqarib qolish boshqa barcha narsalardan muhimroqdir. Islom dinini oʻrganmoqchi boʻlgan kishi uchun muhim narsalardan biri – dinning haqiqatini bilish uchun Islomning asl manbalariga, masalan, Qur’oni Karim ma’nolarining tarjimasi va Paygʻambar Muhammad sollallohu alayhi va sallamning hadislari ma’nolarining toʻgʻri tarjimalariga murojaat qilish lozim. Islomni musulmon bo‘lmagan, dinning mohiyatini tushunmagan yoki uni amalda qo‘llamagan kishilarning kitoblari va manbalaridan o‘rganish ilmiy tadqiqot uslubiga hamda haqiqatni aniqlashning to‘g‘ri yo‘liga ziddir.

 

Siz yuborgan savolga qaytadigan boʻlsak, ya’ni musulmonlarning ateistlar haqidagi e’tiqodi qanday? Qiyomat kuni ularning oqibati jahannamda boʻladimi?

 

Bu savolga aniq va ravshan javob shudir: Alloh subhanahu va taolo maxluqotlarni yaratdi va ularga barcha ne’matlarni in’om etdi. Ularga paygʻambarlar yubordi va kitoblarni nozil qildi, hamda ularga xabar berdiki, kim Allohni yakkalasa, Uning yolgʻiz Oʻziga, shirk keltirmasdan ibodat qilsa jannatga kiradi. Kim Allohni inkor qilsa yoki U Zotga shirk keltirib, U bilan birga boshqalarga ibodat qilsa, yoki Undan boshqa ilohlar tutsa, yo Unga ayol yoki farzand nisbat bersa, yoxud farishtalarni Allohning qizlari deb hisoblasa, yo Uning haq bilan hukm qilish uchun nozil qilgan shariatini rad etib, boshqa shariatlarga ergashsa, yoki Allohning haq dinini tark etib, undan yuz oʻgirsa qiyomatda jahannam azobiga duchor boʻlib, unda abadiy qoladi. Bu haqiqiy adolatdir! Bu o‘z Rabbisi, Yaratuvchisi, uni yo‘qdan bor qilgan va barcha ne’matlar Egasi bo‘lgan Zotni tan olmay, Unga qarshi zulm qilgan shaxsga munosib jazodir.

 

Insonlarning Allohga ibodat qilishi, Uning buyruqlariga boʻysunishi va qaytariqlaridan tiyilishi asosiy vazifadir. Bu, aslida, Yaratuvchi bilan maxluq o‘rtasidagi munosabatning mohiyatidir, xuddi Alloh taolo aytganidek:

 

﴿وَمَا خَلَقۡتُ ٱلۡجِنَّ وَٱلۡإِنسَ إِلَّا لِيَعۡبُدُونِ﴾

«Men jinlar va insonlarni faqat Oʻzimga ibodat qilishlari uchungina yaratdim» (Zoriyot: 56).

Barcha paygʻambarlar oʻz qavmlariga birgina amr bilan yuborilganlar:

 

﴿ٱعۡبُدُواْ ٱللَّهَ مَا لَكُم مِّنۡ إِلَٰهٍ غَيۡرُهُۥۖ

«Allohga ibodat qilingiz! Sizlar uchun Undan oʻzga biron iloh yoʻqdir» (Xud: 84).

 

Bu yerda Allohning yagona, sheriksiz ekaniga ishonsa-da, ammo Unga ibodat qilmagan, Uning buyruqlariga itoat etmagan, aksincha, U Zotga qarshi chiqib, Uning diniga, shariatiga, vahiysiga hamda oʻziga va oʻzi kabi boshqa insonlarga yuborilgan paygʻambarlarga ergashmagan kishining katta kamchiligi namoyon boʻladi. Ayting-chi, bunday kishi jannatga kirishga haqlimi yoki doʻzaxgami?!

«Men koinotni yaratgan yagona iloh bor deb ishonaman, ammo shu bilan cheklanaman. Namoz oʻqimayman, roʻza tutmayman, haj qilmayman, zakot ham bermayman va Alloh buyurgan biror vazifamni bajarmayman, oʻz nafs-u havoyimga ergashib, U Zot halol qilganmi yoki harom qilganmi, nimani xohlasam shuni qilaman» deydigan kishi qiyomat kunida najot topishi mumkinmi?!

Alloh har bir ummatga:

 

﴿أَنِ ٱعۡبُدُواْ ٱللَّهَ وَٱجۡتَنِبُواْ ٱلطَّٰغُوتَ﴾

 

«Allohga ibodat qilinglar va togʻutdan (shaytonlar, but-sanamlar va boshqa haddidan oshganlardan) yuz oʻgiringlar» (Nahl: 36) — deb buyuruvchi payg‘ambar yuborgan. Oxirgi paygʻambar Muhammad sollallohu alayhi va sallamdir, Soʻnggi ummat uning ummatidir, Alloh u kishini insoniyatga, butun dunyoga elchi qilib yubordi va u bilan oldingi barcha shariatlarni bekor qildi. Uning dinini eng mukammal, eng toʻliq, eng afzal va eng oliy din qildi va har bir kishiga bu dinga kirishni vojib qildi. Alloh subhanahu va taolo xabar berdiki:

 

﴿وَمَن يَبۡتَغِ غَيۡرَ ٱلۡإِسۡلَٰمِ دِينٗا فَلَن يُقۡبَلَ مِنۡهُ وَهُوَ فِي ٱلۡأٓخِرَةِ مِنَ ٱلۡخَٰسِرِينَ﴾

«Kim Islomdan boshqa dinni xohlasa, bas, undan bu hargiz qabul qilinmas va u oxiratda ziyon ko‘rguvchilardan bo‘lur» (Oli Imron: 85).

 

Ushbu oyatlarga binoan, boshqa bir nuqtai nazardan, o‘zini «Men yagona iloh gʻoyasiga ishonaman, lekin musulmon bo‘lishni, so‘nggi dinni qabul qilishni yoki so‘nggi, xotamul anbiyo Paygʻambarga ergashishni xohlamayman» deydigan kishining oqibati aniq boʻladi.

Xulosa qilib aytganda, hurmatli savol beruvchi singlim, umid qilamanki, bu masala siz uchun oydinlashdi. Alloh taolodan barchamizni haqqa hidoyat qilishini va unga ergashishni nasib etishini so‘rayman. Albatta, U eng yaxshi yordamchi va eng yaxshi himoyachidir.

Fatvo manbasi

Maqola borasida fikringiz?

Izoh sababi
Ushbu qator to'ldirilishi shart.

Bu javob foydali bo’ldimi?

0

O’xshash fatvolar

  • Odamga jin kirishi haqida

    So‘nggi kunlarda jinlarning inson tanasiga kirishi masalasi ko‘tarildi va bu aqlga sig‘maydigan holat deb da’vo qilinmoqda! Chunki yaratilishda asosiy farq bor: insonlar loydan, jinlar esa olovdan yaratilgan. Shaytonlar faqat vasvasa qilish qobiliyatigagina ega, Alloh ularga insonlar ustidan hukm yuritish huquqini bermagan! Shuningdek, bu boradagi yozib olingan videolavhalar esa dalil bo‘la olmasligi aytilmoqda. Siz bu haqda qanday fikrdasiz?
  • Turmush oʻrtoq tanlov natijasimi yoki Allohning qadarimi?

    Umr yo‘ldoshini tanlash bandaning ixtiyorimi yoki Allohning taqdirimi?
  • «Ey Rasululloh» deb nido qilish joizmi?

    «Yo Rasululloh» deyishimiz joizmi?
  • Jin odamni o‘ldiradimi?

    Men sehrgarlik haqida ma’lumot olishni xohlayman. Uning ta’siri qanday? Sehrgar undan odam o‘ldirish uchun foydalanishi mumkinmi?
  • Zaruratda milodiy sanadan foydalanish

    Muhtaram shayx hazratlari, sizni xabardor qilmoqchimanki, Islom forumi idoralari milodiy taqvimdan foydalanadigan mamlakatlarda joylashgan, biz esa hijriy taqvimga amal qilamiz. Bu tafovut bizga hijriy taqvimni qo‘llamaydigan davlat idoralari bilan munosabatda bo‘lishda, shuningdek byudjetni rejalashtirish, maosh to‘lash va o‘sha davlatlardagi tegishli idoralarga moliyaviy hisobotlarni topshirishda qiyinchiliklar tug‘dirmoqda. Biz hijriy taqvimning muhimligiga qat’iy ishonch bildiramiz va uni musulmonlarning ramzi hamda g‘ayridinlardan farqlovchi belgi sifatida tan olamiz. Shunday bo‘lsa-da, zarurat tufayli moliyaviy muomalalar va byudjet masalalarida milodiy taqvimdan foydalanishimiz joizmi?
  • Shahodat kalimasini aytmagan kishi musulmon sanalmaydi

    Agar inson tug‘ilganidan beri g‘ayridin bo‘lsa-yu, samimiy bo‘lsa, katta gunohlar qilmagan bo‘lsa, hamma to‘g‘ri yo‘lda deb ishonsa, unga hech kim Islom haqida aytmagan bo‘lsa va shu holatda vafot etsa, bunday inson qiyomat kuni jannatga kiradimi yo doʻzaxga tushadimi? Alloh sizga yaxshiliklar ato etsin.