Mavzular

Yangi fatvolar

Maqolalar

Kitoblar


Saqlanganlar

Murakkab qidiruv


Loyiha haqida

Fikr bildiring

Bosh sahifa » Odob-axloq va maʼnaviyat » Odob » Ismlar, kunyalar va laqablar » Islomga yangi kirgan kishi oʻz ismini qanday oʻzgartirishi kerak?
Fatvo: 284

O'qildi: 647

18.06.2025

/ 22 Zulhijja 1446

Fatvo mavzusi:

Islomga yangi kirgan kishi oʻz ismini qanday oʻzgartirishi kerak?

Savol

Tugʻilganimda otam meni kofirlik eʼtiqodlarini ifodalovchi ism bilan atagan ekan. Islomni qabul qilganimdan soʻng, ismimni islomiy ismga oʻzgartirdim. Bu qilgan ishim toʻgʻrimi?

O’xshash fatvolar

Javob

Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.

Alloh Islomga hidoyat qilgan kishi uchun oʻziga islomiy ism tanlashi va otasining ismi yoki familiyasini saqlab qolishi kifoya. Chunki Paygʻambarimiz (sollallohu alayhi va sallam) sahobalarni Islomni qabul qilganlarida ota va bobolarining ismlarini oʻzgartirishga buyurmaganlar, balki harom va makruh ism egalarining ismlarini oʻzgartirganlar. Ismingiz butparastlik ildizlariga ega boʻlgani uchun, uni Bilol yoki boshqa ismga oʻzgartirishingiz toʻgʻri va durust amaldir. Shajarangizning qolgan qismini oʻzgartirmay qoldiring. Bunda ota-onangizni rozi qilish jihati ham bor. Allohdan ularga hidoyat va oʻzimizga hamda sizga muvaffaqiyat soʻraymiz. Alloh Paygʻambarimiz Muhammadga salavot va salom yoʻllasin.

Fatvo manbasi

Maqola borasida fikringiz?

Izoh sababi
Ushbu qator to'ldirilishi shart.

Bu javob foydali bo’ldimi?

0

O’xshash fatvolar

  • Kuyovning familiyasiga oʻtish hukmi

    Jamiyatimizda ko‘p opa-singillarimiz otalarining nomida qolishlari kerakligini anglamasdan, erlarining familiyasiga oʻtishgan. Ular familiyalarini yana otalarining familiyasiga o‘zgartirishlari kerakmi yoki erlarining familiyasida qolishlari joizmi? Shuningdek, agar zinodan tug‘ilgan bo‘lsa, u otasining familiyasini oladimi yoki onasining familiyasinimi? Bunga dalil nima? Alloh sizni yaxshilik bilan mukofotlasin.
  • Qizlarga «Hisso» deb ism qo‘yish

    Agar «Hisso» ismi aslida shaxs ismi bo‘lsa va to‘g‘ri ma’noda bo‘lsa, men farzandimga bu ismni qo‘yishim joizmi?
  • Kimnidir otasining ismidan boshqa nomga nisbat berishning hukmi

    Ayol islomga kirish oldidan familiyasini erining familiyasiga o‘zgartirgan. Hozir islomni qabul qilganidan so‘ng u erini tark etgan va o‘zining islomiy shaxsiyatini ta’kidlash uchun ismini islomiy ismga rasmiy ravishda o‘zgartirmoqchi. Shuningdek, u familiyasini yana bir bor o‘z oilasining familiyasiga o‘zgartirmoqchi, ammo u otasining familiyasiga emas, ona tarfadan bobosining familiyasini olmoqchi, chunki otasi bilan o‘rtalarida kelishmovchilik bor va aytishicha, otasi uning tarbiyasida ishtirok etmagan. Ayol onasining nikohdan oldingi familiyasini olishi mumkinmi?
  • Harom va makruh ismlar

    Islomda taqiqlangan va qo‘yish mumkin bo‘lmagan ismlar bormi? Ular qaysilar?