Mavzular

Yangi fatvolar

Maqolalar

Kitoblar


Saqlanganlar

Murakkab qidiruv


Loyiha haqida

Fikr bildiring

Bosh sahifa » Fiqh asoslari » Fiqh » Muomalalar » Savdo-sotiqqa oid savollar » Ribo — sudxoʻrlik » Bir valyutadan boshqa valyutaga pul o‘tkazish
Fatvo: 2711

O'qildi: 26

18.02.2026

/ 1 Ramazon 1447

Fatvo mavzusi:

Bir valyutadan boshqa valyutaga pul o‘tkazish

Savol

Bir valyutada pul yuborib, uni qabul qiluvchi boshqa valyutada olishining hukmi nima? Masalan, maoshimni Saudiya riyolida olaman va uni Sudan riyoliga oʻtkazaman, Saudiya riyoli uch Sudan riyoliga teng. Bu ribomi (sudxo‘rlikmi)? (Ya’ni, bu yerda gap bank orqali yoki boshqa tizimlar yordamida pul oʻtkazish haqida ketyapti: Masalan, shaxsning hisobidan Saudiya riyoli yoki Oʻzbek soʻmi yo dollarni boshqa davlatga yuborganda oʻsha yerning pul birligiga aylanib hisobga tushadi. Shar’iy qoidalarga koʻra ikki jinsdagi pulni almashtirganda qoʻlma-qoʻllik topilishi kerak, savol beruvchi bu holatda qoʻlma-qoʻl boʻlmagani uchun ribo boʻlib qoladimi, degan xavotirda savol yoʻllagan – tarj.).

O’xshash fatvolar

Javob

Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.

Bir davlatning qog‘oz pulini boshqa davlatning qog‘oz puliga tahvil qilish joiz, hatto almashtirilayotgan ikki pul o‘rtasida miqdor farqi bo‘lsa ham. Bunga sabab, savolda keltirilgan misoldagidek, ular turli xil pul turlariga kiradi. Biroq, bitim majlisida qoʻlma-qoʻl boʻlishi sharti bilan, ya’ni har ikki tomon o‘z hissasini, almashtirilgan valyutani toʻliq qo‘liga olishi shart. Chek yoki pul oʻtkazmasi amaliyotlarida esa, chek qog‘ozini qabul qilish bitim majlisida qoʻlma-qoʻl boʻlishi (qo‘lga olish) hukmidadir.

Alloh muvaffaqiyat bersin va Allohning salovoti va salomi payg‘ambarimiz Muhammad Mustafoga, u zotning oilalari va sahobalariga bo‘lsin.

Alloh bilguvchiroqdir.

Fatvo manbasi

Maqola borasida fikringiz?

Izoh sababi
Ushbu qator to'ldirilishi shart.

Bu javob foydali bo’ldimi?

0

O’xshash fatvolar

  • Haromligini bilishdan oldin kasb qilingan ribo molidan qutulish kerakmi?

    Bir kishi bankka qo‘ygan mablag‘lari uchun foiz olishga odatlangan edi. Keyinchalik bu ishning harom ekanligini bildi va foiz olishni to‘xtatdi. Shundan so‘ng u tavbasining shartlarini to‘liq ado etish uchun bu pulni xayriya qilishi kerakligini his qildi, ammo u ikki muammoga duch keldi: Birinchidan, u oldin bankdan olgan foizning to‘g‘ri miqdorini hisoblay olmaydi. Ikkinchidan, bu shaxsning hozirgi paytda mavjud jamg‘armasi avvalgi yillarda bankdan olgan foiz miqdoridan kamroq. Yuqoridagilarga asoslanib, quyidagilarga javob berishingizni so‘raymiz: 1. Bu shaxs tavbasining shartlaridan bankdan olgan barcha foiz miqdorlariga teng bo‘lgan to‘g‘ri summani xayriya qilish kerakmi? 2. Agar yuqoridagi savolga javobingiz ijobiy bo‘lsa, o‘zi va oila a’zolarining asosiy ehtiyojlarini ta’minlagandan so‘ng unda mavjud bo‘lishi mumkin bo‘lgan har qanday mablag‘larni darhol xayriya qilishi kerakmi? Masalan, bu shaxs zaruriy ehtiyojlardan hisoblanmaydigan, ammo ahamiyatdan xoli bo‘lmagan narsalarni sotib olishi joizmi? Misol uchun, uy-joy, taom, kiyim-kechak, dori va transport vositalaridan tashqari kompyuter ham sotib olishi joizmi? 3. Agar ikkinchi savolga ham javobingiz ijobiy bo‘lsa, ushbu shaxs bank foiziga teng miqdordagi mablag‘ni xayriya qilishdan oldin o‘z ixtiyoriga kelib qolishi mumkin bo‘lgan har qanday mablag‘ bilan haj ibodatini ado etishi joizmi?
  • Obligatsiyalar (qimmatli qogʻozlar) savdosi joizmi?

    Belgilangan daromad keltiradigan obligatsiyalar bilan savdo-sotiq qilishning shar’iy hukmi nima?
  • Bank orqali uy sotib olish joizmi?

    Britaniya bankidan uy sotib olish uchun foizli qarz olish joizmi?
  • Ribo evaziga qurilgan masjidda namoz o‘qish joizmi?

    Biz yashaydigan hududda Islom markazi qurildi. Bu yerdagi musulmonlar katta foizli qarz olib, mulkni sotib olishgan. Masjid qurilishida ham foizli qarz ishlatilgan. Musulmon talabani ushbu masjidda namoz o‘qishi yoki tadbirlarda ishtirok etishi harommi? Yoki uning o‘rniga boshqa masjidlarga borishi kerakmi?
  • Kreditga sotib olingan buyumdan foydalanish

    Ota-onam menga mashina sotib olishdi va hozirda uning qiymatini foiz bilan to‘lashmoqda. Bu mashinadan foydalanishim joizmi yoki yo‘qmi? Shuni ham aytib o‘tishim kerakki, ota-onam hali ham to‘lovlarni amalga oshirib kelmoqda.
  • Kechikkan to‘lov uchun jarima solish hukmi

    Men avtomobillarni islom shariatiga muvofiq bo‘lib-bo‘lib toʻlashga, nasiyaga sotaman, ya’ni foiz olmayman, lekin o‘zimni himoya qilish maqsadida, agar xaridor to‘lovni kechiktirsa, jarima undiraman. Bu ishim joizmi?