Mavzular

Yangi fatvolar

Maqolalar

Kitoblar


Saqlanganlar

Murakkab qidiruv


Loyiha haqida

Fikr bildiring

Bosh sahifa » Fiqh asoslari » Fiqh » Ibodatlar » Namoz bobi » Namoz o’qiladigan joylar » Parklarda namoz o‘qish hukmi
Fatvo: 2696

O'qildi: 31

17.02.2026

/ 29 Shaban 1447

Fatvo mavzusi:

Parklarda namoz o‘qish hukmi

Savol

Umumiy bog‘larda namoz o‘qish hukmi qanday? Ma’lumki, bu bog‘lar unda g‘alati hid tarqatadigan suv bilan sug‘oriladi. Men tushunishimcha, bu suvlar oqova suvlardan tozalangan yoki najas chuqurlardan sizib chiqadigan suvlar. Hay’at (diniy politsiya) odamlarni bu bog‘larda namoz o‘qishdan taqiqlaydimi? Iltimos, bu masalada to‘g‘ri yo‘lni tushuntirib bering.

O’xshash fatvolar

Javob

Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.

Modomiki, ulardan yoqimsiz hid chiqib turar ekan, u yerda namoz oʻqish sahih emas; chunki namozning sahih boʻlish shartlaridan biri namoz o‘qiydigan joyning pok boʻlishidir. Agar uning ustiga qalin, pok toʻshama qoʻysa, uning ustida namoz oʻqish sahih boʻladi.

Musulmon kishiga bogʻlarda – hatto qalin, pok toʻshama ustida ham – masjid jamoatidan qolib namoz oʻqishi joiz emas. Balki unga musulmon birodarlari bilan Allohning uylari – masjidlarda namoz oʻqishi vojibdir. Ular haqida Alloh subhanahu va taolo aytadi:

﴿فِي بُيُوتٍ أَذِنَ اللَّهُ أَنْ تُرْفَعَ وَيُذْكَرَ فِيهَا اسْمُهُ يُسَبِّحُ لَهُ فِيهَا بِالْغُدُوِّ وَالْآصَالِ ۝٣٦ رِجَالٌ لَا تُلْهِيهِمْ تِجَارَةٌ وَلَا بَيْعٌ عَنْ ذِكْرِ اللَّهِ وَإِقَامِ الصَّلَاةِ وَإِيتَاءِ الزَّكَاةِ ۙ يَخَافُونَ يَوْمًا تَتَقَلَّبُ فِيهِ الْقُلُوبُ وَالْأَبْصَارُ ۝٣٧ لِيَجْزِيَهُمُ اللَّهُ أَحْسَنَ مَا عَمِلُوا وَيَزِيدَهُمْ مِنْ فَضْلِهِ ۗ وَاللَّهُ يَرْزُقُ مَنْ يَشَاءُ بِغَيْرِ حِسَابٍ ۝٣٨﴾

«(U chiroq) bir uylarda (ya’ni, masjidlarda yoqilurki), Alloh ularni baland ko‘tarib (bino) qilinishiga va ularda O‘zining nomi zikr qilinishiga izn bergan (ya’ni, amr qilgan) edi. U (masjidlarda) erta-yu kech U zotni poklaydigan kishilar bordirki, Ularni na tijorat va na oldi-sotdi Allohni zikr qilishdan, namozni to‘kis ado etishdan va zakotni (haqdorlarga) ato etishdan mashg‘ul qila olmas. Ular dillar va ko‘zlar iztirobga tushib qoladigan (Qiyomat) kunidan qo‘rqurlar. Ular Alloh o‘zlarini qilgan amallarining eng go‘zallari sababli mukofotlashi va yana ularga O‘z fazlu-karami bilan ziyoda (savoblar ato) qilishi uchun (erta-yu kech Allohni poklab ibodat qilurlar). Alloh O‘zi xohlagan kishilarga behisob rizq berur» (Nur: 36-38).

عَنِ ابْنِ عَبَّاسٍ، قَالَ: قَالَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: «مَنْ سَمِعَ الْمُنَادِيَ فَلَمْ يَمْنَعْهُ مِنَ اتِّبَاعِهِ، عُذْرٌ»، قَالُوا: وَمَا الْعُذْرُ؟، قَالَ: «خَوْفٌ أَوْ مَرَضٌ، لَمْ تُقْبَلْ مِنْهُ الصَّلَاةُ الَّتِي صَلَّى».

Ibn Abbos roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam shunday dedilar: «Kim muazzinni eshitsa-yu, unga ergashishga hech bir uzr mone’lik qilmasa (va namozga kelmasa), – «Uzr nima?» deyishgan edi, «Xavf yoki bemorlik», dedilar. – o‘ sha o‘qigan namozi qabul bo‘lmaydi». (Abu Dovud, 551; Hadis hukmi: «sahih». Manba: «Sahihul Jome’», 6300).

عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ قَالَ: «أَتَى النَّبِيَّ ﷺ رَجُلٌ أَعْمَى فَقَالَ: يَا رَسُولَ اللهِ، إِنَّهُ لَيْسَ لِي قَائِدٌ يَقُودُنِي إِلَى الْمَسْجِدِ، فَسَأَلَ رَسُولَ اللهِ ﷺ أَنْ يُرَخِّصَ لَهُ فَيُصَلِّيَ فِي بَيْتِهِ فَرَخَّصَ لَهُ. فَلَمَّا وَلَّى دَعَاهُ فَقَالَ: هَلْ تَسْمَعُ النِّدَاءَ بِالصَّلَاةِ؟ فَقَالَ: نَعَمْ. قَالَ: فَأَجِبْ».

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga ko‘zi ojiz kishi kelib, «Ey Allohning Rasuli, meni masjidga yetaklab boradigan odamim yo‘q» deb, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan uyida namoz o‘qishga ruxsat so‘radi. U zot unga ruxsat berdilar. U orqaga o‘girilgan ham ediki, uni chaqirdilar va: «Namozga chaqiriqni (azonni) eshitasanmi?» dedilar. «Ha», dedi. «Unda javob qil (ya’ni jamoatga chiq)», dedilar» (Sahihi Muslim, 653). Bu ma’nodagi hadislar yetarlicha ko‘pdir.

Amri maʼruf va nahiy munkar (yaxshilikka buyurish va yomonlikdan qaytarish) hay’atiga odamlarni bogʻlarda namoz oʻqishdan man qilish va ularni masjidlarda namoz oʻqishga buyurish vojibdir. Alloh azza va jallaning ushbu soʻziga amal qilgan holda:

﴿وَتَعَاوَنُوا عَلَى الْبِرِّ وَالتَّقْوَىٰ﴾

«Yaxshilik va taqvo yo‘lida hamkorlik qilingiz!» (Moida: 2).

Shuningdek, quyidagi oyatga binoan:

﴿وَالْمُؤْمِنُونَ وَالْمُؤْمِنَاتُ بَعْضُهُمْ أَوْلِيَاءُ بَعْضٍ ۚ يَأْمُرُونَ بِالْمَعْرُوفِ وَيَنْهَوْنَ عَنِ الْمُنْكَرِ﴾

«Mo‘min va mo‘minalar bir-birlariga do‘stdirlar. Ular yaxshilikka buyuradilar, yomonlikdan to‘xtatadilar» (Tavba: 71).

عَنْ أَبِي سَعِيدٍ: سَمِعْتُ رَسُولَ اللهِ ﷺ يَقُولُ: مَنْ رَأَى مِنْكُمْ مُنْكَرًا فَلْيُغَيِّرْهُ بِيَدِهِ، فَإِنْ لَمْ يَسْتَطِعْ فَبِلِسَانِهِ، فَإِنْ لَمْ يَسْتَطِعْ فَبِقَلْبِهِ، وَذَلِكَ أَضْعَفُ الْإِيمَانِ».

Abu Sa’id aytdi: «Men Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning shunday deganlarini eshitganman: «Kim bir munkar ishni ko‘rsa, uni qo‘li bilan o‘zgartirsin, agar bunday qila olmasa, tili bilan, buni ham qila olmasa, qalbi bilan (norozi bo‘lsin). Lekin bu iymonning eng zaifidir» (Sahihi Muslim, 49).

Vallohu aʻlam.

Fatvo manbasi

Maqola borasida fikringiz?

Izoh sababi
Ushbu qator to'ldirilishi shart.

Bu javob foydali bo’ldimi?

0

O’xshash fatvolar

  • Cherkovni ijaraga olib Juma namozi o‘qishning hukmi

    Amerika Qo‘shma Shtatlarining ko‘plab shtatlarida musulmonlar juma namozini o‘qish uchun arzon yoki bepul ijaraga beriladigan ayrim cherkovlardan boshqa munosib joy topa olmaydilar. Ayrim talabalar cherkovlarda namoz o‘qishning durustligi haqida Ibn Umardan rivoyat qilingan: «Cherkovlarda, yahudiylar ibodatxonalarida, qabristonlarda va Allohdan boshqasi uchun so‘yiladigan joylarda namoz o‘qishning taqiqlanishi», haqidagi rivoyatga tayanib munozara boshlashdi. Shu fikrga asoslanib, ba’zi musulmonlar juma namoziga kelishdan bosh tortishdi. Iltimos, bu holatda to‘g‘ri hukm bilan bizni foydalantiring, toki bu jamiyatdagi musulmonlar orasidagi ziddiyatlarni yengib o‘tishga imkonimiz bo‘lsin. Alloh sizga yaxshilik ato qilsin.
  • Nasroniyning uyida namoz oʻqish joizmi?

    Ba’zida namoz vaqti kirganda nasroniylardan birining uyida bo‘laman. Shunda joynamozimni yozib, ularning oldida namoz o‘qiyman. Ularning uyida bo‘lgani uchun namozim durust bo‘ladimi?