O'qildi: 50
07.02.2026
/ 19 Shaban 1447
Fatvo mavzusi: Jihod va hijrat
Savol
Men universitetda kompyuter muhandisligi bo‘yicha ta’lim olayotgan talabaman. Inshaalloh, kelasi yili o‘qishni tugataman. Allohga shukrlar bo‘lsinki, oilaliman va farzand kutmoqdamiz. Shukrki, diniy masalalarni o‘rganishga va salafi solihlar yo‘lida yurishga harakat qilyapman. Bu to‘g‘ri yo‘l ekanini aniq bilaman, ammo tushunishim qiyin bo‘lgan bir mavzu bor – u ham boʻlsa jihod mavzusidir. Allohning izni bilan quyidagi savollarga javob olish orqali bu mavzu men uchun yanada oydinlashadi deb umid qilaman:
1. Jihod nuqtai nazaridan mening burchim nimadan iborat?
2. Sahihi Muslimda rivoyat qilingan: «Kim g‘azot qilmasdan yoki uni ko‘ngliga tugmay o‘lib ketsa, munofiqlikdan bir shu’bada o‘libdi», hadisining ma’nosi nima?
3. Jihodga qanday tayyorlanaman?
4. Ilm olish, da’vat va jihod o‘rtasida qanday aloqa o‘rnatishim mumkin?
Javob
Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.
Imom Muslim rahimahulloh o‘z sahihida shunday bob kiritgan: «G‘azot qilmay yoki g‘azot qilishni ko‘ngliga tugmay o‘lgan kishining mazammat qilinishi haqidagi bob».
Bu bob ostida quyidagi hadisni keltirgan:
Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim g‘azot qilmasdan yoki uni ko‘ngliga tugmay o‘lib ketsa, munofiqlikdan bir shu’bada o‘libdi», dedilar» (Sahihi Muslim, 1910).
Imom Navaviy rahimahulloh aytadi: «Bu shuni anglatadiki, kimki bunday qilsa, u jihoddan tiyiladigan munofiqlarga o‘xshab qoladi. Chunki jihodni tark etish nifoqning bir turi hisoblanadi. Bu hadis yana shuni ham anglatadiki, agar kimdir biror ibodatni niyat qilsa-yu, uni ado etishga ulgurmay vafot etsa, u bunday niyatsiz vafot etganlarga qaratilgan tanqidga duchor bo‘lmaydi».
Sindiy «Sunani Nasoiy»ga yozgan hoshiyasida aytadi: «Hadisdagi «jihodni ko‘ngliga tugmay» degan ibora — «tahdis» (ichida gapirish) ma’nosini anglatadi. Aytishlaricha, bu kishi o‘ziga-o‘zi: «Koshki men gʻoziy bo‘lsam edi», deb aytishidir. Yoki jihodda qatnashishni niyat qilmasligi nazarda tutiladi. Buning belgisi jihod uchun kerakli anjomlarni tayyorlamaslikdir. Alloh taolo marhamat qiladi:
«Agar ular (jihodga) chiqishni istaganlarida uning uchun tayyorgarlik ko‘rib qo‘ygan bo‘lur edilar» (Tavba: 46).
Nafsni jihodga tayyorlash ko‘p jihatlarni o‘z ichiga oladi, jumladan:
Aziz birodarim, shuni bilingki, da’vat va jihodni birlashtirish qiyin emas. Ularning har birining o‘z vaqti va maydoni bor. Zero, gʻoziy va fotih musulmonlar jangdan avval Allohga da’vat qilishar, bir shaharni fath qilsalar, uning ahlini daʼvat qilib, ularga Islom dinini oʻrgatar edilar. Agar vaqt jihod vaqti bo‘lmasa, davom etayotgan jang yoki ochiq maydon bo‘lmasa, u holda da’vat eshiklari har doim ochiqdir: ahli-ayollar, farzandlar, oila, qarindoshlar, qo‘shnilar, barcha musulmonlar va g‘ayridinlarni hikmat, goʻzal pand-nasihat va chiroyli uslub bilan da’vat qilish mumkin.
Alloh bizni va sizni Oʻzi suyadigan va Oʻzi rozi bo‘ladigan amallarga muvaffaq aylasin. Payg‘ambarimiz Muhammad Mustafoga Allohning saloti va salomi bo‘lsin.
Alloh bilguvchiroqdir.
Bu javob foydali bo’ldimi?