O'qildi: 52
20.01.2026
/ 1 Shaban 1447
Fatvo mavzusi: Hadis va sunnat » Odob-axloq va maʼnaviyat
Savol
Misvok nima degani? Uni ishlatish hukmi qanday? Misvokdan foydalaniladigan vaqtlar qaysi? Misvokning xususiyatlari va uni ishlatish uslubi qanday? Misvokning ba’zi turlari limon va boshqa ta’mlarda bo‘ladi, ularning hukmi oddiy misvok hukmi bilan birmi?
O’xshash fatvolarJavob
Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.
Arab tilida «sivok» va «istiyok» so‘zlarining ma’nosi og‘iz va tishlarni misvok bilan tozalash demakdir. Misvok so‘zi asbobga ham aytiladi, ya’ni misvok qilinadigan tayoqchaga.
Misvok og‘izni tozalaydi va Rabbimiz subhonahu va taoloning roziligini vojib qiladi. Bu quyidagi hadisda sobit bo‘lgan:
Oisha roziyallohu anho Nabiy sollallohu alayhi va sallamdan rivoyat qilgan. U zot dedilar: «Misvok og‘iz uchun poklovchi va Rabbning roziligiga sababchidir» (Nasoiy, 4; Hadis hukmi: «sahih». Manba: «Irvo’ul G‘olil», 66).
Misvok haqida ta’kidlangan mustahablik vorid bo’lgan:
Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Agar ummatimga [yoki odamlarga] mashaqqat qilib qo‘yishim bo‘lmaganida, ularni har namoz oldidan misvoklanishga buyurgan bo‘lar edim», dedilar» (Sahihi Buxoriy, 887 va Sahihi Muslim, 252). Buxoriyning boshqa rivoyatida: «Har bir tahorat oldidan», deyilgan.
Imom Navaviy rahimahulloh fikri e’tiborga olinadiganlarning misvokning mustahabligi va sunnat ekanligiga ijmo’ qilganlarini naql qilgan. Uning ahamiyatini ko‘rsatadigan narsalardan biri shuki, ba’zi salafi-solihlar misvokning vojib ekanini aytganlar, ular orasida Imom Is’hoq ibn Rohavayh ham bor.
Misvok mustahab bo‘lgan vaqtlar:
Misvok barcha vaqtlarda, kechasi va kunduzi, mustahabdir. Buning umumiyligi Oisha roziyallohu anhoning yuqorida zikr qilingan hadislarida Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning umumiy so’zlari bor:
«Misvok og‘iz uchun poklovchi va Rabbning roziligiga sababchidir» (Nasoiy, 4; Hadis hukmi: «sahih». Manba: «Irvo’ul G‘olil», 66).
Ulamolar misvokning mustahabligi ta’kidlanadigan o‘rinlarni zikr qilganlar, jumladan:
Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Agar ummatimga [yoki odamlarga] mashaqqat qilib qo‘yishim bo‘lmaganida, ularni har namoz oldidan misvoklanishga buyurgan bo‘lar edim», dedilar» (Sahihi Buxoriy, 887 va Sahihi Muslim, 252). Boshqa rivoyatda «har bir tahorat oldidan» deyilgan, bu avval o‘tgan.
Miqdom ibn Shurayh otasidan rivoyat qiladi: «Oishadan: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam uyga kirganlarida nimadan boshlar edilar?» deb so‘radim. «Misvokdan», dedi» (Sahihi Muslim, 253).
Huzayfa roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam kechasi turganlarida og‘izlarini (tishlarini) misvok bilan ishqalab yuvar edilar» (Sahihi Buxoriy, 245).
«Ey Odam bolalari, har bir sajda chog‘ida ziynatlaningiz (ya’ni, toza libosda bo‘lingiz)» (A’rof: 31), degan. Shuningdek, masjidda farishtalarning hozir bo‘lishi va namozxonlarning jamlanishi ham buni taqozo etadi.
Ro’zadorning misvok ishlatishi:
Ahli ilmlar kunning avvalida ro’zadorning misvok ishlatishida hech qanday zarari yo’qligiga ittifoq qilishgan. Ro’zadorning zavoldan keyin misvok ishlatishi haqida esa ixtilof qilishgan, ba’zilari buni makruh sanagan. To‘g‘riroq fikr esa, misvokning sunnatligini ko‘rsatadigan dalillarning umumiyligi sababli, misvok ro‘zador uchun ham boshqalar kabi sunnatdir. Chunki Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam bir vaqtni boshqa vaqtdan istisno qilmaganlar. Umumiy buyruqni xoslashtiradigan dalil kelmasa, umumiyligida qolishi kerak. Ammo Ular dalil qilib keltirgan:
Ali roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam dedilar: «Agar ro‘za tutsangiz, tongda (kun boshida) misvok qilingiz, ammo kechga yaqin (kun oxirida) misvok qilmangiz» («Daroqutniy», 2372; Hadis hukmi: «zaif». Manba: «Irvoʻul gʻalil», 67). Ibn Hajar: «Sanadi zaif», degan («At-Talxis al-habir», 1/62). Bu hadis Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamdan sobit boʻlmagan.
Abu Hurayra roziyallohu anhu aytadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam dedilar: «Muhammadning joni qo‘lida bo‘lgan Zotga qasamki, albatta, ro‘zadorning og‘zidan kelgan hid Allohning nazdida mushkning bo‘yidan yaxshiroqdir» (Sahihi Buxoriy, 1904). Ushbu hadisdagi «ro‘zadorning og‘zidan kelgan hid» dalil qilishga kelsak, bu hidni misvok ketkazmaydi, chunki bu hidning sababi oshqozonning bo‘shligidir. Keyin, bu kunning boshida ham sodir bo‘lishi mumkin, agar ro‘zador saharlik qilmagan bo‘lsa. Barcha ulamolar kunning boshida misvokning joizligida ittifoq qilganlar. Shunday qilib, misvok hatto ro’zador uchun ham kunning avvali va oxiri o’rtasida bir xil mustahabdir.
Nima bilan misvok qilinadi?
Ahli ilmlar eng yaxshi misvok arok daraxtining tayoqchasi ekanligida ittifoq qilganlar. Chunki unda yaxshi hidlar va tolalar borki, ular tishlar orasidagi taom qoldiqlarini chiqaradi va tozalaydi.
Abdulloh ibn Mas’ud roziyallohu anhuning hadisiga ko‘ra, u: «Men Rasululloh sollallohu alayhi vasallam uchun arokdan misvok terib olar edim», degan. («Musnadi Ahmad», 3991; Hadis hukmi: «hasan». Manba: «Irvoul gʻalil», 1/104).
Shuning uchun fuqaholar arok daraxti tayoqchasi topilmasa, xurmo daraxtining shoxi, keyin zaytun daraxti tayoqchasi bilan misvok qilishni mustahab deganlar. Bu haqda hadislar kelgan, ammo ular Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamdan sahih shaklda sobit boʻlmagan.
To‘g‘ri fikr shuki, har qanday tozalovchi va zararsiz novda, misvok topilmaganda, tozalash va tishlarga yopishgan kirlarni ketkazishda misvokning oʻrnini bosadi. Shuningdek, ma’lum tish cho‘tkasi ham, uni ishlatish ham foydalidir.
Nima bilan misvok qilinmaydi?
Ahli ilmlar aytishicha, zaharli novdalar yoki nopok narsalar bilan misvok qilish haromdir. Shuningdek, qon chiqaradigan yoki zarar yo kasallik keltiradigan har qanday novda bilan misvok qilish makruhdir.
Misvokning sifatlari
Fuqaholar o‘rtacha qalinlik va uzunlikdagi novda bilan misvok qilishni mustahab deydilar. Uni jimjiloq qalinligida bo‘lishi, tugunlardan xoli bo‘lishi, egiladigan darajada nam bo’lmasligi kerak, chunki agar shunday bo’lsa, kirni ketkazmaydi. Shuningdek, og‘izni jarohatlaydigan yoki ogʻizda maydalanib ketadigan darajada quruq bo‘lmasligi lozim. Shubhasiz, bularni talab qilish komillik bobidandir, aksiy taqdirda misvok haqida vorid bo’lgan dalillar bir misvokni boshqasidan ustun qilmagan, balki Alloh va Rasulining misvokka buyurishi hamda unga targ’ib qilishidagi maqsadni amalga oshiradigan har qanday novda bilan misvok qilish joizdir.
Misvok qilish uslubi
Fuqaholar misvok o‘ng qo‘l bilan qilinadimi yoki chap qo‘l bilanmi, degan masalada ixtilof qilganlar:
Bir guruh, ular jumhurdir, misvokni o‘ng qo‘lda bajarish afzal, deydilar. Buning dalili quyidagi muttafaqun alayh hadisning umumiyligi sabablidir:
Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam poyabzal kiyishda, soch-soqol tarashlashda, tahoratda – barcha-barcha ishlarida o‘ng tomondan boshlashni yoqtirar edilar» (Sahihi Buxoriy, 168 va Sahihi Muslim, 268). Shuningdek, misvok Alloh taologa toat va qurbat bo‘lgani uchun ham chap qo‘l bilan qilinmaydi.
Ulamolarning boshqa bir guruhi chap qo‘l bilan misvok qilish mustahab, deydilar, chunki bu kirni ketkazish bobidandir. Bu Imom Ahmad mazhabida mashhur fikr va Shayxulislom Ibn Taymiya rahimahulloh ham shu fikrni ixtiyor qilgan.
Ba’zi ulamolar bu masalani batafsil bayon qilganlar: «Agar misvok qiluvchi faqat sunnatni amalga oshirish maqsadida misvok qilsa, uni o‘ng qo‘li bilan bajaradi, ammo agar tishlardagi kirni ketkazishni qasd qilsa, chap qo‘li bilan bajaradi. Quvvatliroq fikr esa, bu masalada ish keng, chunki bu masalada maxsus dalil sobit bo‘lmagan, har bir fikrning o‘ziga yarasha quvvati bor.
Fuqaholar kishi tishlarini misvok qilishda o‘ng tomondan, eniga boshlashini mustahab sanaganlar. Chunki uzunasiga misvok qilish milklarni jarohatlashi mumkin. Ular misvok odoblaridan deb, quyidagilarni zikr qilganlar:
Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi: «Allohning Nabiysi sollallohu alayhi vasallam misvok ishlatar, so‘ngra yuvib berishim uchun uni menga berardilar. Men esa avval uni ishlatib, so‘ngra yuvib, o‘zlariga qaytarib berar edim» (Abu Dovud, 52; Hadis hukmi: «hasan». Manba: «Sahihul Abu Dovud», 52).
Barmoq bilan misvok qilish:
Boshqa narsa topilmaganda barmoq bilan misvok qilish yetarli bo‘lishi masalasida ulamolar ixtilof qilganlar. Rojih fikr shuki, u bilan sunnat hosil bo’lmaydi, chunki shariatda bu haqda dalil kelmagan. Shuningdek, barmoq bilan novda va shunga o‘xshash narsalardagi kabi og‘izning tozalanishi hosil bo‘lmaydi.
Zamonaviy tish tozalash vositalari, masalan, cho‘tka va shunga o‘xshash kirni ketkazadigan va og‘iz hidini yaxshilaydigan vositalar ham novda va shunga o‘xshash narsalar sarasiga kiradi.
Yalpiz va limon hidli misvoklarni ishlatishda, agar zararli bo‘lmasa, hech qanday monelik yo‘q. Lekin ro‘zador hidli narsalarni ishlatishdan tiyilib, ro‘zadorlik asnosida tabiiy misvok bilan cheklanishi lozim.
Alloh bilguvchiroqdir.
Quyidagi manbalarga murojaat qiling:
Lison al-Arab («سوك» moddasi), Al-Majmu’ li-n-Navaviy (1/269), Nihoyat al-muhtaj li-r-Ramliy (1/162), Hoshiyat Ibn Obidin (1/78), Nayl al-avtor li-sh-Shavkoniy (1/24), Mug‘niy li-Ibn Qudoma (1/78), Al-Futuhot ar-Rabboniya ’ala azkor an-Navaviya li-Ibn Allon (3/256), Ash-Sharh al-mumti’ li-sh-Shayx Ibn Usaymin (1/137).
Bu javob foydali bo’ldimi?