O'qildi: 598
28.01.2026
/ 9 Shaban 1447
Fatvo mavzusi: Roʻzani buzadigan narsalar
Savol
Ramazon oyida ro‘zador holimda masturbatsiya qildim. Keyin Islomiy savollar javoblar bo‘limida «masturbatsiya ro‘zani buzishi, lekin kafforat (qul ozod qilish yoki oltmish miskinni taomlantirish) talab qilinmasligi» haqida oʻqidim. Bu to‘g‘rimi?
Ikkinchi savolim, men o‘sha paytda ro‘zam buzildi deb o‘ylab taom yegan edim. O‘sha kuni ro‘zamni ochganim uchun kafforat talab qilinadimi yoki yo‘qmi?
Javobingiz uchun Alloh sizga yaxshilik ato etsin.
Javob
Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.
Shubhasiz, Shayxulislom Ibn Taymiya rahimahulloh aytganidek aksariyat ulamolarning nazdida masturbatsiya haromdir. Agar bu amal Ramazon oyida qilinsa, bu yanada og‘irroq gunoh hisoblanadi. Agar masturbatsiya natijasida maniy tushishi sodir bo‘lsa, Ramazon hurmatini buzish yanada og‘irroq gunoh hisoblanadi. Demak, kim maniy tushishiga sabab bo‘lsa, uning ro‘zasi buzilgan bo‘ladi va maniy tushgan kunining qolgan qismida ro‘zani davom ettirishi lozim. Muborak oyning hurmati tufayli ro‘zani ochish joiz emas. Siz qasddan maniy tushirib ro‘zangizni buzganingiz uchun tavba qilishingiz kerak. Shuningdek, kunning qolgan qismida ro‘zani davom ettirmaganingiz va boshqa buzuvchi omil, ya’ni taom iste’mol qilib ro‘zaning hurmatini buzganingiz uchun ham tavba qilishingiz lozim. Siz buzgan kuningiz o‘rniga bir kun qazo ro‘zasini tutishingiz kerak. Yaxshi amallarni ko‘paytiring va nafl ro‘zalarini tuting, chunki yaxshiliklar yomonliklarni ketkazadi. Alloh Kechiruvchi va Rahmlidir.
Alloh bilguvchiroqdir.
Bu javob foydali bo’ldimi?