O'qildi: 157
27.01.2026
/ 8 Shaban 1447
Fatvo mavzusi: Roʻzani buzadigan narsalar
Savol
Muborak Ramazon oyi kunlarida kunduzi bo‘lmagan vaqtlarda jinsiy aloqa qilish mumkinmi?
O’xshash fatvolarJavob
Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.
Ramazon oyida ayol bilan jinsiy aloqa qilish shomdan boshlab to bomdodgacha joizdir. Alloh taolo aytadi:
«Sizlarga ro‘za kechasida xotinlaringizga qo‘shilish halol qilindi. Ular sizlarning libosingiz, sizlar ular uchun libossiz (ya’ni, er-xotin bir-biriga kishi libosga muhtoj bo‘lgani kabi muhtojdirlar). Alloh sizlar o‘zlaringga xiyonat qilayotganlaringni bilib, tavbalaringizni qabul qildi va sizlarni afv etdi. Endi ular bilan (ro‘za kechalarida ham bemalol) qovushingiz va Alloh sizlar uchun yozgan narsani (farzandni) talab qilingiz! Va to tongdan oq ip qora ipdan ajraladigan paytgacha yeb-ichaveringlar. So‘ngra kechgacha ro‘zani benuqson qilib tutinglar! Masjidlarda e’tikofda bo‘lgan chog‘ingizda (kechalari ham) ular (xotinlaringiz) bilan qo‘shilmang! Bular (yuqorida mazkur bo‘lgan hukmlar) Allohning chegaralaridir. Bas, ularga yaqinlashmangiz! Odamlar harom ishlardan saqlanishlari uchun Alloh o‘z oyatlarini mana shunday ochiq-ravshan bayon qiladi» (Baqara:187).
Alloh bilguvchiroqdir.
Bu javob foydali bo’ldimi?