Mavzular

Yangi fatvolar

Maqolalar

Kitoblar


Saqlanganlar

Murakkab qidiruv


Loyiha haqida

Fikr bildiring

Bosh sahifa » Fiqh asoslari » Fiqh » Ibodatlar » Dafn marosimlari va qabristonlar » Marhumlar tiriklarni yalangʻoch holda koʻrishadimi?
Fatvo: 251

O'qildi: 512

16.06.2025

/ 20 Zulhijja 1446

Fatvo mavzusi:

Marhumlar tiriklarni yalangʻoch holda koʻrishadimi?

Savol

Ayollarning qabrlarni ziyorat qilishi joiz emasligi haqida eshitganmiz, sababi marhumlar tiriklarni yalangʻoch holda koʻradilar emish. Ammo men bunday ekaniga ishonmayman. Onam va singlim otamning qabrini ziyorat qilishni xohlashadi, hatto ziyorat qilishgan ham. Buning hukmi nima?

O’xshash fatvolar

Javob

Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.

Ayollarning qabristonlarni ziyorat qilishdan man qilinishining sababi Paygʻambar sollallohu alayhi vasallamning quyidagi hadislaridir: 

عَنِ ابْنِ عَبَّاسٍ، قَالَ: «لَعَنَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ زَائِرَاتِ الْقُبُورِ»

Ibn Abbos roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam qabrlarni ziyorat qiluvchi ayollarni laʼnatlaganlar» (Sunani Termiziy 294, hasan hadis).

Bu qaytariq marhumlar ziyoratchilarni yalangʻoch holda koʻrgani sababli emas. Buni sabab qilib koʻrsatish asossizdir. Oʻliklar olamining hukmlari tiriklar olamining hukmlaridan farq qiladi. Agar qabrlarni ziyorat qilishdan man qilinishning sababi marhumlarning ziyoratchilarni yalangʻoch koʻrishi boʻlganida, erkaklarning ham qabrlarni ziyorat qilishi harom boʻlar edi.

Siz onangiz va singlingizni marhum otangiz haqqiga duo qilishga undashingiz kerak, chunki marhumga uni ziyorat qilish emas, balki koʻproq duo qilish foyda beradi. Duoning foydasini oddiy ziyorat bilan taqqoslab boʻlmaydi. Ayollarga uqtiring, duo qiluvchi qabr oldida boʻlsin yoki undan uzoqda boʻlsin, qayerda boʻlishidan qatʼi nazar uning duosi marhumga yetib boraveradi.

Allohdan otangizni rahm qilishini va sizlarga goʻzal sabr ato etishini soʻrayman. Albatta biz Allohnikimiz va albatta biz U Zotga qaytuvchilarmiz.

Fatvo manbasi

Maqola borasida fikringiz?

Izoh sababi
Ushbu qator to'ldirilishi shart.

Bu javob foydali bo’ldimi?

4

O’xshash fatvolar

  • O‘lgan kishidan qanday kechirim so‘rash mumkin?

    Buvim to‘rt yil oldin vafot etdi (Alloh jannati bilan mukofatlasin). Men u kishining tarbiyasida o‘sganman va u bilan bog‘liq ajoyib xotiralarim bor. Menga namoz o‘rgatgan, dono so‘zlar va buyuk narsalarni aytgan edilar. Men u kishini juda yaxshi ko‘raman. Ahmoqligim tufayli unga nisbatan bir nojo‘ya ish qilib qo‘yganman va keyin qattiq pushaymon bo‘ldim. Ehtimol, qandaydir tarzda u kishiga ozor yetkazganman, lekin bu haqda hech narsa aytmaganlar. Afv so‘rash imkoniyatim bo‘lmadi. Qilgan gunohimdan tavba qildim va doimo Allohdan mag‘firat so‘rayman. Hozir buvimdan afv so‘rashning biror yo‘li bormi? Bu haqda ko‘p o‘yladim, lekin munosib yo‘l topolmadim. Bu masalada yordam bersangiz, juda minnatdor bo‘laman. Allohdan barcha tirik va marhumlarga mag‘firat so‘rayman, rahmat sizga.
  • Ta’ziyaning shar’iy mezoni

    Musulmon qo‘shnimizning onasi vafot etdi. Biz uni ta’ziya bildirish uchun ziyorat qilmoqchimiz. Buning uchun islomda qanday odatlar mavjud?
  • Dengizda yo‘qolgan kishining janozasi

    Dengizda yo‘qolib qolgan va qozi uni vafot etgan, deb hukm chiqargan kishiga janoza namozi o‘qiladimi?
  • Marhumni eslab mahzun bo‘lish unga qabrida zarar yetkazadimi?

    Aytilishicha, tirik odam marhumni eslasa, masalan, farzand vafot etgan otasini har doim, har yerda va har vaqtda xotirlab, xafa bo‘lib, yig‘lab, hissiyotga berilsa – bu marhumga ta’sir qilib, unga zarar yetkazar va unga azob berar ekan. Shu sababli, marhumni g‘am-anduh, ko‘z yoshi va ruhiy iztirob bilan eslamasdan, balki faqat duo qilish, gunohlarini kechirishni so‘rash va Allohdan rahmat tilash bilan cheklanish tavsiya etiladi. Bu fikrda nima to‘g‘ri-yu, nima noto‘g‘ri? Alloh sizga yaxshilik ato etsin. Marhumlar haqida nima qilish kerak? Alloh sizni yaxshilik bilan mukofotlasin.
  • Marhumga bagʻishlanadigan «6 amal» | Mayyitga o‘limidan keyin nima foyda beradi? U tiriklarning gaplarini eshitadimi?

    Otam ikki hafta avval vafot etdi. Shuni bilmoqchimanki, men va oila a’zolarim uning qabrini ziyorat qilganimizda, u bizni va unga aytayotgan gaplarimizni eshita oladimi? Agar eshita olmasa, gaplarimizni unga eshittirishning biror yo‘li bormi? Iltimos, savolimga tezroq javob bering, chunki buni bilishim zarur. Javob menga boshdan kechirayotgan qayg‘umda yordam beradi deb o‘ylayman.