O'qildi: 26
Iyun 16, 2025
/ 21 Zulhijja 1446
Fatvo mavzusi: Dafn marosimlari va qabristonlar
Savol
Ayollarning qabrlarni ziyorat qilishi joiz emasligi haqida eshitganmiz, sababi marhumlar tiriklarni yalangʻoch holda koʻradilar emish. Ammo men bunday ekaniga ishonmayman. Onam va singlim otamning qabrini ziyorat qilishni xohlashadi, hatto ziyorat qilishgan ham. Buning hukmi nima?
O’xshash fatvolarJavob
Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.
Ayollarning qabristonlarni ziyorat qilishdan man qilinishining sababi Paygʻambar sollallohu alayhi vasallamning quyidagi hadislaridir:
Ibn Abbos roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam qabrlarni ziyorat qiluvchi ayollarni laʼnatlaganlar» (Sunani Termiziy 294, hasan hadis).
Bu qaytariq marhumlar ziyoratchilarni yalangʻoch holda koʻrgani sababli emas. Buni sabab qilib koʻrsatish asossizdir. Oʻliklar olamining hukmlari tiriklar olamining hukmlaridan farq qiladi. Agar qabrlarni ziyorat qilishdan man qilinishning sababi marhumlarning ziyoratchilarni yalangʻoch koʻrishi boʻlganida, erkaklarning ham qabrlarni ziyorat qilishi harom boʻlar edi.
Siz onangiz va singlingizni marhum otangiz haqqiga duo qilishga undashingiz kerak, chunki marhumga uni ziyorat qilish emas, balki koʻproq duo qilish foyda beradi. Duoning foydasini oddiy ziyorat bilan taqqoslab boʻlmaydi. Ayollarga uqtiring, duo qiluvchi qabr oldida boʻlsin yoki undan uzoqda boʻlsin, qayerda boʻlishidan qatʼi nazar uning duosi marhumga yetib boraveradi.
Allohdan otangizni rahm qilishini va sizlarga goʻzal sabr ato etishini soʻrayman. Albatta biz Allohnikimiz va albatta biz U Zotga qaytuvchilarmiz.
Bu javob foydali bo’ldimi?