O'qildi: 122
14.01.2026
/ 25 Rajab 1447
Fatvo mavzusi: Tavba
Javob
Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.
Tavba: o‘tmish, hozirgi va kelajak vaqtga aloqador bo‘lgan amalni o‘z ichiga oladi. O‘tmishdagi gunohga afsuslanish, hozirda gunohni tark etish va kelajakda unga qaytmaslikka qat’iy azm qilish.
Istig‘for: mag‘firat (kechirim) so‘rashdir. Uning asli: bandaning (gunohini) yashirish, shunda u sharmanda bo‘lmaydi va uni gunohning yomonligidan saqlash, shunda u uchun jazolanmaydi. Allohning bandasini mag‘firat qilishi ikki narsani o‘z ichiga oladi: uni yashirish va sharmanda qilmaslik, gunohining ta’siridan saqlab, uning uchun jazolamaslik.
Shundan bilinadiki, istig‘for va tavba o‘rtasida farq bor. Banda istig‘for aytishi, ammo tavba qilmasligi mumkin, ko‘pchilik odamlarda shunday holat kuzatiladi. Lekin tavba istig‘forni o‘z ichiga oladi.
Alloh bilguvchiroqdir.
Bu javob foydali bo’ldimi?