Mavzular

Yangi fatvolar

Maqolalar

Kitoblar


Saqlanganlar

Murakkab qidiruv


Loyiha haqida

Fikr bildiring

Bosh sahifa » Fiqh asoslari » Fiqh » Muomalalar » Haromdan kelgan mol-mulk » Haromligini bilishdan oldin kasb qilingan ribo molidan qutulish kerakmi?
Fatvo: 2492

O'qildi: 207

13.01.2026

/ 24 Rajab 1447

Fatvo mavzusi: »

Haromligini bilishdan oldin kasb qilingan ribo molidan qutulish kerakmi?

Savol

Bir kishi bankka qo‘ygan mablag‘lari uchun foiz olishga odatlangan edi. Keyinchalik bu ishning harom ekanligini bildi va foiz olishni to‘xtatdi. Shundan so‘ng u tavbasining shartlarini to‘liq ado etish uchun bu pulni xayriya qilishi kerakligini his qildi, ammo u ikki muammoga duch keldi:
Birinchidan, u oldin bankdan olgan foizning to‘g‘ri miqdorini hisoblay olmaydi.
Ikkinchidan, bu shaxsning hozirgi paytda mavjud jamg‘armasi avvalgi yillarda bankdan olgan foiz miqdoridan kamroq.
Yuqoridagilarga asoslanib, quyidagilarga javob berishingizni so‘raymiz:
1. Bu shaxs tavbasining shartlaridan bankdan olgan barcha foiz miqdorlariga teng bo‘lgan to‘g‘ri summani xayriya qilish kerakmi?
2. Agar yuqoridagi savolga javobingiz ijobiy bo‘lsa, o‘zi va oila a’zolarining asosiy ehtiyojlarini ta’minlagandan so‘ng unda mavjud bo‘lishi mumkin bo‘lgan har qanday mablag‘larni darhol xayriya qilishi kerakmi? Masalan, bu shaxs zaruriy ehtiyojlardan hisoblanmaydigan, ammo ahamiyatdan xoli bo‘lmagan narsalarni sotib olishi joizmi? Misol uchun, uy-joy, taom, kiyim-kechak, dori va transport vositalaridan tashqari kompyuter ham sotib olishi joizmi?
3. Agar ikkinchi savolga ham javobingiz ijobiy bo‘lsa, ushbu shaxs bank foiziga teng miqdordagi mablag‘ni xayriya qilishdan oldin o‘z ixtiyoriga kelib qolishi mumkin bo‘lgan har qanday mablag‘ bilan haj ibodatini ado etishi joizmi?

O’xshash fatvolar

Javob

Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.

Alloh taolo aytadi:

﴿الَّذِينَ يَأْكُلُونَ الرِّبَا لَا يَقُومُونَ إِلَّا كَمَا يَقُومُ الَّذِي يَتَخَبَّطُهُ الشَّيْطَانُ مِنَ الْمَسِّ ۚ ذَٰلِكَ بِأَنَّهُمْ قَالُوا إِنَّمَا الْبَيْعُ مِثْلُ الرِّبَا ۗ وَأَحَلَّ اللَّهُ الْبَيْعَ وَحَرَّمَ الرِّبَا ۚ فَمَنْ جَاءَهُ مَوْعِظَةٌ مِنْ رَبِّهِ فَانْتَهَىٰ فَلَهُ مَا سَلَفَ وَأَمْرُهُ إِلَى اللَّهِ ۖ وَمَنْ عَادَ فَأُولَٰئِكَ أَصْحَابُ النَّارِ ۖ هُمْ فِيهَا خَالِدُونَ۝٢٧٥﴾

«Sudxo‘r bo‘lgan kimsalar (Qiyomat Kunida qabrlaridan) turmaydilar, magar jin chalgan majnun kabi turadilar. Bunga sabab ularning: «Bay’ (oldi-sotdi) ham sudxo‘rlikning o‘zi-ku?», deganlaridir. Holbuki, Alloh bay’ni halol, sudxo‘rlikni harom qilgan. Bas, kimga Parvardigoridan mav’iza — nasihat yetgach (sudxo‘rlikdan) to‘xtasa, u holda avval o‘tgani o‘ziga va uning ishi Allohga (topshiriladi). (Ya’ni, Alloh xohlasa afv qilar). Va kim (sudxo‘rlikka) qaytsa, o‘shalar jahannam egalaridir va unda abadiy qolajaklar» (Baqara: 275).

Ibn Kasir rahimahulloh Alloh taoloning:

﴿فَمَنْ جَاءَهُ مَوْعِظَةٌ مِنْ رَبِّهِ فَانْتَهَىٰ فَلَهُ مَا سَلَفَ وَأَمْرُهُ إِلَى اللَّهِ﴾

«Bas, kimga Parvardigoridan mav’iza — nasihat yetgach (sudxo‘rlikdan) to‘xtasa, u holda avval o‘tgani o‘ziga va uning ishi Allohga (topshiriladi). (Ya’ni, Alloh xohlasa afv qilar)» (Baqara: 275) degan so‘zi haqida shunday deydi: «Ya’ni kimga Allohning sudxo‘rlik haqidagi qaytarig‘i yetib kelsa va u shariat kelishi bilan to‘xtasa, unga o‘tgan muomalalar qoladi, chunki Alloh:

﴿عَفَا اللَّهُ عَمَّا سَلَفَ﴾

«Ilgari o‘tgan narsalarni Alloh afv etdi» (Moida: 95) degan. Shuningdek, Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam:

أَلَا كُلُّ شَيْءٍ مِنْ أَمْرِ الْجَاهِلِيَّةِ تَحْتَ قَدَمَيَّ مَوْضُوعٌ، وَرِبَا الْجَاهِلِيَّةِ مَوْضُوعٌ

«Bilib qo‘yinglar, johiliyat paytidagi barcha ishlar oyog‘im ostiga tashlandi (ya’ni bekor qilindi). Johiliyat ribosi ham bekordir», deganlar (Sahihi Muslim, 1218). (Demak, u zot sudxo‘rlarning odamlar zimmasidagi «ro’si moli» – asosiy mablagi‘dan ortiqcha miqdorini, ya’ni foizini bekor qilganda), ularga johiliyat davrida olingan qo‘shimcha miqdorlarni qaytarishni buyurmadi. Alloh taoloning: «Ilgari o‘tgan narsalarni Alloh afv etdi» oyati U Zotning quyidagi oyati kabidir:

﴿فَلَهُ مَا سَلَفَ وَأَمْرُهُ إِلَى اللَّهِ﴾

«u holda avval o‘tgani o‘ziga va uning ishi Allohga (topshiriladi)» (Baqara: 275).

Said ibn Jubayr va as-Suddiy:

﴿فَلَهُ مَا سَلَفَ﴾

Oyatini «harom qilinishidan oldin sudxo‘rlikdan yegan narsalar», deb tafsir qilishgan. Ibn Kasir tafsiri (Qavs ichidagi qo‘shimchalar izoh uchun).

Shunga ko‘ra, bu ishning harom ekanini bilmagan paytda olgan sudxo‘rlik mablag‘ini qaytarishga majbur emassiz. Ammo haromligini bilganingizdan keyin olgan sudxo‘rlik mablag‘ini, agar sizda qolgan bo‘lsa, qaytarishingiz vojibdir. Agar u mablag‘laringiz bilan aralashib ketgan bo‘lsa va aniq miqdorini bilmasangiz, unda taxminan hisoblang va keyin chiqarib yuboring (qo‘shimcha ma’lumot uchun 824-savolga qarang).

Allohdan barchamizning tavbalarimizni qabul qilishini so‘raymiz va Alloh payg‘ambarimiz Muhammadga salavot va salom yo‘llasin.

Alloh bilguvchiroqdir.

Fatvo manbasi

Maqola borasida fikringiz?

Izoh sababi
Ushbu qator to'ldirilishi shart.

Bu javob foydali bo’ldimi?

0

O’xshash fatvolar

  • Bir valyutadan boshqa valyutaga pul o‘tkazish

    Bir valyutada pul yuborib, uni qabul qiluvchi boshqa valyutada olishining hukmi nima? Masalan, maoshimni Saudiya riyolida olaman va uni Sudan riyoliga oʻtkazaman, Saudiya riyoli uch Sudan riyoliga teng. Bu ribomi (sudxo‘rlikmi)? (Ya’ni, bu yerda gap bank orqali yoki boshqa tizimlar yordamida pul oʻtkazish haqida ketyapti: Masalan, shaxsning hisobidan Saudiya riyoli yoki Oʻzbek soʻmi yo dollarni boshqa davlatga yuborganda oʻsha yerning pul birligiga aylanib hisobga tushadi. Shar’iy qoidalarga koʻra ikki jinsdagi pulni almashtirganda qoʻlma-qoʻllik topilishi kerak, savol beruvchi bu holatda qoʻlma-qoʻl boʻlmagani uchun ribo boʻlib qoladimi, degan xavotirda savol yoʻllagan – tarj.).
  • Harom pullardan qutulish yo‘li

    Bankdan tushgan foizlarni muhtoj kishiga berib yuborishimiz to‘g‘ri bo‘ladimi?
  • Obligatsiyalar (qimmatli qogʻozlar) savdosi joizmi?

    Belgilangan daromad keltiradigan obligatsiyalar bilan savdo-sotiq qilishning shar’iy hukmi nima?
  • Bank orqali uy sotib olish joizmi?

    Britaniya bankidan uy sotib olish uchun foizli qarz olish joizmi?
  • Ribo evaziga qurilgan masjidda namoz o‘qish joizmi?

    Biz yashaydigan hududda Islom markazi qurildi. Bu yerdagi musulmonlar katta foizli qarz olib, mulkni sotib olishgan. Masjid qurilishida ham foizli qarz ishlatilgan. Musulmon talabani ushbu masjidda namoz o‘qishi yoki tadbirlarda ishtirok etishi harommi? Yoki uning o‘rniga boshqa masjidlarga borishi kerakmi?
  • Xotin va bolalar otasining harom molidan iste’mol qilishi

    Ko‘plab musulmon oilalarida erkaklar spirtli ichimliklar, cho‘chqa go‘shti va boshqa harom narsalarni sotish bilan shug‘ullanadilar. Ularning xotinlari va bolalari bundan norozi bo‘lsalar-da, uning moli evaziga kun ko‘rishadi. Ular buning uchun gunohkor bo‘lishadimi?