Mavzular

Yangi fatvolar

Maqolalar

Kitoblar


Saqlanganlar

Murakkab qidiruv


Loyiha haqida

Fikr bildiring

Bosh sahifa » Fiqh asoslari » Fiqh » Ibodatlar » Dafn marosimlari va qabristonlar » O‘lgan kishidan qanday kechirim so‘rash mumkin?
Fatvo: 2470

O'qildi: 161

09.01.2026

/ 20 Rajab 1447

Fatvo mavzusi:

O‘lgan kishidan qanday kechirim so‘rash mumkin?

Savol

Buvim to‘rt yil oldin vafot etdi (Alloh jannati bilan mukofatlasin). Men u kishining tarbiyasida o‘sganman va u bilan bog‘liq ajoyib xotiralarim bor. Menga namoz o‘rgatgan, dono so‘zlar va buyuk narsalarni aytgan edilar. Men u kishini juda yaxshi ko‘raman. Ahmoqligim tufayli unga nisbatan bir nojo‘ya ish qilib qo‘yganman va keyin qattiq pushaymon bo‘ldim. Ehtimol, qandaydir tarzda u kishiga ozor yetkazganman, lekin bu haqda hech narsa aytmaganlar. Afv so‘rash imkoniyatim bo‘lmadi. Qilgan gunohimdan tavba qildim va doimo Allohdan mag‘firat so‘rayman. Hozir buvimdan afv so‘rashning biror yo‘li bormi? Bu haqda ko‘p o‘yladim, lekin munosib yo‘l topolmadim. Bu masalada yordam bersangiz, juda minnatdor bo‘laman. Allohdan barcha tirik va marhumlarga mag‘firat so‘rayman, rahmat sizga.

O’xshash fatvolar

Javob

Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.

Buvingiz vafot etib, Robbi huzuriga qaytib ketgan ekan, u sizni kechirgan-kechirmaganini bilmaysiz. Vafotidan keyin u kishidan kechirim so‘rashning iloji yo‘q. Bu Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning quyidagi hadislarining ahamiyatini ta’kidlaydi:

عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ ﵁ قَالَ: قَالَ رَسُولُ اللهِ ﷺ: «مَنْ كَانَتْ لَهُ مَظْلِمَةٌ لِأَحَدٍ مِنْ عِرْضِهِ أَوْ شَيْءٍ فَلْيَتَحَلَّلْهُ مِنْهُ الْيَوْمَ، قَبْلَ أَلَّا يَكُونَ دِينَارٌ وَلَا دِرْهَمٌ، إِنْ كَانَ لَهُ عَمَلٌ صَالِحٌ أُخِذَ مِنْهُ بِقَدْرِ مَظْلَِمَتِهِ، وَإِنْ لَمْ تَكُنْ لَهُ حَسَنَاتٌ أُخِذَ مِنْ سَيِّئَاتِ صَاحِبِهِ فَحُمِلَ عَلَيْهِ»

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam shunday dedilar: «Kim birovning sha’niga yoki biror narsasiga zulm qilgan bo‘lsa, uni bugun – dinor ham, dirham ham bo‘lmay qolishidan oldin – rozi qilib olsin. (Aksiy taqdirda qiyomat kuni) agar solih amali bo‘lsa, undan qilgan zulmi miqdorida olinadi; yaxshiliklari bo‘lmasa, haq egasining yomonliklaridan olinib, bunga yuklatiladi» (Sahihi Buxoriy, 2449).

Ibn Hajar rahimahulloh bu hadisni sharhlab aytadi:

«Kimning zimmasida birodariga nisbatan zulm bo‘lsa» ya’ni kimning birodari oldida zulmi bo‘lsa.

«Obro‘siga yoki boshqa narsaga» ya’ni har qanday narsaga… Bunga barcha turdagi mol-mulk, jarohatlar, hatto shapaloq va shunga o‘xshashlar kiradi. Termiziy rivoyatida «obro‘ yoki mol-mulk» deyilgan.

«Dinor va dirham bo‘lmaydigan (kundan oldin)» ya’ni qiyomat kunidan oldin.

«Mazlumning yomonliklaridan olinib», «unga» ya’ni zolimga «yuklanadi»…

Bu hadisning ma’nosi Muslim boshqa yo‘l bilan rivoyat qilgan hadisda aniqroq kelgan:

عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ أَنَّ رَسُولَ اللهِ ﷺ قَالَ: «أَتَدْرُونَ مَا الْمُفْلِسُ؟ قَالُوا: الْمُفْلِسُ فِينَا مَنْ لَا دِرْهَمَ لَهُ، وَلَا مَتَاعَ فَقَالَ: إِنَّ الْمُفْلِسَ مِنْ أُمَّتِي يَأْتِي يَوْمَ الْقِيَامَةِ بِصَلَاةٍ وَصِيَامٍ وَزَكَاةٍ، وَيَأْتِي قَدْ شَتَمَ هَذَا، وَقَذَفَ هَذَا، وَأَكَلَ مَالَ هَذَا، وَسَفَكَ دَمَ هَذَا، وَضَرَبَ هَذَا فَيُعْطَى هَذَا مِنْ حَسَنَاتِهِ، وَهَذَا مِنْ حَسَنَاتِهِ، فَإِنْ فَنِيَتْ حَسَنَاتُهُ قَبْلَ أَنْ يُقْضَى مَا عَلَيْهِ أُخِذَ مِنْ خَطَايَاهُمْ فَطُرِحَتْ عَلَيْهِ، ثُمَّ طُرِحَ فِي النَّارِ».

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Muflis (bankrot) kimligini bilasizlarmi?» dedilar. «Bizningcha, muflis (bankrot boʻlgan kishi)  – biron dirhami ham, hech bir matosi ham yo‘q odam», deyishdi. U zot shunday dedilar: «Ummatimdagi haqiqiy muflis shuki, u Qiyomat kuni namoz, ro‘za va zakot bilan keladi, lekin kimnidir so‘kkan, kimnidir zinoda ayblagan, kimningdir molini yegan, kimningdir qonini to‘kkan, kimnidir urgan bo‘ladi. Shuning uchun uning yaxshiliklaridan o‘shalarga olib beriladi. Agar zimmasidagilarni ado qilishdan avval yaxshiliklari tugab qolsa, ularning gunohlaridan olinib, bunga ortiladi. So‘ngra u do‘zaxga otiladi» (Sahihi Muslim, 2581).

Buxoriyda yana bir rivoyat bor.

عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ أَنَّ رَسُولَ اللهِ ﷺ قَالَ: «مَنْ كَانَتْ عِنْدَهُ مَظْلِمَةٌ لِأَخِيهِ فَلْيَتَحَلَّلْهُ مِنْهَا، فَإِنَّهُ لَيْسَ ثَمَّ دِينَارٌ وَلَا دِرْهَمٌ، مِنْ قَبْلِ أَنْ يُؤْخَذَ لِأَخِيهِ مِنْ حَسَنَاتِهِ، فَإِنْ لَمْ يَكُنْ لَهُ حَسَنَاتٌ أُخِذَ مِنْ سَيِّئَاتِ أَخِيهِ فَطُرِحَتْ عَلَيْهِ».

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam shunday dedilar: «Kim birodariga nohaqlik qilgan bo‘lsa, yaxshiliklaridan birodariga olib berilmay turib, agar yaxshiligi bo‘lmasa, birodarining yomonligidan olib, uning ustiga tashlanmay turib, haqqini halollab olsin, chunki u yoqda dinor ham, dirham ham yo‘q» (Sahihi Buxoriy, 6534).

وَعِنْدَ أَبِي نُعَيْمٍ مِنْ حَدِيثِ ابْنِ مَسْعُودٍ يُؤْخَذُ بِيَدِ الْعَبْدِ، فَيُنْصَبُ عَلَى رُءُوسِ النَّاسِ وَيُنَادِي مُنَادٍ: هَذَا فُلَانُ ابْنُ فُلَانٍ، فَمَنْ كَانَ لَهُ حَقٌّ فَلْيَأْتِ؛ فَيَأْتُونَ فَيَقُولُ الرَّبُّ: آتِ هَؤُلَاءِ حُقُوقَهُمْ، فَيَقُولُ: يَا رَبِّ، فَنِيَتِ الدُّنْيَا فَمِنْ أَيْنَ أُوتِيهِمْ، فَيَقُولُ لِلْمَلَائِكَةِ: خُذُوا مِنْ أَعْمَالِهِ الصَّالِحَةِ فَأَعْطُوا كُلَّ إِنْسَانٍ بِقَدْرِ طَلِبَتِهِ، فَإِنْ كَانَ نَاجِيًا وَفَضَلَ مِنْ حَسَنَاتِهِ مِثْقَالُ حَبَّةٍ مِنْ خَرْدَلٍ ضَاعَفَهَا اللَّهُ حَتَّى يُدْخِلَهُ بِهَا الْجَنَّةَ.

Abu Nuaym Ibn Mas’ud hadisidan rivoyat qiladi: Banda qo‘lidan ushlanib, odamlar oldiga turg‘iziladi va jar soluvchi: «Bu falonchi falonchining o‘g‘li, kimning unda haqqi bo‘lsa kelsin» deb jar soladi. Ular kelishadi. Rab: «Bularga haqlarini ber» deydi. U: «Yo Rab, dunyo tugadi, ularga qayerdan beraman?» deydi. Shunda farishtalarga: «Uning solih amallaridan olib, har bir insonga talabiga yarasha beringlar» deydi. Agar najot topuvchi bo‘lsa va yaxshiliklaridan xardal urug‘idek miqdor ortsa, Alloh uni ko‘paytirib, u bilan jannatga kiritadi.

عَنْ عَبْدِ اللهِ بْنِ أُنَيْسٍ قَالَ: سَمِعْتُ رَسُولَ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ يَقُولُ: «لَا يَنْبَغِي لِأَحَدٍ مِنْ أَهْلِ الْجَنَّةِ أَنْ يَدْخُلَ الْجَنَّةَ، وَلِأَحَدٍ مِنْ أَهْلِ النَّارِ عِنْدَهُ حَقٌّ، حَتَّى أَقُصَّهُ مِنْهُ، حَتَّى اللَّطْمَةُ». قَالَ: قُلْنَا: كَيْفَ وَإِنَّا إِنَّمَا نَأْتِي اللهَ عَزَّ وَجَلَّ عُرَاةً غُرْلًا بُهْمًا؟ قَالَ: «بِالْحَسَنَاتِ وَالسَّيِّئَاتِ»

Abdulloh ibn Unays aytadi: Men Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning shunday deyayotganlarini eshitdim: «(Qiyomat kuni Alloh taolo) bir ovoz bilan nido qiladi, uni uzoqdagilar ham [yaqindagilar kabi eshitadilar]… Jannat ahllaridan birortasiga jannatga kirishi joiz bo‘lmaydi, modomiki, do‘zax ahllaridan birortasining unda haqqi bo‘lsa, to men undan o‘sha haqqini olib bermagunimcha, hatto bir tarsaki bo‘lsa ham». Roviy aytadi: «Biz: «Qanday qilib? Axir biz Alloh azza va jallaning huzuriga yalang‘och, xatna qilinmagan, hech narsasi yo‘q holda kelamiz-ku?», deb soʻradik. U zot: «Yaxshiliklar va yomonliklar bilan», deb javob berdilar (Bu hadisni Buxoriy muallaq holda, tamriz siyg‘asi bilan, qisqartirilgan shaklda 7481-hadisdan oldin keltirgan. Ahmad esa 16042-hadisda mavsul shaklda, uzunroq va biroz farqlar bilan rivoyat qilgan; Hadis hukmi: «sahih». Manba: «Taxriju kutubi sunna», 514).

Nima boʻlgan taqdirda ham, siz juda muhim qadam qo‘ydingiz, u ham bo‘lsa Alloh jalla va aloga tavba qilish. Agar Allohga tavbada sodiq bo‘lsangiz va buvingizga nisbatan mumkin bo‘lgan yaxshiliklarni qilsangiz, o‘z oʻrnida u ham oʻzining amal daftarida sizning unga qilgan istig‘foringizni ko‘rsa, ehtimol, agar dunyoda sizni kechirmagan bo‘lsa ham, o‘sha mavqifda (qiyomatda) sizni kechirar. Mayyitga yaxshilik qilish mavzusida batafsil ma’lumot olish uchun 763-raqamli savolga murojaat qiling. Allohga ko‘proq duo-iltijo aylang. Alloh barchamizni kechirsin.

Alloh bilguvchiroqdir.

Fatvo manbasi

Maqola borasida fikringiz?

Izoh sababi
Ushbu qator to'ldirilishi shart.

Bu javob foydali bo’ldimi?

0

O’xshash fatvolar

  • Ta’ziyaning shar’iy mezoni

    Musulmon qo‘shnimizning onasi vafot etdi. Biz uni ta’ziya bildirish uchun ziyorat qilmoqchimiz. Buning uchun islomda qanday odatlar mavjud?
  • Dengizda yo‘qolgan kishining janozasi

    Dengizda yo‘qolib qolgan va qozi uni vafot etgan, deb hukm chiqargan kishiga janoza namozi o‘qiladimi?
  • Marhumni eslab mahzun bo‘lish unga qabrida zarar yetkazadimi?

    Aytilishicha, tirik odam marhumni eslasa, masalan, farzand vafot etgan otasini har doim, har yerda va har vaqtda xotirlab, xafa bo‘lib, yig‘lab, hissiyotga berilsa – bu marhumga ta’sir qilib, unga zarar yetkazar va unga azob berar ekan. Shu sababli, marhumni g‘am-anduh, ko‘z yoshi va ruhiy iztirob bilan eslamasdan, balki faqat duo qilish, gunohlarini kechirishni so‘rash va Allohdan rahmat tilash bilan cheklanish tavsiya etiladi. Bu fikrda nima to‘g‘ri-yu, nima noto‘g‘ri? Alloh sizga yaxshilik ato etsin. Marhumlar haqida nima qilish kerak? Alloh sizni yaxshilik bilan mukofotlasin.
  • Marhumga bagʻishlanadigan «6 amal» | Mayyitga o‘limidan keyin nima foyda beradi? U tiriklarning gaplarini eshitadimi?

    Otam ikki hafta avval vafot etdi. Shuni bilmoqchimanki, men va oila a’zolarim uning qabrini ziyorat qilganimizda, u bizni va unga aytayotgan gaplarimizni eshita oladimi? Agar eshita olmasa, gaplarimizni unga eshittirishning biror yo‘li bormi? Iltimos, savolimga tezroq javob bering, chunki buni bilishim zarur. Javob menga boshdan kechirayotgan qayg‘umda yordam beradi deb o‘ylayman.
  • Marhumlar tiriklarni yalangʻoch holda koʻrishadimi?

    Ayollarning qabrlarni ziyorat qilishi joiz emasligi haqida eshitganmiz, sababi marhumlar tiriklarni yalangʻoch holda koʻradilar emish. Ammo men bunday ekaniga ishonmayman. Onam va singlim otamning qabrini ziyorat qilishni xohlashadi, hatto ziyorat qilishgan ham. Buning hukmi nima?