Mavzular

Yangi fatvolar

Maqolalar

Kitoblar


Saqlanganlar

Murakkab qidiruv


Loyiha haqida

Fikr bildiring

Bosh sahifa » Odob-axloq va maʼnaviyat » Odob » Ikki jins orasidagi munosabatlar » Nomahramlar bilan qo‘l berib salomlashish
Fatvo: 2459

O'qildi: 152

08.01.2026

/ 19 Rajab 1447

Fatvo mavzusi: »

Nomahramlar bilan qo‘l berib salomlashish

Savol

Erkak kishiga nomahram ayol bilan qo‘l berib salomlashish harommi?

O’xshash fatvolar

Javob

Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.

Erkak kishining nomahram ayol bilan qo‘l berib salomlashishi joiz emas, harom ishdir. Buning dalillaridan biri:

سَمِعْتُ مَعْقِلَ بْنَ يَسَارٍ يَقُولُ: قَالَ رَسُولُ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: «لَأَنْ يُطْعَنَ فِي رَأْسِ أَحَدِكُمْ بِمِخْيَطٍ مِنْ حَدِيدٍ خَيْرٌ لَهُ مِنْ أَنْ يَمَسَّ امْرَأَةً لَا تَحِلُّ لَهُ»

Ma’qil ibn Yasordan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: «Sizlardan biringizning boshiga temir bigiz sanchilishi, uning uchun o‘ziga halol bo‘lmagan ayolga teginishidan yaxshiroqdir», dedilar (Tabaroniy: Moʻjamul Kabir, 1087; Hadis hukmi: «sahih». Manba: «Sahihul jome’, 5045).

Shubhasiz, erkak kishining nomahram ayolga teginishi fitna, shahvatning qo‘zg‘alishi va haromga tushishning sabablaridandir. Hech kim «niyat sog‘lom, qalb toza» demasin. Chunki eng pokiza qalb va eng iffatli nafs sohibi bo‘lgan Rasululloh sollallohu alayhi va sallam hech qachon nomahram ayolga teginmaganlar. Hatto ayollar bay’atida ham erkaklardek kaftma-kaft bay’at qilmaganlar, balki so‘z bilan bay’at qilganlar. Buni Payg‘ambar sollallohu alayhi va sallamning jufti halollari Oisha roziyallohu anho rivoyat qilganlar:

أَنَّ عَائِشَةَ زَوْجَ النَّبِيِّ أَخْبَرَتْهُ: أَنَّ رَسُولَ اللهِ «كَانَ يَمْتَحِنُ مَنْ هَاجَرَ إِلَيْهِ مِنَ الْمُؤْمِنَاتِ بِهَذِهِ الْآيَةِ بِقَوْلِ اللهِ: ﴿يَا أَيُّهَا النَّبِيُّ إِذَا جَاءَكَ الْمُؤْمِنَاتُ يُبَايِعْنَكَ﴾ إِلَى قَوْلِهِ: ﴿غَفُورٌ رَحِيمٌ﴾ قَالَ عُرْوَةُ: قَالَتْ عَائِشَةُ: فَمَنْ أَقَرَّ بِهَذَا الشَّرْطِ مِنَ الْمُؤْمِنَاتِ، قَالَ لَهَا رَسُولُ اللهِ : قَدْ بَايَعْتُكِ، كَلَامًا، وَلَا وَاللهِ مَا مَسَّتْ يَدُهُ يَدَ امْرَأَةٍ قَطُّ فِي الْمُبَايَعَةِ، مَا يُبَايِعُهُنَّ إِلَّا بِقَوْلِهِ: قَدْ بَايَعْتُكِ عَلَى ذَلِكِ».

Nabiy sollallohu alayhi vasallamning jufti halollari Oisha roziyallohu anho xabar qiladi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam o‘zlari tomon hijrat qilib kelgan mo‘minalarni ushbu oyat bilan – Allohning «Ey Nabiy! Agar mo‘minalar senga Allohga hech narsani shirk keltirmaslik, o‘g‘rilik qilmaslik, zino qilmaslik, farzandlarini o‘ldirmaslik, qo‘l-oyoqlarining orasidan bo‘hton uydirmaslikka* va senga ma’rufda isyon qilmaslikka bay’at qilib kelsalar, ulardan bay’at olgin va Allohdan ularga mag‘firat so‘ragin. Alloh mag‘firatlidir, rahmlidir» (Mumtahana: 12) degan so‘zi ila imtihon qilar edilar. Mo‘minalardan kim ushbu shartga rozi bo‘lsa, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam unga «Bay’atingni qabul qildim», deb og‘zaki aytar edilar. Yo‘q! Allohga qasamki, u zotning qo‘llari bay’at chog‘ida biror ayolning qo‘liga tekkan emas. Ulardan faqat «Sendan shu narsaga bay’at qabul qildim», degan so‘zlari bilan bay’at olar edilar» (Sahihi Buxoriy, 4891). *«Qo‘llaringiz va oyoqlaringiz orasidan bo‘hton uydirmaslik» deganda zinodan orttirgan bolasini eriga «Sendan bo‘lgan» deb aytmaslik nazarda tutiladi. Islomdan avval bunday hodisalar uchrab turar edi.

Boshqa rivoyatda:

أَنَّهُ يُبَايِعُهُنَّ بِالْكَلَامِوَمَا مَسَّتْ كَفُّ رَسُولِ اللهِ كَفَّ امْرَأَةٍ قَطُّ

«U zot ulardan (ayollardan) faqat og‘zaki bay’at olardilar….Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning kaftlari birorta (nomahram) ayolning kaftiga aslo tegmagan» (Sahihi Muslim, 1866).

أَنَّ عَائِشَةَ زَوْجَ النَّبِيِّ قَالَتْ: «لَا وَاللهِ مَا مَسَّتْ يَدُ رَسُولِ اللهِ يَدَ امْرَأَةٍ قَطُّ، غَيْرَ أَنَّهُ بَايَعَهُنَّ بِالْكَلَامِ»

Yana bir rivoyatda Oisha roziyallohu anho aytadilar: «Yo‘q, Allohga qasamki, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning qo‘llari aslo biror (nomahram) ayolning qo‘liga tegmagan. Balki u zot ulardan og‘zaki bay’at olganlar» (Sahihi Buxoriy, 5288).

Ba’zi musulmonlar nomahram ayol qo‘l berib salomlashish uchun qo‘lini uzatganda qattiq noqulaylik his qiladilar. Ba’zilari esa ayollar bilan aralashish bilan birga, maktab yoki universitetdagi o‘qituvchi yoki talaba, ishdagi xodima yoki tijoriy uchrashuvlar va boshqa uchrashuvlarda ayollar bilan qo‘l berib salomlashishga majbur ekanligini da’vo qiladilar. Bu uzr qabul qilinmaydi. Musulmon kishiga o‘zi va shaytoniga qarshi turib, dinida qat’iy bo‘lishi vojibdir. Alloh haqdan uyalmaydi.

Musulmon nazokat bilan uzr so‘rashi va qo‘l berib salomlashmasligining sababini tushuntirib, haqorat qilish niyatida emas, balki o‘z dinining hukmlariga amal qilish uchun shunday qilayotganini tushuntirishi mumkin. Bu – ko‘pincha boshqalarning hurmatini qozonadi. Ularning dastlab ajablanishida hech qanday zarar yo‘q. Balki bu dinga amaliy tarzda da’vat qilish uchun imkoniyat bo‘lishi mumkin. Alloh muvaffaq qiluvchidir.

Fatvo manbasi

Maqola borasida fikringiz?

Izoh sababi
Ushbu qator to'ldirilishi shart.

Bu javob foydali bo’ldimi?

1

O’xshash fatvolar

  • Sevib qolgan yigit nima qilishi kerak?

    Men hozirda Britaniya universitetlaridan birida o‘qiyman va universitetda menga yoqib qolgan bir qiz bor.Men u bilan hech qachon gaplashmaganman. Odatda qizlar bilan gaplashmayman. Biroq, ba’zan salomlashib turamiz.Men Islom shariatiga amal qilgan holda ayollar bilan gaplashmaydigan bo‘lsam, unga qanday qilib turmush qurishni taklif qilishim mumkin? Buning eng yaxshi yo‘li qanday?Borib u bilan gaplashib, shar’iy chegaralardan chiqmagan holda avval tanishib ko‘raymi? Yoki unga to‘g‘ridan to‘g‘ri turmushga chiqishni taklif qilaymi?Agar unga avval tanishmasdan to‘g‘ridan to‘g‘ri turmushga chiqishni taklif qilsam, u meni yaxshi tanimagani uchun va u men mansub bo‘lgan madaniyatdan boshqa madaniyatga mansub bo‘lgani uchun taklifimni darhol rad etishidan qo‘rqaman. Boshqa tomondan, agar u bilan tanishish maqsadida gaplashsam, bu qilmishim Islomga zid bo‘lishidan qo‘rqaman.Men qiyin ahvoldaman, qanday yo‘l tutsam eng to‘g‘ri bo‘ladi?
  • Islomda ayol kishi bilan muomala qilish

    Men musulmon bo‘lmoqchiman. Biroq avvalgi hayotim borasida xavotirlarim bor. O‘tmishdagi tajribalarim Allohning to‘g‘ri yo‘liga ergashishimga to‘sqinlik qilishidan qo‘rqaman. Ochiqchasiga gapirganim uchun meni ma’zur tutasiz.Islomda erkak va ayolning nikohsiz munosabatda bo‘lishi halol emas. Shu sababli Islomni qabul qilishdan oldin ichimda kurash avj olayotganini his qilyapman. Ammo men Islomni qabul qilishdan oldin bu narsalarga boshqacha qarardim. Endi esa o‘tmishimdagi ishlarimni Islom harom qilgani haqida ko‘p o‘qidim.Savolim, ayollar bilan munosabatda, istaklarim va shariat taqiqlagan narsalar o‘rtasida qanday muvozanat oʻrnatishim mumkin? Qanday yo‘l tutishim kerak-ki, bu istaklar meni yana gunohga boshlamasin va Islomdan uzoqlashtirmasin?
  • Ayollar erkak doktorda davolanishi joizmi?

    Erkak shifokorning muslima ayolni davolashining hukmi qanday?
  • Erkak va ayollar aralashgan jamoaga dars berish usuli

    Men Kanadada universitet talabasiman va ilgari Islom davlatlaridan birida bo‘lib, biroz shar’iy ilm o‘rganganman. Universitetimda ba’zi musulmonlar bor, ularga dars beraman. Lekin dars paytida yigitlar chap tomonimda, qizlar esa o‘ng tomonimda bo‘ladi. Bu harom qilingan aralashishga kiradimi? Dars berish uchun qanday munosib taklif bor?
  • Ayollarga qarash: birinchi va ikkinchi nazar

    Ayollarga qarashning mutlaqo taqiqlangani menga ma’lum. Ulardan biri ba’zan e’tiborimni tortsa, bir-ikki soniya qarayman, keyin Allohning amrini eslab, darhol nigohimni chetga buraman. Shu qisqa muddatli qarashim uchun gunohkor bo‘lamanmi? «Islomda halol va harom» kitobida Qur’on ko‘zlarni tiyishga buyurishi va qarashning ta’rifi «ko‘zlar ayolning go‘zalligidan lazzatlanishi yoki shahvat bilan tikilib qolish» ekanini o‘qidim. Allohga shukrki, men hech qachon bu darajaga yetmaganman, lekin mana shu ikki soniya meni xavotirga soladi. Alloh sizga baraka bersin.
  • Zinokorlar o‘rtasidagi xilvat zinodan tug‘ilgan farzandning mavjudligi bilan yo‘qoladimi?

    Zinokorlar o‘rtasidagi xilvat (yolg‘iz qolish) ularning zinodan tug‘ilgan farzandi bor bo‘lishi bilan barham topadimi?