Mavzular

Yangi fatvolar

Maqolalar

Kitoblar


Saqlanganlar

Murakkab qidiruv


Loyiha haqida

Fikr bildiring

Bosh sahifa » Fiqh asoslari » Fiqh » Muomalalar » Sovgʻa, hadya va xayr-ehson » Kumush bilan qoplangan idishlar va sovg‘alarni hadya qilish hukmi
Fatvo: 2442

O'qildi: 105

30.12.2025

/ 10 Rajab 1447

Fatvo mavzusi:

Kumush bilan qoplangan idishlar va sovg‘alarni hadya qilish hukmi

Savol

Menga to‘yim uchun sovg‘alar keldi, lekin ularning ba’zilari sunnatga mos emas. Masalan, jonli mavjudotlarning rasmlari, ayrim haykallar va kumush bilan qoplangan idishlar va hokazo. Bu narsalarni g‘ayrimusulmonlarga hadya qilishim joizmi? Yoki ularni yo‘q qilishim kerakmi? Shuningdek, boshqalar bizga hadya qilgan sovg‘alarni hadya qilish mubohmi? Masalan, ba’zi do‘stlarim menga ko‘p salat idishlarni hadya qilishadi, ammo ularning barchasiga ehtiyojim yoʻq, ortiqchasini boshqalarga sovg‘a qilsam joiz boʻladimi? Alloh sizga yaxshilik bersin.

O’xshash fatvolar

Javob

Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.

Payg‘ambar sollallohu alayhi va sallamning yo‘li rasmlarni o‘chirish va haykallarni yo‘q qilish edi.

عَنْ أَبِي الْهَيَّاجِ الْأَسَدِيِّ قَالَ: «قَالَ لِي عَلِيُّ بْنُ أَبِي طَالِبٍ : أَلَا أَبْعَثُكَ عَلَى مَا بَعَثَنِي عَلَيْهِ رَسُولُ اللهِ ﷺ أَنْ لَا تَدَعَ تِمْثَالًا إِلَّا طَمَسْتَهُ، وَلَا قَبْرًا مُشْرِفًا إِلَّا سَوَّيْتَهُ».

Abu Hayyoj Asadiydan rivoyat qilinadi: «Aliy ibn Abu Tolib menga shunday dedi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam meni nimaga buyurgan bo‘lsalar, seni ham o‘shanga buyurib jo‘nataymi? Birorta timsolni qo‘ymay yo‘qotib tashlaysan, birorta do‘ppaygan qabrni qo‘ymay tekislaysan» (Sahihi Muslim, 969).

Shuning uchun jonli mavjudotlarning rasmlarini yo‘q qilish va ulardan xalos bo‘lish lozim. Kumush bilan qoplangan idishlarni esa ishlatish joiz emas, chunki:

أُمِّ سَلَمَةَ قَالَتْ: قَالَ رَسُولُ اللهِ ﷺ: «مَنْ شَرِبَ فِي إِنَاءٍ مِنْ ذَهَبٍ أَوْ فِضَّةٍ، فَإِنَّمَا يُجَرْجِرُ فِي بَطْنِهِ نَارًا مِنْ جَهَنَّمَ».

Ummu Salama roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim tilla yoki kumushdan bo‘lgan idishda ichsa, qorniga jahannam olovini qulqullatgan bo‘ladi», dedilar» (Sahihi Muslim, 2065).

Oltin va kumush bilan qoplangan va sirlangan idishlarning hukmi oltin va kumushdan yasalgan idishlarning hukmi bilan bir xil.

Sizga hadya qilingan sovg‘alarni boshqalarga hadya qilishingizga kelsak, bunda zarar yo‘q, chunki inson sovg‘ani qabul qilish bilan unga egalik qiladi. Shuning uchun, sotish, hadya qilish, vaqf qilish va shu kabi yo‘llar bilan ularda tasarruf qilishi joiz.

Alloh bilguvchiroqdir.

Fatvo manbasi

Maqola borasida fikringiz?

Izoh sababi
Ushbu qator to'ldirilishi shart.

Bu javob foydali bo’ldimi?

0

O’xshash fatvolar