O'qildi: 122
29.12.2025
/ 9 Rajab 1447
Fatvo mavzusi: Kiyinish qoidalari
Savol
Do‘stim menga zamonaviy ichki kiyimlar kiyish sunnatdan emasligini aytdi, bu to‘g‘rimi?
O’xshash fatvolarJavob
Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.
Shayximiz Abdurahmon al-Barrok bu savolga quyidagicha javob berdilar:
«Ichki kiyimlar va shunga o‘xshash kiyim-kechaklar odamlarning urf-odatlariga bog‘liq narsalardir. Agar ular shariatga xilof bo‘lmasa, bu turdagi kiyimlarni kiyishning zarari yo’q. Shim (ya’ni, shalvar) kiyish Nabiy sollallohu alayhi va sallam davrlarida mavjud bo‘lgan. Bu haqda Ibn Umar roziyallohu anhumoning ehromdagi kishiga man qilingan kiyimlar haqidagi hadisida keladi:
Abdulloh (ibn Umar) roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan ehromdagi kishi kiyimlardan qaysilarini kiyishi haqida so‘raldi. Shunda u zot: «U ko‘ylak, sallalar, shalvarlar kiymasin», dedilar» (Muttafaqun alayh; Buxoriy rivoyati, 1842). Iqtibos tugadi.
Agar ichki kiyimlarda xochlar, jonli mavjudotlarning tasvirlari boʻlmasa, yoxud ayollarning erkaklarga xos kiyimlarni kiyishi yoki aksincha, erkaklarning ayollarga xos kiyimlarni kiyishi kabi harom narsalar bo‘lmasa, ularni kiyishning zarari yo‘q.
Alloh bilguvchiroqdir.
Bu javob foydali bo’ldimi?