Mavzular

Yangi fatvolar

Maqolalar

Kitoblar


Saqlanganlar

Murakkab qidiruv


Loyiha haqida

Fikr bildiring

Bosh sahifa » Eʼtiqod masalalari » Iymon » Paygʻambarlarga iymon keltirish » Qalbimizda Payg‘ambar sollallohu alayhi va sallamga bo‘lgan muhabbatni qanday oshiramiz?
Fatvo: 2431

O'qildi: 196

29.12.2025

/ 9 Rajab 1447

Fatvo mavzusi:

Qalbimizda Payg‘ambar sollallohu alayhi va sallamga bo‘lgan muhabbatni qanday oshiramiz?

Savol

Musulmon kishi Payg‘ambar sollallohu alayhi va sallamga bo‘lgan muhabbatini dunyodagi hamma narsadan ko‘ra oshirish uchun nima qilishi mumkin?

O’xshash fatvolar

Javob

Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.

Rasululloh sollallohu alayhi va sallamga bo‘lgan muhabbatning kuchi musulmonning iymoniga bog‘liq, agar musulmonning iymoni ziyoda boʻlsa, u zotga bo‘lgan muhabbati ham ziyoda boʻladi. U zot sollallohu alayhi va sallamni sevish itoat va qurbatdir. Shariat Payg‘ambar sollallohu alayhi va sallamni sevishni vojibotlardan qilgan.

عَنْ أَنَسٍ قَالَ: قَالَ النَّبِيُّ : «لَا يُؤْمِنُ أَحَدُكُمْ حَتَّى أَكُونَ أَحَبَّ إِلَيْهِ مِنْ وَالِدِهِ وَوَلَدِهِ وَالنَّاسِ أَجْمَعِينَ».

Anas roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Hech biringiz unga otasiyu bolasidan va barcha odamlardan sevimli bo‘lmagunimcha mo‘min bo‘la olmas», dedilar» (Sahihi Buxoriy, 15).

Rasululloh sollallohu alayhi va sallamni sevish quyidagilarni bilish orqali hosil bo‘lishi mumkin:

Birinchidan, u Robbi tomonidan yuborilgan, Allohning dinini odamlarga yetkazishi uchun Alloh uni tanlab, butun olamlar uzra saralab oldi. Alloh uni sevgani va undan rozi bo‘lgani uchun u zotni tanlagan. Agar Alloh undan rozi bo‘lmaganida, u zotni tanlamagan va saralamagan bo‘lar edi. Bizning vazifamiz Alloh suyganni suyish va Alloh rozi bo‘lganidan rozi bo‘lishdir. Shuningdek, u zot Allohning «xalil»i ekanini bilishimiz kerak, «Xullat» (xalillik) oliy martaba bo‘lib, u muhabbatning eng yuqori darajasidir.

حَدَّثَنِي جُنْدَبٌ قَالَ: «سَمِعْتُ النَّبِيَّ قَبْلَ أَنْ يَمُوتَ بِخَمْسٍ وَهُوَ يَقُولُ: إِنِّي أَبْرَأُ إِلَى اللهِ أَنْ يَكُونَ لِي مِنْكُمْ خَلِيلٌ فَإِنَّ اللهَ تَعَالَى قَدِ اتَّخَذَنِي خَلِيلًا كَمَا اتَّخَذَ إِبْرَاهِيمَ خَلِيلًا. وَلَوْ كُنْتُ مُتَّخِذًا مِنْ أُمَّتِي خَلِيلًا لَاتَّخَذْتُ أَبَا بَكْرٍ خَلِيلًا!».

Jundab roziyallohu anhu aytadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallamning vafot etishlaridan besh kun oldin shunday deganlarini eshitganman: «Men Allohga birortangiz bilan xalil tutinmasligimni aytaman. Alloh taolo Ibrohimni xalil tutganidek, meni ham xalil tutdi. Agar ummatimdan xalil tutinsam, Abu Bakr bilan xalil tutingan bo‘lar edim» dedilar» (Sahihi Muslim, 532).

Ikkinchidan, Alloh Muhammad sollallohu alayhi va sallamga bergan martabani va u kishi eng afzal inson ekanini bilishimiz kerak.

حَدَّثَنِي أَبُو هُرَيْرَةَ قَالَ: قَالَ رَسُولُ اللهِ : «أَنَا سَيِّدُ وَلَدِ آدَمَ يَوْمَ الْقِيَامَةِ، وَأَوَّلُ مَنْ يَنْشَقُّ عَنْهُ الْقَبْرُ، وَأَوَّلُ شَافِعٍ، وَأَوَّلُ مُشَفَّعٍ».

Abu Hurayra roziyallohu anhu aytadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam shunday dedilar: «Men Qiyomat kuni Odam bolasining sayyidiman. Qabri eng birinchi bo‘lib yoriladigan odam menman. Eng birinchi shafoatchiman va shafoati qabul qilinadiganlarning birinchisiman» (Sahihi Muslim, 5792).

Uchinchidan, din bizga yetib kelishi uchun u zotning sinovlar va mashaqqatlarga duchor bo‘lganlarini bilishimiz kerak. Bu sodir bo‘ldi – Alhamdulillah –. Yana bilishimiz lozimki, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga ozor berildi, urildi, haqoratlandi va so‘kildi, u zotdan eng yaqin insonlari voz kechdi, uni majnunlik, yolg‘onchilik va sehrgarlikda aybladilar. U zot dinni himoya qilish uchun, u bizga yetib kelishi uchun kofirlar bilan jang olib bordilar, kofirlar ham u zotga qarshi jang qilishdi, u zotni ahli, moli va diyoridan chiqarib yuborishdi, u zotga qarshi qo‘shinlar to‘plashdi.

To‘rtinchidan, sahobalarining unga bo‘lgan kuchli muhabbatlarida ularga ergashish va ularga taqlid qilish. Ular uni mol-mulkdan va farzandlardan ko‘ra ko‘proq sevishar edi, hatto o‘zlaridan ham ko‘proq sevishar edi. Quyida bunga oid ba’zi misollar keltiramiz:

عَنْ أَنَسٍ قَالَ: «لَقَدْ رَأَيْتُ رَسُولَ اللهِ وَالْحَلَّاقُ يَحْلِقُهُ، وَأَطَافَ بِهِ أَصْحَابُهُ، فَمَا يُرِيدُونَ أَنْ تَقَعَ شَعْرَةٌ إِلَّا فِي يَدِ رَجُلٍ».

Anas roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Sartarosh Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning sochlarini olayotganini ko‘rdim. Sahobalari u zotni o‘rab olishgan edi. Biror soch tolasi tushsa ham, ulardan biror kishining qo‘liga tushishini xohlashar edi» (Sahihi Muslim, 2325).

عَنْ أَنَسٍ قَالَ: «لَمَّا كَانَ يَوْمُ أُحُدٍ انْهَزَمَ النَّاسُ عَنِ النَّبِيِّ ﷺ، وَأَبُو طَلْحَةَ بَيْنَ يَدَيِ النَّبِيِّ مَُجَُوِّبٌ بِهِ عَلَيْهِ بِحَجَفَةٍ لَهُ، وَكَانَ أَبُو طَلْحَةَ رَجُلًا رَامِيًا شَدِيدَ الْقِدِّ، يَكْسِرُ يَوْمَئِذٍ قَوْسَيْنِ أَوْ ثَلَاثًا، وَكَانَ الرَّجُلُ يَمُرُّ مَعَهُ الْجَعْبَةُ مِنَ النَّبْلِ، فَيَقُولُ: انْشُرْهَا لِأَبِي طَلْحَةَ فَأَشْرَفَ النَّبِيُّ يَنْظُرُ إِلَى الْقَوْمِ، فَيَقُولُ أَبُو طَلْحَةَ: يَا نَبِيَّ اللهِ، بِأَبِي أَنْتَ وَأُمِّي، لَا تُشْرِفْ يُصِيبُكَ سَهْمٌ مِنْ سِهَامِ الْقَوْمِ، نَحْرِي دُونَ نَحْرِكَ.

Anas roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Uhud kuni odamlar Nabiy sollallohu alayhi vasallamning yonlaridan chekinishdi. Abu Talha esa teri qalqoni bilan u zotni himoya qilib turar edi. Abu Talha (kamonni) nihoyatda qattiq tortadigan mergan odam edi. U o‘sha kuni ikkita [yoki uchta] kamonni sindirdi. Biror kishi o‘q to‘la sadoq bilan o‘tib qolsa, u zot sollallohu alayhi vasallam: «Ularni Abu Talhaga yoyib ber!» derdilar. Nabiy sollallohu alayhi vasallam odamlarga bo‘ylab qarasalar, Abu Talha: «Ey Allohning Nabiysi! Ota-onam sizga fido bo‘lsin! Bo‘ylab qaramang, odamlarning o‘qi sizga tegib ketadi. Ko‘ksim ko‘ksingizga qalqon!» der edi (Sahihi Buxoriy, 3811; Sahihi Muslim, 1811).

(«Hajafa» – bu sovut (qalqon), «javba» ham deyiladi. Ma’nosi – Abu Talhaning Payg‘ambar sollallohu alayhi va sallamni himoya qiladigan qalqoni bor edi. «Shadid al-qidd» – «qidd» – kamon ipi, ma’nosi – u kuchli mergan edi).

Beshinchidan, u zotning sunnatlariga – so‘zda boʻlsin, yo amalda boʻlsin – ergashish, u zotning sunnatlari hayotingizning barcha sohalarida ergashadigan metodingiz bo‘lishi, uning so‘zini har qanday so‘zdan ustun qo‘yish, uning buyrug‘ini har qanday buyruqdan ustun qo‘yish kerak. So‘ngra ulug‘ sahobalarining e’tiqodiga, keyin ularga ergashgan tobeinlarning e’tiqodiga, keyin bizning kunimizgacha ularning yo‘liga ergashgan ahli sunna val-jamoaning e’tiqodiga ergashish kerak. Bid’atlarga ergashmaslik, ayniqsa rofiziylarga, chunki ularning qalblari Rasululloh sollallohu alayhi va sallamga nisbatan qattiqdir, ular o‘z imomlarini undan ustun qo‘yishadi va ularni undan ko‘ra ko‘proq sevishadi.

Allohdan Rasuli sollallohu alayhi va sallamning muhabbatini nasib qilishini va uni bizga farzandlarimizdan, ota-onalarimizdan, oilamizdan va o‘zimizdan ham suyukliroq qilishini so‘raymiz.

Alloh bilguvchiroqdir.

Fatvo manbasi

Maqola borasida fikringiz?

Izoh sababi
Ushbu qator to'ldirilishi shart.

Bu javob foydali bo’ldimi?

4

O’xshash fatvolar

  • Payg‘ambar sollallohu alayhi va sallamga sehrning ta’siri

    Ibodatda hech kim tenglasha olmaydigan Payg‘ambar sollallohu alayhi va sallamdek zotga qanday qilib sehr qilishgan?
  • Payg‘ambar sollallohu alayhi va sallamning martabalari

    Payg‘ambar Muhammad sollallohu alayhi va sallamning yuksak martabalarini bilishni istardim.
  • O‘qish-yozishni bilmaydigan Payg‘ambar

    Payg‘ambar Muhammad sollallohu alayhi va sallamning o‘qish va yozishni bilmaganliklariga biror dalil bormi?
  • Odam alayhissalom farzandlarining nikohi

    Men iymonimga shubha qilmayman, alhamdulillah, lekin qalbni behuzur qiladigan baʼzi masalalar bor: Odam va Havvo farzand koʻrganlarida, ularning farzandlari bir-birlari bilan turmush qurishgan. Ammo Qurʼoni Karimda aka-ukalarning opa-singillari bilan nikohlanishi harom deyilgan-ku?! Bu ish qanday sodir boʻlgan?
  • Paygʻambar sollallohu alayhi vasallamning ilgarigi kitoblarda bashorat qilinishi

    Menga baʼzi musulmonlar Muhammad sollallohu alayhi va sallam va Iso alayhissalom buyuk paygʻambarlar ekanligi, Injilda Muhammad sollallohu alayhi vasallamning zikr qilinmaganligining sababi, u zot Injil yozilganidan soʻng tavallud topganliklarini aytishmoqda. Xoʻsh, Iso alayhissalom Tavrot yozilganidan keyin tugʻilgan boʻlsada, Tavrotda u kishi haqlarida 600 dan ortiq ishora va bashoratlar bor hamda bularning barchasi roʻyobga chiqqan. Lyekin butun boshli Injilda Muhammad sollallohu alayhi va sallam haqlarida birorta ham xabar kelmagan. Shunday ekan, Iso alayhissalom va Muhammad sollallohu alayhi va sallam qanday qilib teng boʻlishlari mumkin?