Mavzular

Yangi fatvolar

Maqolalar

Kitoblar


Saqlanganlar

Murakkab qidiruv


Loyiha haqida

Fikr bildiring

Bosh sahifa » Tarix va siyrat » Odam alayhissalom farzandlarining nikohi
Fatvo: 255

O'qildi: 407

16.06.2025

/ 20 Zulhijja 1446

Fatvo mavzusi:

Odam alayhissalom farzandlarining nikohi

Savol

Men iymonimga shubha qilmayman, alhamdulillah, lekin qalbni behuzur qiladigan baʼzi masalalar bor: Odam va Havvo farzand koʻrganlarida, ularning farzandlari bir-birlari bilan turmush qurishgan. Ammo Qurʼoni Karimda aka-ukalarning opa-singillari bilan nikohlanishi harom deyilgan-ku?! Bu ish qanday sodir boʻlgan?

O’xshash fatvolar

Javob

Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.

Modomiki qalbingiz iymon bilan xotirjam ekan, inshaalloh, bu kabi vasvasalar sizga zarar yetkaza olmaydi. Chunki moʻminning qalbiga shubha tushsa yoki aqlida sharʼiy hukmlar borasida qandaydir ziddiyat tugʻilsa, u haqiqatga iymon keltiradi va bu shubhaga javob bor ekanligiga, bu ziddiyatning yechimi borligiga ishonadi. Garchi bu shubhaning javobini bilmasa va unga bayon qilinmagan boʻlsa ham. Lekin inson qalbini shubhalar uchun omborxona qilmasligi yoki muammolarni izlashni oʻziga maqsad qilib, foydali ilm izlashni tark etmasligi lozim. Shuningdek, musulmon shariatdagi asl hukmlarni bilishi kerak, toki shubhali narsalarda asl hukmlarga murojaat qila olsin.

Siz soʻragan masalaga kelsak, shariatlar har xil boʻlishi bilan hukmlar ham turlicha boʻlishi mumkin. Lekin asoslar va eʼtiqodlar barcha shariatlarda sobit va oʻzgarmasdir. Agar haykallar yasash Sulaymon alayhissalom shariatida joiz boʻlgan boʻlsa, bizning shariatimizda haromdir. Agar taʼzim sajdasi Yusuf alayhissalom shariatida joiz boʻlgan boʻlsa, bizning shariatimizda haromdir. Agar jangdan tushga oʻljalar bizdan oldingi ummatlarga harom qilingan boʻlsa, bizga haloldir. Agar boshqa ummatlarning qiblasi Baytul Maqdis boʻlgan boʻlsa, bizning qiblamiz Kaʼbadir. Shunga oʻxshash, Odam alayhissalom shariatida akani singlisiga uylantirish joiz boʻlgan, ammo keyingi shariatlarda bunday emas.

Hofiz Ibn Kasir rohimahullohning bu masalaga quyidagicha izoh bergan:

“Alloh taolo Odam alayhissalomga zarurat sababli qizlarini oʻgʻillariga uylantirishni shariat qilgan. Lekin aytishlaricha, Havvo onamizning har bir homilasida bir oʻgʻil va bir qiz tugʻilar edi. U birinchi homiladan tugʻilgan qizni keyingi homiladan tugʻilgan oʻgʻilga nikohlar edi. Suddiy Abu Molik va Abu Solih orqali Ibn Abbosdan, Murra orqali Ibn Masʼuddan va Paygʻambar sollallohu alayhi va sallamning sahobalaridan bir nechtasidan rivoyat qilishicha, Odam alayhissalom necha bor farzand koʻrsalar, har birida bir oʻgʻil, bir qiz tugʻilar edi. U birinchi homiladan tugʻilgan oʻgʻilni ikkinchi homiladan tugʻilgan qizga uylantirar va birinchi homiladan tugʻilgan qizni ikkinchi homiladan tugʻilgan oʻgʻilga turmushga berar edi” (Tafsiri Ibn Kasir: Moida surasi, 27-oyat).

Allohdan biz-u sizni komil iymonga va foydali ilmga muvaffaq qilishini soʻrayman. Allohning salovoti Paygʻambarimiz Muhammadga boʻlsin.

 

Fatvo manbasi

Maqola borasida fikringiz?

Izoh sababi
Ushbu qator to'ldirilishi shart.

Bu javob foydali bo’ldimi?

3

O’xshash fatvolar

  • Zilzilalar ko‘payishining sababi

    Ko‘p davlatlar, masalan, Turkiya, Meksika, Tayvan, Yaponiya kabi mamlakatlarda zilzilalar yuz berdi. Bu hodisalarning biror ma’nosi bormikin?
  • Oisha onamizning nikohlari

    Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning Oisha roziyallohu anhoga uylanishlari haqida savol bermoqchiman. Bilishimcha, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam tushlarida Oisha roziyallohu anhoga uylanishlarini ko‘rganlar. Bu Alloh taolo u zotga shunday qilishni buyurganini anglatadi. O‘shanda Oisha roziyallohu anho 6 yoki 7 yoshda edi. Agar bu ma’lumot to‘g‘ri bo‘lsa, demak bizda mantiqiy javob bor. Ammo, buni tasdiqlovchi Qur’on oyati yoki biron hadis bormi?
  • Payg‘ambar sollallohu alayhi va sallamga sehrning ta’siri

    Ibodatda hech kim tenglasha olmaydigan Payg‘ambar sollallohu alayhi va sallamdek zotga qanday qilib sehr qilishgan?
  • Islom dini qachon paydo bo‘lgan?

    Islom dini qachon paydo bo‘lgan? Muhammad sollallohu alayhi va sallam bilan Iso (alayhissalom) oralarida qancha vaqt o‘tgan?
  • Daraxtlar haqida xabarlar

    Quyidagilar haqida Qur’oni va sunnatdan dalil keltira olasizmi: Tubo daraxti, abadiylik daraxti, bilim daraxti, ulkan daraxt va jannatdagi eng baland daraxt haqida. Alloh sizga goʻzal mukofot ato etsin. Bu daraxtlar musulmonlar orasida zikr qilinadi va men bularning qanchalik haqiqat ekanini aniqlashni istayman.
  • Zamzam suvining xususiyatlari

    Zamzam suvining qandaydir ahamiyati bormi? Uni davolash yoki boshqa maqsadlarda ishlatish haqida biror hadis mavjudmi? Yoki niyat qilib, ma’lum bir maqsad uchun ichish mumkinmi? Alloh sizlarga ezgulik ato etsin.