Mavzular

Yangi fatvolar

Maqolalar

Kitoblar


Saqlanganlar

Murakkab qidiruv


Loyiha haqida

Fikr bildiring

Fatvo: 240

O'qildi: 1,102

16.06.2025

/ 20 Zulhijja 1446

Fatvo mavzusi:

Jin tegishi va sehr haqida

Savol

Akam safardan qaytgandan keyin gʻalati narsalarni gapira boshladi, baʼzi bashoratlar bilan folbinlik qilyapti va hech kim bilan gaplashmayapti. U xorijda ikki yil qolgandi. Hatto onasiga tupuradigan darajaga yetdi. Biz uni ruhiy kasal deb oʻylab, shifokorga olib bordik. Lekin shifokor hech bir kasallik alomati topmadi. Biz jinga yoki sehrga duchor boʻlgan deb oʻylayapmiz. Buni qanday bilish va undan qanday qutulish mumkin? Akamning bu holati tufayli onam kasal boʻlib qoldi.

O’xshash fatvolar

Javob

Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.

Jin tegishi va sehr oʻrtasidagi farqlarni aniqlash boʻyicha baʼzi tajribali kishilar quyidagi belgilarni qayd etishgan:

Jin tegishining belgilari:

  1. Azon yoki Qurʼon eshitganda kuchli bezovtalanish;
  2. Dam solinayotganda hushidan ketish, tutqanoq yoki talvasaga tushish;
  3. Koʻp yomon tushlar koʻris;
  4. Yolgʻizlik, oʻzini chetga olish va gʻalati harakatlar;
  5. Dam solinganda ichidagi jin gapirishi;
  6. Alloh taolo aytganidek, majnundek boʻlib qolishi: 
﴿ٱلَّذِينَ يَأۡكُلُونَ ٱلرِّبَوٰاْ لَا يَقُومُونَ إِلَّا كَمَا يَقُومُ ٱلَّذِي يَتَخَبَّطُهُ ٱلشَّيۡطَٰنُ مِنَ ٱلۡمَسِّۚ﴾

«Ribo yeydigan (sudxoʻrlik qiladigan) kimsalar oxiratda qabrlaridan xuddi shayton urib, jinni boʻlgan kishidek dovdirab turadilar» (Baqara, 275).

Sehrning belgilari:

  1. Sehr qilingan kishi oʻz ayolidan, yoki ayoli undan nafratlanib qoladi, Alloh taolo aytadi: 
﴿ فَيَتَعَلَّمُونَ مِنۡهُمَا مَا يُفَرِّقُونَ بِهِۦ بَيۡنَ ٱلۡمَرۡءِ وَزَوۡجِهِۦۚ

«Odamlar bu ikki farishtadan er-xotinni bir-biriga yomon koʻrsatib, ajrashtirib yuboradigan narsalarni oʻrganishardi» (Baqara, 102).

  1. Uy ichidagi holati va tashqaridagi holati butunlay boshqacha boʻladi. Tashqarida oilasini va uyini sogʻinadi, lekin uyga kirganda ulardan qattiq nafratlanadi.
  2. Ayoli bilan jinsiy yaqinlik qila olmaslik.
  3. Homilador ayolda doimiy ravishda homilaning tushishi.
  4. Sababsiz xatti-harakatlarning keskin oʻzgarishi.
  5. Ovqat yeyishga umuman ishtaha yoʻqligi.
  6. Biror ishni qilgandek tuyuladi, lekin aslida qilmagan boʻladi.
  7. Biror odamga nisbatan toʻsatdan kuchli va haddan tashqari muhabbat va itoatkorlik paydo boʻlishi.

Shuni taʼkidlash lozimki, yuqorida aytilgan belgilarning biror kishida topilishi har doim ham sehr yoki jin tekkanini anglatavermaydi. Baʼzi belgilarning sababi jismoniy yoki ruhiy kasalliklar boʻlishi ham mumkin.

Davolash yoʻllari:

  1. Allohga tavakkal qilish va chin dildan U Zotga duo-iltijo aylash.
  2. Sharʼiy ruqya va bu illatlardan saqlovchi boshqa duolarni, ayniqsa, Falaq va Nos suralarini oʻqish. Paygʻambar sallallohu alayhi vasallam ham ushbu suralar bilan sehrdan davolaganlar (Buxoriy, 5751). Bu ikki sura eng afzal qoʻrgʻon sanaladi. Qoʻshimcha oʻlaroq Fotiha va Ixlos suralari bilan ruqya qilish ham foydali ekani sobit boʻlgan.

Sehrni quyidagi shaklda mumkin: yetti dona yashil sidr yaprogʻini olib maydalang va idishga soling. Keyin unga yuvinish uchun yetarli miqdorda suv quying va quyidagi oyatlarni oʻqib dam soling:

  • Oyat al-Kursiy,
  • Kofirun surasi,
  • Ixlos surasi,
  • Falaq va Nos suralari,
  • Sehr haqidagi oyatlar (Baqara surasi: 102-oyat; Aʼrof surasi, 117-119-oyatlar; Yunus surasi: 79-82-oyatlar; Toha surasi, 65-69-oyatlar).

Keyin bu suvdan bir qismini ichib, qolgan qismi bilan yuvining. Salafi solihlarning baʼzilari bu usulni sinab koʻrib, foyda berishini tasdiqlashgan.

  1. Sehrni topib, yoʻq qilish.
    Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallamni yahudiy Labid ibn Aʼsoam sehrlaganda, sehrni topib, yoʻq qilganlar. (Buxoriy, 5763)
  2. Halol dorilardan foydalanish.
    Masalan, Madinada oʻsadigan “Oliya al-barniy” navli yetti dona xurmoni och qoringa isteʼmol qilish tavsiya etilgan. Agar bu turdagi xurmo topilmasa, har qanday xurmo foyda beradi, inshaalloh.
  3. Hijoma (qon oldirish).
  4. Duo qilish.
    Alloh taolodan akangizga shifo berishini va sizning ham, oilangizning ham dardlarini yengillatishini soʻraymiz. U Zot shifo beruvchidir, Allohdan boshqa shifo beruvchi yoʻqdir.

Fatvo manbasi

Maqola borasida fikringiz?

Izoh sababi
Ushbu qator to'ldirilishi shart.

Bu javob foydali bo’ldimi?

4

O’xshash fatvolar

  • Ramazonda shaytonlar kishanlanishiga qaramay, nega esnaymiz. Televideniye orqali tasvirlarni uzatish harommi?

    Ma’lumki, esnash shaytondandir. Ramazonda shaytonlar kishanlanishiga qaramasdan, nima uchun esnaymiz?Shuningdek, insonni suratga olish harom ekani ma’lum, unda televideniye orqali tasvirlarni uzatish harom hisoblanadimi?
  • Joynamoz yig‘ishtirilmasa jinlar namoz oʻqib qoʻyadimi?

    Bizda namoz o‘qib bo‘lgach, joynamozni yig‘ishtirib qo‘yish odat tusiga kirgan. Aytishlaricha, agar joynamoz yig‘ishtirib olinmasa, jinlar kelib, uning ustida namoz o‘qir yoki uyga jinlar kirib olar emish! Bu gap menga juda g‘alati tuyuldi, axir ular chindan ham bunda ibodat qilishsa, bu katta baxt-ku, shunday emasmi? Shar’iy manbalarda bu gapning biror asosi bormi yoki bu bid’at tushunchami?
  • Jinlar olami

    Qur’oni Karimda jinlar haqida o‘qidim, ammo ular haqiqatda nimaligini bilmayman. Iloji bo‘lsa, ular haqida qo‘shimcha ma’lumot berishingizni so‘rayman.
  • Payg‘ambar sollallohu alayhi va sallamga sehrning ta’siri

    Ibodatda hech kim tenglasha olmaydigan Payg‘ambar sollallohu alayhi va sallamdek zotga qanday qilib sehr qilishgan?
  • Odamga jin kirishi haqida

    So‘nggi kunlarda jinlarning inson tanasiga kirishi masalasi ko‘tarildi va bu aqlga sig‘maydigan holat deb da’vo qilinmoqda! Chunki yaratilishda asosiy farq bor: insonlar loydan, jinlar esa olovdan yaratilgan. Shaytonlar faqat vasvasa qilish qobiliyatigagina ega, Alloh ularga insonlar ustidan hukm yuritish huquqini bermagan! Shuningdek, bu boradagi yozib olingan videolavhalar esa dalil bo‘la olmasligi aytilmoqda. Siz bu haqda qanday fikrdasiz?
  • Jin odamni o‘ldiradimi?

    Men sehrgarlik haqida ma’lumot olishni xohlayman. Uning ta’siri qanday? Sehrgar undan odam o‘ldirish uchun foydalanishi mumkinmi?