O'qildi: 102
20.12.2025
/ 29 Jumadal-oxira 1447
Fatvo mavzusi: Haromdan kelgan mol-mulk
Savol
Bankdan tushgan foizlarni muhtoj kishiga berib yuborishimiz to‘g‘ri bo‘ladimi?
O’xshash fatvolarJavob
Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.
Agar kishi sudxo‘rlik bilan shug‘ullanib, so‘ng tavba qilib, sudxo‘rlik orqali topilgan pullardan qutulmoqchi bo‘lsa, bu pullarni kambag‘allarga berishi joiz. Shuningdek, bank uning depozitiga foiz qo‘shib bergan bo‘lsa ham, bu foizni kambag‘allarga berishi joizdir. Biroq, bu sadaqa hisoblanmaydi, chunki Alloh pokdir va faqat pok narsalarnigina qabul qiladi. Sudxo‘rlik bilan shug‘ullanishni davom ettirish esa joiz emas, chunki bu gunohi kabiralardan biridir. Sudxo‘rlik bilan shug‘ullangan kishi, garchi sudxo‘rlik orqali pul topib, uni kambag‘allarga berishni niyat qilgan bo‘lsa ham, Alloh va Uning Rasuliga qarshi chiqqan hisoblanadi.
Alloh bilguvchiroqdir.
Bu javob foydali bo’ldimi?