Mavzular

Yangi fatvolar

Maqolalar

Kitoblar


Saqlanganlar

Murakkab qidiruv


Loyiha haqida

Fikr bildiring

Bosh sahifa » Fiqh asoslari » Fiqh » Ibodatlar » Dafn marosimlari va qabristonlar » Dengizda yo‘qolgan kishining janozasi
Fatvo: 2313

O'qildi: 11

18.12.2025

/ 27 Jumadal-oxira 1447

Fatvo mavzusi:

Dengizda yo‘qolgan kishining janozasi

Savol

Dengizda yo‘qolib qolgan va qozi uni vafot etgan, deb hukm chiqargan kishiga janoza namozi o‘qiladimi?

O’xshash fatvolar

Javob

Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.

Bu savolni Shayx Muhammad ibn Usaymin rahimahullohga yo‘llaganimizda, u zot quyidagicha javob bergandilar:

Olamlar Parvardigori Allohga hamd-u sanolar bo‘lsin, payg‘ambarimiz Muhammad alayhissalomga, u zotning oila a’zolariga va barcha sahobalariga Allohning salavot va salomlari bo‘lsin.

Ha, agar kishi vafot etgan deb e’lon qilingan bo‘lsa, unga janoza namozi o‘qilishi lozim. Chunki biz faqat ko‘rinib turgan holatlar asosida ish yuritishimiz mumkin. Qozi bir kishini vafot etgan, deb e’lon qilganda, uning mol-mulki meros sifatida taqsimlanib, xotini idda saqlashi va keyin qayta turmushga chiqishi mumkin bo‘lgani kabi, marhumga ham janoza namozi o‘qilishi kerak bo‘ladi.

Alloh bilguvchiroqdir.

Fatvo manbasi

Maqola borasida fikringiz?

Izoh sababi
Ushbu qator to'ldirilishi shart.

Bu javob foydali bo’ldimi?

0

O’xshash fatvolar

  • Marhumni eslab mahzun bo‘lish unga qabrida zarar yetkazadimi?

    Aytilishicha, tirik odam marhumni eslasa, masalan, farzand vafot etgan otasini har doim, har yerda va har vaqtda xotirlab, xafa bo‘lib, yig‘lab, hissiyotga berilsa – bu marhumga ta’sir qilib, unga zarar yetkazar va unga azob berar ekan. Shu sababli, marhumni g‘am-anduh, ko‘z yoshi va ruhiy iztirob bilan eslamasdan, balki faqat duo qilish, gunohlarini kechirishni so‘rash va Allohdan rahmat tilash bilan cheklanish tavsiya etiladi. Bu fikrda nima to‘g‘ri-yu, nima noto‘g‘ri? Alloh sizga yaxshilik ato etsin. Marhumlar haqida nima qilish kerak? Alloh sizni yaxshilik bilan mukofotlasin.
  • Marhumga bagʻishlanadigan «6 amal» | Mayyitga o‘limidan keyin nima foyda beradi? U tiriklarning gaplarini eshitadimi?

    Otam ikki hafta avval vafot etdi. Shuni bilmoqchimanki, men va oila a’zolarim uning qabrini ziyorat qilganimizda, u bizni va unga aytayotgan gaplarimizni eshita oladimi? Agar eshita olmasa, gaplarimizni unga eshittirishning biror yo‘li bormi? Iltimos, savolimga tezroq javob bering, chunki buni bilishim zarur. Javob menga boshdan kechirayotgan qayg‘umda yordam beradi deb o‘ylayman.
  • Marhumlar tiriklarni yalangʻoch holda koʻrishadimi?

    Ayollarning qabrlarni ziyorat qilishi joiz emasligi haqida eshitganmiz, sababi marhumlar tiriklarni yalangʻoch holda koʻradilar emish. Ammo men bunday ekaniga ishonmayman. Onam va singlim otamning qabrini ziyorat qilishni xohlashadi, hatto ziyorat qilishgan ham. Buning hukmi nima?