Dorilarning ro‘zaga ta’siri
Savol
Ro‘zani buzmaydigan va ruxsat etilgan tibbiy muolajalar haqida qanday shar’iy hukmlar mavjud? Xususan:
1. Kapsulalar/siroplar;
2. Astma va bronxit ingalyatorlari;
3. Shamchalar (svechalar);
4. Tomirdan olinadigan ukollar.
Nafas qisishi (astma) ingalyatorlari haqidagi savol ham juda muhim. Sababi, bolalarning taxminan 20% qismi ko‘krak astmasidan aziyat chekadi. Iltimos, bu haqda batafsil ma’lumot bering.
O’xshash fatvolarJavob
Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.
Quyida tabobatda qo‘llaniladigan ba’zi vositalar va ularning ro‘zani buzish yoki buzmasligi haqida ma’lumot beriladi. Bu Islom Fiqhi Akademiyasining ayrim yig‘ilishlarida taqdim etilgan shar’iy tadqiqotlarning qisqacha mazmuni. Akademiya quyidagi xulosalarga keldi:
Roʻzani buzmaydigan muolaja turlari
- Ko‘z tomchisi, quloq tomchisi, quloqni yuvish, burun tomchisi yoki burun spreyi, agar tomoqqa o‘tgan narsani yutib yubormasa.
- Angina (stenokardiya) va boshqa kasalliklarni davolash uchun til ostiga qo‘yiladigan tabletkalar, agar tomoqqa kirgan narsani yutmasa.
- Qin shamchalari (svechalari), yuvish uchun ishlatiladigan eritmalar, qinni tekshirish asboblari yoki tibbiy tekshiruv uchun kiritilgan barmoqlar.
- Bachadonga kiritiladigan tekshirish asbobi, spiral vositalari va boshqalar.
- Siydik yo‘liga (erkak yoki ayolning tashqi siydik yo‘li) kiritilgan kateter (ingichka naycha), tekshirish asboblari, rentgenda ko‘rinadigan moddalar, dori yoki qovuqni yuvish uchun ishlatiladigan eritmalar.
- Tishlarni parmalash, tishlarni olib tashlash, tishlarni tozalash, misvok va tish cho‘tkasini ishlatish, agar tomoqqa kirgan narsani yutmasa.
- Og‘izni chayish, g‘arg‘ara qilish, og‘izga purkaladigan sprey, agar halqumga o‘tgan narsani yutib yubormasa.
- Teri ostiga (подкожа), yonboshga yoki tomirga (venaga) kiritiladigan davolovchi ukollar. Biroq oziqlantiruvchi dori vositalari va ozuqaviy ukollar istisno qilinadi, bunday vositalar ro‘zani buzadi.
- Kislorod gazi.
- Anestetik (narkoz) gazlari ham ro‘zani buzmaydi. Faqat, oziqlantiruvchi dori vositalari va ozuqaviy ukollar aralashsa, u holda ro‘za buziladi.
- Teriga surtiladigan yog‘lar, malhamlar va dori yoki kimyoviy moddalar bilan to‘ldirilgan davolovchi plastirlar.
- Yurak yoki boshqa a’zolarni tasvirga olish yoki davolash uchun arteriyalarga kateter (ingichka naycha) kiritish.
- Ichki a’zolarni tekshirish yoki jarrohlik amaliyoti o‘tkazish uchun qorin devori orqali endoskop kiritish.
- Jigar yoki boshqa a’zo namunasini olish (biopsiya), agar bu amaliyot eritmalar yuborishsiz amalga oshirilsa.
- Gastroskopiya, agar naychali asbob bilan birga suyuqliklar (eritmalar) yoki boshqa moddalar kiritilmagan bo‘lsa.
- Bosh yoki orqa miyaga biror asbob kiritish yoki dori yuborish.
- Ixtiyorsiz qusish (ataylab qusishdan farqli o‘laroq).
Shu bilan birga, musulmon shifokor yuqorida zikr qilingan davolash usullarini, agar bemorga zarar yetmasa, ro‘zadan keyinga qoldirishni tavsiya qilishi lozim.
Alloh bilguvchiroqdir.