Mavzular

Yangi fatvolar

Maqolalar

Kitoblar


Saqlanganlar

Murakkab qidiruv


Loyiha haqida

Fikr bildiring

Bosh sahifa » Ilm va daʼvat » Daʼvat » Gʻayridinlarni Islomga chaqirish » Islomga kirish basketbol o‘yinidan qaytaradimi?
Fatvo: 2293

O'qildi: 6

16.12.2025

/ 25 Jumadal-oxira 1447

Fatvo mavzusi:

Islomga kirish basketbol o‘yinidan qaytaradimi?

Savol

Men musulmon bo‘lmagan yosh yigitman. Agar Islom dinini qabul qilsam basketbol o‘ynashim joiz bo’ladimi?

O’xshash fatvolar

Javob

Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.

Ha, siz Islomga kirib, basketbol o‘ynashingiz mumkin. Faqat u harom qilingan ishlar va zararlardan xoli bo‘lishi kerak. Islom tanaga foydali, mushaklarni faollashtiradigan va a’zolarni kuchaytiradigan o‘yinlarni harom qilmaydi. Balki tananing egasi ustidagi haqlaridan biri unga g‘amxo‘rlik qilinishidir. Islom payg‘ambari Muhammad sallallohu alayhi vasallam aytganlaridek:

عَبْدُ اللهِ بْنُ عَمْرِو بْنِ الْعَاصِ ﵄: «قَالَ لِي رَسُولُ اللهِ ﷺ: … فَإِنَّ لِجَسَدِكَ عَلَيْكَ حَقًّا …».

Abdulloh ibn Amr ibn Os roziyallohu anhumo bunday so‘zlab berdi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam menga: «… Chunki senda tanangning ham haqqi bor, …», dedilar» (Sahihi Buxoriy, 1975).

Basketbol o‘yinining foydalaridan biri shuki, u aniq nishonga olish va mo‘ljalga urishga asoslangandir. Agar unga qimor, avratlarni ochish, ataylab birovni urish va zarar yetkazish yoki namozni o‘qishdan chalg‘itish kabi harom ishlar aralashmasa, bu o‘yinni o‘ynashning zarari yo‘q.

Ko‘pchilikka ma’lumki, jahonning bir qancha mashhur basketbolchilari Islom dinini qabul qilishgan. Sizga maslahatim – Islomga kirishda ikkilanmang va bu ishni ortga surmang, chunki bu ishni kechiktirishingiz uchun hech qanday to‘siq yo‘q. Allohdan sizni haq yo‘lga muvaffaq qilishini va yaxshilik yo‘liga boshlashini so‘raymiz. Alloh taolo O‘zi xohlagan kishini to‘g‘ri yo‘lga hidoyat qiladi.

Alloh bilguvchiroqdir.

Fatvo manbasi

Maqola borasida fikringiz?

Izoh sababi
Ushbu qator to'ldirilishi shart.

Bu javob foydali bo’ldimi?

1

O’xshash fatvolar

  • Haq din izlayotgan tadqiqotchidagi shak-shubhalar

    Men Islom diniga qiziquvchi g‘ayrimusulmonman va izlanishlarim davomida meni hayratlanlantirgan ba’zi ma’lumotlarga duch keldim. Men Ibrohim va Ismoil Ka’badan barcha butlarni olib tashlashgan, lekin «Iloh» degan bir but qolgani haqida ma’lumot o’qidim. Unda «Alloh» ismi shundan olingan va bu iloh butparastlikda oy xudosi bo‘lgan, uning ramzi hilol bo‘lgan va ramazon oyi oy harakatiga qarab belgilanishi aytilgan. Men bunday din mavjud bo‘lganmi yoki yo‘qmi va Islom haqiqatan ham butparastlik an’anasiga bog‘liqmi, shu haqida bilmoqchi edim.
  • Ayolini Islomdan toʻsgan kofir er

    Men anchadan beri Islomni o‘rganib, amal qilib kelaman va uni rasman qabul qilishni xohlayman, ammo jiddiy qiyinchiliklarga duch kelmoqdaman. Turmush o‘rtog‘im bilan uzoq vaqtdan beri oilaviy muammolarni boshdan kechiryapmiz. Hozirda ahvolimiz yaxshilangan bo‘lsa-da, bu holat uzoq davom etishiga ishonchim komil emas, chunki erim tez-tez g‘azablanadi va juda asabiy. Advokatimiz maslahatidan so‘ng, ajrashish haqida jiddiy o‘ylay boshladim. Muammo shundaki, men endi uni sevmayman. Buning ustiga, u menga Islomni qabul qilishimga yo‘l qo‘ymasligini, o‘zi ham qabul qilmasligini va men musulmon bo‘lgandan ko‘ra ajrashishni afzal ko‘rishini aytdi. Yana bir muammo – ikki qizim hind maktabida o‘qiydi. Men Islomga kirganimdan so‘ng, ular borasida shariatning hukmi qanday bo‘ladi? Yaqinda bir musulmon yigit bilan tanishdim. U meni yaxshi ko‘radi, men ham uni juda sevib qoldim. U menga ikki marta uylanishni taklif qildi. Biz o‘rtamizda hech qanday jismoniy aloqa yo‘q va buni xayolimga ham keltirmaganman. U qizlarimni ham qabul qilishga tayyor, agar ular ham Islomni qabul qilishsa. Yigit yil oxirigacha kutishini aytdi, chunki boshqa ayollar bilan ham turmush qurishi mumkin ekan, lekin ulardan ko‘ra meni afzal ko‘rar ekan. Ko‘p masalalarda qat’iy qarorlar qabul qilishim kerak. Shu bilan birga, oilamizni saqlab qolishga urinayotgan erim uchun o‘zimni aybdor his qilyapman va unga achinaman. Ammo, afsuski, din oramizda katta to‘siq bo‘lib turibdi.
  • Da’vatdagi ilk qadam

    Agar kimdir boshqa bir insonni Islomga da’vat etmoqchi bo‘lsa, u da’vatni qanday boshlashi va nimaga da’vat qilishi kerak?
  • Musulmonga turmushga chiqish uchun Islomga kirish

    Mening asli Pokistonlik musulmon do‘stim (yigitim) bor. U hozir Yevropadagi bir davlatda yashamoqda, men esa Yevropaning boshqa bir davlatida yashayman va men nasroniy diniga e’tiqod qilaman. U mendan unga turmushga chiqishimni so‘radi va men rozi bo‘ldim, ammo muammo uning oilasida. Ular unga kelin tanlab qo‘yishgan, lekin u o‘sha qizga uylanishni xohlamaydi. Biroq, agar men Islomga kirmasam, u otasining hurmati uchun har qanday narsaga rozi bo‘lishi mumkin. Agar shunday yoʻl tutsam, u otasi bizning nikohimizga rozi bo‘lishiga umid qilyapti. Buni bilgach, undan: «Oilangiz sizning g‘arblik qizga uylanishingizga qanday munosabat bildiradi?», deb so‘radim. Biroq u bu savolga javob bera olmadi. Endi mening savolim: uning oilasining bu masalaga munosabati haqida qanday fikrdasiz? Agar men musulmon bo‘lsam, otasi rozi bo‘lishi mumkinmi?
  • Islomga kirish uchun boshlang‘ich nuqta

    Men haqiqiy Islom diniga qiziqish bildirgan odam uchun boshlang‘ich nuqta borligini bilmoqchiman, chunki bu haqda turli xil javoblar olgandim.
  • Kofir yaqinining hidoyatini soʻrab duo qilish

    Alloh menga yaqin bo‘lgan odamning qalbini Islomga ochishi uchun qanday duo qilish yoki qaysi oyatni o‘qish maqsadga muvofiq bo‘ladi?