O'qildi: 2
15.12.2025
/ 24 Jumadal-oxira 1447
Fatvo mavzusi: Musʼhaf ahkomlari
Savol
Ba’zi birodarlar shariatda asli bo‘lmagan amallarni qilishayotganini ko‘rdim. Men ularni bid’at amallar deb o‘ylasam-da, buni ishonchli manbalar bilan tasdiqlay olmayman. Agar bu amallar to‘g‘ri bo‘lmasa, ularni hikmat bilan to‘g‘rilashga harakat qilmoqchiman.
1. Duodan keyin barmoqlarga puflab, bosh barmoqlar bilan ko‘zlarni silash;
2. Duoni doimo Fotiha surasi bilan tugatish;
3. Qur’onni ko‘targanda va qo‘yishdan oldin o‘pish;
4. Namozda o‘tirganda yoki Qur’on o‘qiyotganda tebranish.
Javob
Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.
Albatta, har bir ibodat Qur’on va sahih sunnatdan dalilga asoslangan bo‘lishi kerak. Shariat qoidalaridan biri shuki, Allohga faqat U buyurgan narsa bilan ibodat qilinadi, bid’atlar bilan ibodat qilinmaydi.
Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim ushbu ishimizda (dinda, shariatda) undan bo‘lmagan narsani paydo qilsa, marduddir (rad qilingan, inkor qilingan)» dedilar» (Sahihi Muslim, 1718), ya’ni uning amali behuda, o‘ziga qaytariladi, Alloh uni qabul qilmaydi.
Duoni Fotiha surasi bilan tugatishga Qur’on va Sunnatdan dalil yo‘q. Shuningdek, barmoqlarga puflab, duodan keyin ular bilan ko‘zlarni silash ham sunnatda kelmagan.
Shuqayriy rahimahulloh: «Namozdan keyin duo tugagach, ikki bosh barmoqning tirnoqlarini o‘pib, ular bilan ko‘zlarni silash, shuningdek, namozdan keyin ikki qo‘l barmoqlarining uchlarini birlashtirib, odamlar to‘qigan ba’zi so‘zlarni aytgan holda ularni ko‘zlarga surtishni ham bid’at amal sifatida tilga olgan» («Sunnatlar va bid’atlar», 71).
Qur’onni o‘pish masalasida «Doimiy qo‘mita fatvosi» ularga yo‘llangan savol haqida quyidagicha javob bergan: «Kishining Qur’onni o‘pishining asli borligini bilmaymiz». Boshqa javobda: «Qur’oni Karimni o‘pishning joizligiga dalil borligini bilmaymiz, u o‘qish, tadabbur qilish, ulug‘lash va amal qilish uchun nozil qilingan» («Doimiy qo‘mita fatvosi», 4172).
Ibn Muflih aytadi: «Imom Ahmad rahimahulloh Qur’onni o‘pish yoki uni ko‘zga surtish haqida qat’iy «joiz» yoki «nojoiz» deb aytmagan — balki bu borada sukut saqlagan» (Odob ash-Shariy’a, 2/273).
Qozi «Al-Jomi’ al-Kabir»da shunday deydi: «U bu masalaga to‘xtalib, garchi unda hurmat va ulug‘lash ma’nosi bo‘lsa ham, shar’iy dalilsiz bu ishni qilish mustahab hisoblanmaydi».
Umar roziyallohu anhuning Ka’bagi hajarul asvad borasidagi so‘zlariga qarang:
Zayd ibn Aslam otasidan rivoyat qiladi: «Umar ibn Xattob roziyallohu anhuning Hajarul asvadni o‘pganini va «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam seni o‘payotganlarini ko‘rmaganimda, men seni o‘pmas edim», deganini ko‘rdim» (Sahihi Buxoriy, 1610).
Qiroat va namoz paytida tebranishga kelsak, bu yahudiylarning amalidan bo‘lib, bu ularning ibodatlaridagi holatlardan biridir, shuning uchun musulmon kishi atayin bunday qilishi joiz emas («Qorilarning bid’atlari», Bakr Abu Zayd, 57).
Savolingizga ko‘ra, da’vatdagi hikmatdan biri shuki, ularning qilayotgan ibodatlari va holatlariga o‘zlaridan dalil talab qiling, chunki yuqorida aytilganidek, hech bir ibodat dalilsiz qabul qilinmaydi. Dalil keltirish amal qiluvchining zimmasida, inkor qiluvchining emas.
Alloh bilguvchiroq.
Bu javob foydali bo’ldimi?