Mavzular

Yangi fatvolar

Maqolalar

Kitoblar


Saqlanganlar

Murakkab qidiruv


Loyiha haqida

Fikr bildiring

Bosh sahifa » Odob-axloq va maʼnaviyat » Axloq » Ayblangan fazilatlar » Ishq va gunohga sabab boʻluvchi narsalar » Ayolning oshig‘i uni dinni qabul qilishdan to’sdi
Fatvo: 2251

O'qildi: 15

14.12.2025

/ 23 Jumadal-oxira 1447

Fatvo mavzusi:

Ayolning oshig‘i uni dinni qabul qilishdan to’sdi

Savol

Bir g‘ayridin ayol g‘ayridin erkak bilan munosabatda bo‘lgan. U yigitining unga yaxshi munosabatda bo‘lmayotgani uchun uni tark etib, musulmon erkak bilan munosabatda bo’lishga qaror qildi. U musulmon erkakka, ya’ni menga turmushga chiqmoqchi ekanini bildirdi. Ayolning g‘ayridin yigitni endi sevmasligi va u bilan qolishni istamasligi haqidagi gapiga asoslanib, men uni qabul qilishga rozi bo‘ldim. Chunki ayol sobiq yigiti bilan zino qilganiga qaramay, Islomni qabul qilishga ahd qilgan edi. Zero, Alloh taolo insonning Islomga kirgunicha qilgan barcha gunohlarini kechiradi.
Shundan so‘ng, ayolning sobiq yigiti uning men bilan turmush qurishini bilgach, uni ketmaslikka ko‘ndirdi va ayol fikrini o‘zgartirdi. Shundan soʻng, men butunlay tushkunlikka tushib qoldim. Chunki men uni qanday bo‘lsa shundayligicha qabul qilishga tayyor edim, u Islomni qabul qilmoqchi edi, ammo keyin va’dasidan qaytdi. Bu masalaga qanday yondashishim kerak?
Bundan tashqari, uning yigiti boshqa qizlar bilan vaqt o‘tkazayotganini sezganimda (ular bilan jinsiy aloqada bo‘lganiga ishonchim komil emas), garchi menda hech qanday dalil bo‘lmasa-da, qizni yana unga qaytishga qaror qilganidan afsuslandim va uni toʻgʻrilashga harakat qildim. Bu holat meni ruhiy jihatdan qiynadi.
Qizni bu dunyoda baxtli hayot kechirsa-da, oxirat azobi haqida ogohlantirib, uni bu yoʻldan qaytarishim toʻgʻrimi? Alloh sizga rahm qilsin va sizga bu dunyoda hamda oxiratda baraka bersin

O’xshash fatvolar

Javob

Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.

Savol beruvchi aziz birodarim! Ko‘rinib turibdiki, sizda hissiy masalalar aqida va din masalasi bilan chalkashib ketgan, chunki savolingizda ayol sizni tark etib, kofir oshig‘i oldiga qaytgani, bu esa sizni ruhan sindirganini aytdingiz.

Avvalo, siz e’tiqodingiz va diniy mas’uliyatingizni shaxsiy his-tuyg‘u va nafsoniy xohishlardan xoli qilib oling. Allohning chegaralariga rioya qiling va Uning hukmlarini bajaring. Uning hukmlaridan biri Alloh taoloning quyidagi so‘zidir:

﴿ وَٱلزَّانِيَةُ لَا يَنكِحُهَآ إِلَّا زَانٍ أَوۡ مُشۡرِكٞۚ وَحُرِّمَ ذَٰلِكَ عَلَى ٱلۡمُؤۡمِنِينَ ﴾

«Zinokor ayolga faqat zinokor erkak yoki mushrik uylanur. Va bu (ya’ni, zinokor ayollarga uylanish) mo‘minlarga harom qilingandir» (Nur: 3).

Shunday ekan, bu qiz to tavba qilmagunicha uni nikohingizga olishingiz joiz emas. Bu ayol esa tavba qilmadi va kofir bilan haromga qaytdi. Shuning uchun uning ortidan afsus va nadomat chekmang.

Allohdan taqvodor, iffatli, itoatli, ro‘za tutuvchi, namoz o‘quvchi, ibodat qiluvchi, Allohning chegaralarini saqlaydigan mo‘mina ayolni sizga nasib etishini so‘rang. Shariatga ko‘ra, umid qilinadigan, so‘raladigan ayol shunday bo‘ladi, birodarim! Orzusi vaqtinchalik hissiy istak bo‘lgan, keyin esa (dindan) yuz o‘girgan bu jirkanch ayol emas!

So‘ngra sizga musulmon bo‘lmaganlarni da’vat qilishingizda shariatga rioya qilishingizni va da’vat bahonasida begona ayollar bilan suhbatlashish va taqiqlangan har qanday munosabatni o‘rnatishda yengil qaramaslikni tavsiya qilaman. Musulmon kishi begona ayollarni da’vat qilishda kitob, audio-videodarslar, elektron pochta va shu kabi vositalardan ruxsat etilgan tarzda foydalanishi kerak.

Allohdan bizlarni to‘g‘ri yo‘lga hidoyat qilishini va bizlarni halol orqali haromdan behojat qilishini so‘raymiz.

Alloh bilguvchiroqdir.

Fatvo manbasi

Maqola borasida fikringiz?

Izoh sababi
Ushbu qator to'ldirilishi shart.

Bu javob foydali bo’ldimi?

0

O’xshash fatvolar

  • Erkak va ayollarning aralashib yurishi haromligining dalillari

    Men va turmush o‘rtog‘im arab tili darslariga qatnashmoqchimiz. Lekin sinflar aralash (erkak-ayol birga o‘qiydi). Biz erkak va ayollar aralashib yurishi (bir joyda aralashib ishlashi, o‘qishi) joiz emasligini bilamiz. Aralashib yurish o‘zi nima, uning hukmi qanday? Dalillar bilan javob bersangiz.Qo‘shimcha tafsilotlar: Sinfda 10 nafar talaba bor, ularning aksariyati ayollar. Men va turmush o‘rtog‘im shu sinfda bo‘ladigan darslarda qatnashsak bo‘ladimi? Ular orasida gʻayridinlar ham bor.
  • Muhabbatning turlari va hukmlari

    Biz musulmonlar jamoasi bir suhbatda Islomdagi «muhabbat» tushunchasini aniqlashga harakat qildik. Garchi barchamiz Alloh subhanahu va taoloni sevish zarurligini va Uni, U Zotning paygʻambarlari, elchilarini sevish majburiyatimizni toʻliq anglasak-da, insonlar oʻrtasidagi muhabbatning aniq taʼrifi bormi (masalan, nasroniylarning «birodarlik muhabbati»ga oʻxshash, romantik maʼnoda emas) degan savol tugʻildi. Baʼzilar «muhabbat» faqat oila doirasida boʻladi, qolgan barchasi faqat hurmat, doʻstlik va shu kabilardir, deyishdi. Boshqalar esa muhabbat faqat er-xotin va farzandlar bilan cheklanganmi deb soʻrashdi. Yana boshqalar esa muhabbat shartli boʻlishi mumkinmi yoki yoʻqmi deb soʻrashdi. Bir fikrga koʻra, «muhabbat» (odatda ishlatiladigan maʼnoda) hatto ertaklar va nasroniy falsafasiga asoslangan bir turdagi «bidʼat» boʻlishi mumkin. Koʻpchiligimiz javob topish uchun turli manbalarni izlab koʻrdik, lekin hozirgacha aniq javob topa olmadik. Bizga yordam bera olasizmi?