O'qildi: 79
22.01.2026
/ 3 Shaban 1447
Fatvo mavzusi: Bidʼat — dindagi yangiliklar
Javob
Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.
Qur’oni Karimni tilovat qilish ulug‘ savobli amaldir. Qur’ondan qaysi bir sura o‘qilmasin, undagi har bir oyat va har bir harf uchun Alloh taolo savobni ko‘paytirib beradi. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam aytganlaridek:
Abdulloh ibn Mas’ud roziyallohu anhu xabar qiladi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim Allohning Kitobidan bir harf o‘qisa, unga bir hasana (savob) beriladi va har bir hasana o‘n barobar ko‘paytiriladi. Men «Alif, lom, mim» bir harf demayman, balki «Alif» alohida harf, «Lom» alohida harf va «Mim» alohida harfdir», dedilar» («Sunani Termiziy», 2910; Hadis hukmi: «sahih». Manba: «Sahihi Termiziy», 2910).
Boshqa hadisda kelishicha:
Abu Umoma Bohiliy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning shunday deganlarini eshitdim: «Qur’on o‘qinglar, chunki u Qiyomat kuni sohiblariga shafoatchi bo‘lib keladi» (Sahihi Muslim, 804).
Bu savob faqat Qur’onni ixlos bilan, sunnatga muvofiq o‘qigan kishiga beriladi. Ammo qiroatida (o‘qish uslubi, holati, soni yoki vaqtida) bid’at qilgan kishi savob olish u yoqda tursin, balki amali rad etilib, o‘ziga qaytariladi. Chunki Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim ushbu ishimizda* unda yo‘q narsani paydo qilsa, u marduddir», dedilar» (Sahihi Buxoriy, 2697).
Boshqa bir rivoyatda esa:
Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim ushbu ishimizda* undan bo‘lmagan narsani paydo qilsa, mardud (rad qilingan, inkor qilingan)dir» dedilar» (Sahihi Muslim, 1718).
*«Ushbu ishimiz» deganda din, shariat nazarda tutilgan.
Bu amal uchun ma’lum bir vaqt – juma kechasi ajratilgani va xos jamoat shaklida o‘qilayotgani uchun, shuningdek, bu xususda Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan hech qanday sahih dalil kelmagani bois, bu amal bid’at hisoblanadi. Shu sababli, bu ishdan saqlanish lozim.
Allohdan barchamizni haqqa yo‘llashini va sunnatga ergashishda yordam berishini so‘raymiz. Alloh taolo payg‘ambarimiz Muhammad Mustafoga baraka ato etsin.
Vallohu a’lam.
Bu javob foydali bo’ldimi?