O'qildi: 11
12.12.2025
/ 21 Jumadal-oxira 1447
Fatvo mavzusi: Nikoh shartlari
Savol
Men bir qizga nikohlanmoqchiman, lekin uning otasi boshqa mamlakatda. Hozirda men moliyaviy va boshqa sabablarga ko‘ra uning oldiga borib, barchamiz jamlanib nikoh aqdini amalga oshirishga imkonim yo‘q. O‘zim g‘arb mamlakatida yashayman. Men uning otasi bilan telefon orqali gaplashsam va u menga: «Senga qizim falonchini nikohladim», deb aytsa, men: «Qabul qildim», desam nikoh bog‘lanadimi?
Agar qiz ham rozi bo‘lsa va ikkita musulmon guvoh telefonning ovoz kuchaytirgichi orqali bizning suhbatimizni eshitsa, bu shariatga ko‘ra to‘g‘ri nikoh aqdi hisoblanadimi?
O’xshash fatvolarJavob
Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.
Men bu savolni hurmatli muftiy, alloma Shayx Abdulaziz ibn Abdulloh ibn Bozga yubordim. U zot hafizahulloh: «Agar aytilgan gaplar haqiqatga to‘g‘ri kelsa (va bunda hech qanday aldov bo‘lmasa), Islom shariatiga ko‘ra, nikoh aqdi shartlaridan ko‘zlangan maqsad amalga oshgan hisoblanadi va nikoh sahih bo‘ladi», deb javob berdi.
Alloh bilguvchiroqdir.
Bu javob foydali bo’ldimi?