O'qildi: 11
11.12.2025
/ 20 Jumadal-oxira 1447
Fatvo mavzusi: Qazo namozlari
Savol
Namoz o‘qishda e’tiborsizlikka yo‘l qo‘ygan kishining namozlari hukmi qanday bo‘ladi? Oramizda namozlarini bir o‘qib, bir o‘qimaydiganlar ko‘p. Ba’zilar o‘ttiz yoki qirq yoshdan keyin namozlarni muntazam o‘qishni boshlaydilar. Ular o‘qishda e’tiborsizlik qilgan qazo namozlari va Ramazon ro‘zalarining hukmi qanday bo‘ladi?
O’xshash fatvolarJavob
Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.
Bunday shaxs agar namozning farzligini inkor etmagan bo‘lsa, olimlarning eng to‘g‘ri ikki fikridan biriga ko‘ra, katta kufr sodir etgan bo‘ladi. Ammo namozning farzligini inkor qilgan bo‘lsa, u olimlar ijmo’siga ko‘ra kofir hisoblanadi. Agar u tavba qilib, farz namozlarni o‘qisa, Ramazon ro‘zasini tutsa va shunday amal qilishda davom etsa, u musulmon deb hukm qilinadi. Ammo, qoldirgan namozlarini qayta o‘qimaydi:
Ibn Shamosa Mahriydan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Islom o‘zidan oldin bo‘lib o‘tgan ishlarni yo‘q qilib yuboradi», dedilar» (Sahihi Muslim, 121).
Sahobalar roziyallohu anhum Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhu davrida murtad bo‘lganlarga qarshi jang qilganlarida, ulardan Islomga qaytganlarni qazo bo‘lgan namoz yoki ro‘zalarini qayta o‘qishga buyurishmagan. Ular Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamdan keyingi Allohning shariatini eng yaxshi biladigan kishilardir.
Alloh bilguvchiroqdir.
Bu javob foydali bo’ldimi?