O'qildi: 34
10.12.2025
/ 19 Jumadal-oxira 1447
Fatvo mavzusi: Qazo namozlari
Savol
Qirq yoshida Islomni qabul qilgan odam o‘tkazib yuborgan namozlarini qazo qilishi kerakmi?
O’xshash fatvolarJavob
Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.
Islomni qabul qilgan kishi kofirlik davridagi namoz, ro‘za va zakotlarni qazo qilishi shart emas. Bunga Alloh taoloning quyidagi oyatlari dalil bo‘ladi:
«(Ey Muhammad alayhis-salotu vas-salom), kofir bo‘lgan kimsalarga aytingki, agar (kofirliklaridan) to‘xtasalar, o‘tgan gunohlari mag‘firat qilinur» (Anfol: 38).
Ibn Shamosa Mahriytdan rivoyat qilinadi: «Islom o‘zidan oldin bo‘lib o‘tgan ishlarni yo‘q qilib yuboradi» (Sahihi Muslim, 121)
Shuningdek, Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam Islomni qabul qilgan biror kishiga kofirlik davrida bajarilmagan islomiy farzlarni qazo qilishni buyurmaganlar. Bu masalada barcha ulamolar bir fikrda yakdildirlar.
Alloh bilguvchiroqdir.
Bu javob foydali bo’ldimi?