O'qildi: 34
08.12.2025
/ 17 Jumadal-oxira 1447
Fatvo mavzusi: Namoz o’qiladigan joylar
Savol
Amerika Qo‘shma Shtatlarining ko‘plab shtatlarida musulmonlar juma namozini o‘qish uchun arzon yoki bepul ijaraga beriladigan ayrim cherkovlardan boshqa munosib joy topa olmaydilar. Ayrim talabalar cherkovlarda namoz o‘qishning durustligi haqida Ibn Umardan rivoyat qilingan: «Cherkovlarda, yahudiylar ibodatxonalarida, qabristonlarda va Allohdan boshqasi uchun so‘yiladigan joylarda namoz o‘qishning taqiqlanishi», haqidagi rivoyatga tayanib munozara boshlashdi. Shu fikrga asoslanib, ba’zi musulmonlar juma namoziga kelishdan bosh tortishdi. Iltimos, bu holatda to‘g‘ri hukm bilan bizni foydalantiring, toki bu jamiyatdagi musulmonlar orasidagi ziddiyatlarni yengib o‘tishga imkonimiz bo‘lsin. Alloh sizga yaxshilik ato qilsin.
O’xshash fatvolarJavob
Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.
Agar namoz o‘qish uchun cherkovlardan boshqa joylarni topish imkoni bo‘lsa, cherkov va shunga o‘xshash joylarda namoz o‘qish joiz emas. Chunki ular kofirlarning ibodatxonalari bo‘lib, u yerlarda Allohdan boshqasiga sig‘iniladi. Shuningdek, u yerda haykallar va tasvirlar mavjud. Ammo, boshqa joy topilmasa, bu yerda namoz o‘qish zarurat tufayli joizdir.
Imom Buxoriy: «Cherkovda namoz o‘qish haqida»gi bobda: Umar roziyallohu anhu: «Biz suratlaringiz sababidan cherkovlaringizga kirmaymiz», degan. Ibn Abbos roziyallohu anhumo suratlari bor cherkovdan boshqasida namoz o‘qiyverar edilar.
Vallohu a’lam.
Bu javob foydali bo’ldimi?