Mavzular

Yangi fatvolar

Maqolalar

Kitoblar


Saqlanganlar

Murakkab qidiruv


Loyiha haqida

Fikr bildiring

Fatvo: 2176

O'qildi: 185

05.12.2025

/ 14 Jumadal-oxira 1447

Fatvo mavzusi:

Qon tahoratni buzadimi?

Savol

Qon chiqishi tahoratni buzadigan amallardan sanaladimi? Bu haqda ma’lumot berishingizni iltimos qilaman.

O’xshash fatvolar

Javob

Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.

Jinsiy a’zodan boshqa joylardan qon chiqishi tahoratni buzishi haqida shar’iy dalil bilmaymiz va asl holatga ko‘ra u buzuvchi emas. Ibodatlardagi asl hukm tavqif (vahiyga asoslanish) sanaladi va biror kishining dalilsiz bu ibodat mashru’ deb aytishi joiz emas. Ba’zi ahli ilmlar jinsiy a’zodan boshqa joylardan urfga ko‘ra ko‘p miqdorda qon chiqishi tahoratni buzadi deb hisoblaydilar. Bu holatga tushgan kishi tahorat olsa, ehtiyot yuzasidan va ixtilofdan chiqish uchun bu yaxshidir. Chunki Payg‘ambar sollallohu alayhi va sallam aytganlar:

عَنْأَبِي الْحَوْرَاءِ السَّعْدِيِّ قَالَ: قُلْتُلِلْحَسَنِ بْنِ عَلِيٍّ: «مَا حَفِظْتَ مِنْ رَسُولِ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ؟ قَالَ: حَفِظْتُ مِنْ رَسُولِ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ، دَعْ مَا يَرِيبُكَ إِلَى مَا لَا يَرِيبُكَ…»

Abul Havro as-Sa’diydan rivoyat qilinadi, u aytdi: Men Hasan ibn Aliga: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan nimani yod olgansiz?» dedim. U dedi: «Men Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan (quyidagini) yod olganman: «Seni shubhaga soladigan narsani qo‘yib, shubha solmaydiganiga o‘t…» (Termiziy, 2518; Hadis hukmi: «sahih». Manba: «Sahihul Jome’», 3378).

Alloh bilguvchiroqdir.

Fatvo manbasi

Maqola borasida fikringiz?

Izoh sababi
Ushbu qator to'ldirilishi shart.

Bu javob foydali bo’ldimi?

2

O’xshash fatvolar

  • Qon topshirish tahoratni buzadimi?

    Musulmon kishi donorlik qilib qon topshirishi joizmi? Agar qon topshirsa, qon topshirgandan keyin tahorat olmasdan namoz o‘qishi joizmi?
  • Ayolga teginish tahoratni buzadimi?

    Inson kun davomida xotiniga biror narsa berish va olishdan xoli bo‘la olmaydi. Agar tahoratli kishi xotinining qo‘liga tegsa, tahorati buziladimi?
  • Me’dadan chiqqan narsa tahoratni buzmaydi

    Biror narsani ichganda yoki yeganda achchiq modda chiqsa-yu, lekin u oz miqdorda bo‘lib, og‘izni to‘ldirmasa yoki faqat tomoqning yuqori qismiga yetib, yana pastga tushsa, bu tahoratni buzadimi?
  • Ayolning old avratidan yel chiqishi

    Ayolning old avratidan chiqadigan havo tahoratni buzadimi?
  • Qorindagi gazlar harakati

    Agar kishi tahoratli bo‘lsa-yu, qornida gaz ovozini eshitsa, ammo bu gaz orqa avrat orqali chiqmasa, bunday holat haqidagi hukm qanday? U tahoratli holatda qoladimi yoki tahorati buzilgan sanaladimi?
  • Hojatdan keyin siydik tomib qolishi

    Peshob qilish asnosida jinsiy a’zosini siqib, siygandan so‘ng undan tomchi chiqayotgan kishiga nima vojib bo‘ladi? Bu tomchilar u hojatini tugatgandan bir daqiqa yoki undan ko‘proq vaqt o‘tgach, ba’zi hollarda esa tahoratni tugatgandan keyin beixtiyor paydo bo‘ladi. U nima qilishi kerak va agar bir necha marta yuvgandan so‘ng bu holat to‘xtasa, unga nima vojib bo‘ladi?