Mavzular

Yangi fatvolar

Maqolalar

Kitoblar


Saqlanganlar

Murakkab qidiruv


Loyiha haqida

Fikr bildiring

Bosh sahifa » Odob-axloq va maʼnaviyat » Odob » Ikki jins orasidagi munosabatlar » Ayollar erkak doktorda davolanishi joizmi?
Fatvo: 2152

O'qildi: 205

30.11.2025

/ 9 Jumadal-oxira 1447

Fatvo mavzusi: »

Ayollar erkak doktorda davolanishi joizmi?

Savol

Erkak shifokorning muslima ayolni davolashining hukmi qanday?

O’xshash fatvolar

Javob

Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.

Asl hukm shundan iboratki, agar ayol mutaxassis shifokor mavjud bo‘lsa, u bemorni ko‘rikdan o‘tkazishi lozim. Agar buning imkoni bo‘lmasa, kofira ayol boʻlsa ham biror ishonchli shifokor bu vazifani bajarishi kerak.

Agar bu ham imkoni bo‘lmasa, musulmon erkak shifokor buni amalga oshiradi. Agar musulmon erkak shifokor topilmasa, g‘ayridin erkak shifokor quyidagi shartlar asosida ayol kishini davolashi joiz:

  1. U faqat kasallikni aniqlash va davolash uchun zarur bo‘lgan ayol tanasining qismlarinigina tekshirishi, bundan tashqari joylarga qaramasligi va iloji boricha nigohini olib qochishi kerak.
  2. Bundan tashqari, xilvatda qolmaslik uchun erkak shifokorning ayolni davolashi mahram, er yoki ishonchli ayol huzurida bo‘lishi lozim.

Alloh bilguvchiroqdir.

Fatvo manbasi

Maqola borasida fikringiz?

Izoh sababi
Ushbu qator to'ldirilishi shart.

Bu javob foydali bo’ldimi?

5

O’xshash fatvolar

  • Sevib qolgan yigit nima qilishi kerak?

    Men hozirda Britaniya universitetlaridan birida o‘qiyman va universitetda menga yoqib qolgan bir qiz bor.Men u bilan hech qachon gaplashmaganman. Odatda qizlar bilan gaplashmayman. Biroq, ba’zan salomlashib turamiz.Men Islom shariatiga amal qilgan holda ayollar bilan gaplashmaydigan bo‘lsam, unga qanday qilib turmush qurishni taklif qilishim mumkin? Buning eng yaxshi yo‘li qanday?Borib u bilan gaplashib, shar’iy chegaralardan chiqmagan holda avval tanishib ko‘raymi? Yoki unga to‘g‘ridan to‘g‘ri turmushga chiqishni taklif qilaymi?Agar unga avval tanishmasdan to‘g‘ridan to‘g‘ri turmushga chiqishni taklif qilsam, u meni yaxshi tanimagani uchun va u men mansub bo‘lgan madaniyatdan boshqa madaniyatga mansub bo‘lgani uchun taklifimni darhol rad etishidan qo‘rqaman. Boshqa tomondan, agar u bilan tanishish maqsadida gaplashsam, bu qilmishim Islomga zid bo‘lishidan qo‘rqaman.Men qiyin ahvoldaman, qanday yo‘l tutsam eng to‘g‘ri bo‘ladi?
  • Sehrdan saqlanishning shar’iy vositalari

    Sehr sodir bo‘lishidan oldin undan saqlanishning shar’iy vositalari bormi?
  • Islomda ayol kishi bilan muomala qilish

    Men musulmon bo‘lmoqchiman. Biroq avvalgi hayotim borasida xavotirlarim bor. O‘tmishdagi tajribalarim Allohning to‘g‘ri yo‘liga ergashishimga to‘sqinlik qilishidan qo‘rqaman. Ochiqchasiga gapirganim uchun meni ma’zur tutasiz.Islomda erkak va ayolning nikohsiz munosabatda bo‘lishi halol emas. Shu sababli Islomni qabul qilishdan oldin ichimda kurash avj olayotganini his qilyapman. Ammo men Islomni qabul qilishdan oldin bu narsalarga boshqacha qarardim. Endi esa o‘tmishimdagi ishlarimni Islom harom qilgani haqida ko‘p o‘qidim.Savolim, ayollar bilan munosabatda, istaklarim va shariat taqiqlagan narsalar o‘rtasida qanday muvozanat oʻrnatishim mumkin? Qanday yo‘l tutishim kerak-ki, bu istaklar meni yana gunohga boshlamasin va Islomdan uzoqlashtirmasin?
  • Nomahramlar bilan qo‘l berib salomlashish

    Erkak kishiga nomahram ayol bilan qo‘l berib salomlashish harommi?
  • Davolanish hukmi

    Agar bemor kasallikning so‘nggi bosqichida bo‘lsa va davolash samarasiz bo‘lganda (oz umid bilan), bemor davolanishni tark qilsa boʻladimi? Chunki davolashning nojo‘ya ta’sirlari boʻlib, bemor azoblanishni xohlamaydi. Umuman olganda, musulmon kishi davolanishi shartmi yoki bu ixtiyoriy ishmi?
  • Qon topshirish hukmi

    Birovga qon berish (donorlik qilish) hukmi qanday?