Mavzular

Yangi fatvolar

Maqolalar

Kitoblar


Saqlanganlar

Murakkab qidiruv


Loyiha haqida

Fikr bildiring

Bosh sahifa » Fiqh asoslari » Fiqh » Muomalalar » Savdo-sotiqqa oid savollar » Ribo — sudxoʻrlik » Obligatsiyalar (qimmatli qogʻozlar) savdosi joizmi?
Fatvo: 2143

O'qildi: 455

28.11.2025

/ 7 Jumadal-oxira 1447

Fatvo mavzusi:

Obligatsiyalar (qimmatli qogʻozlar) savdosi joizmi?

Savol

Belgilangan daromad keltiradigan obligatsiyalar bilan savdo-sotiq qilishning shar’iy hukmi nima?

O’xshash fatvolar

Javob

Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.

Obligatsiya – emitent (chiqaruvchi) egasiga muddati kelganda nominal qiymatni to‘lash, shuningdek obligatsiyaning nominal qiymati bo‘yicha kelishilgan foizlarni yoki kelishilgan daromadni (lotereya yutuqlari, bir martalik to‘lov yoki chegirma shaklida) to‘lash majburiyatini olgan sertifikatdir.

Islom Fiqhi Akademiyasi obligatsiya bitimlarining hukmini o‘rganib chiqib, quyidagi qarorni qabul qilgan:

Birinchi: Asosiy summa bilan birga foiz yoki shartnomaviy daromadni to‘lash majburiyatini aks ettiruvchi obligatsiyalarni chiqarish, sotib olish yoki muomalaga kiritish shar’an haromdir. Chunki ular sudxo‘rlik qarzlari hisoblanadi. Unda emitentning kim boʻlishining ahamiyati yoʻq, u xoh xususiy yoki davlat tashkiloti bo‘lishidan qat’i nazar hukm oʻzgarmaydi. Ularni sertifikat, investitsiya hujjati yoki jamg‘arma sertifikati deb atash, sudxo‘rlik foizini foyda, komissiya yoki daromad deb nomlashga oʻxshaydi va ularning mohiyatini o‘zgartirmaydi.

Ikkinchi: Yutuqli obligatsiyalar ham haromdir, chunki ular barcha qarz beruvchilar yoki ularning bir qismi uchun (aniq belgilanmagan) qo‘shimcha foyda yoki shartli qarz hisoblanadi. Bundan tashqari, ularda qimor shubhasi ham bor.

Uchinchi: Harom obligatsiyalarga ruxsat etilgan muqobillar orasida (chiqarish, sotib olish yoki muomalaga kiritish nuqtai nazaridan) muayyan loyiha yoki investitsiya faoliyati uchun muzoraba asosida chiqariladigan obligatsiyalar yoki sukuklar mavjud. Bunda mulkdorlar qat’iy belgilangan foiz yoki foyda olmaydilar, balki o‘zlariga tegishli obligatsiyalar yoki sukuklar miqdoriga mutanosib ravishda loyiha foydasidan ulush oladilar. Ular bu foydani faqat u haqiqatda yuzaga kelgandagina oladilar.

Alloh bilguvchiroqdir.

Fatvo manbasi

Maqola borasida fikringiz?

Izoh sababi
Ushbu qator to'ldirilishi shart.

Bu javob foydali bo’ldimi?

-1

O’xshash fatvolar

  • Haromligini bilishdan oldin kasb qilingan ribo molidan qutulish kerakmi?

    Bir kishi bankka qo‘ygan mablag‘lari uchun foiz olishga odatlangan edi. Keyinchalik bu ishning harom ekanligini bildi va foiz olishni to‘xtatdi. Shundan so‘ng u tavbasining shartlarini to‘liq ado etish uchun bu pulni xayriya qilishi kerakligini his qildi, ammo u ikki muammoga duch keldi: Birinchidan, u oldin bankdan olgan foizning to‘g‘ri miqdorini hisoblay olmaydi. Ikkinchidan, bu shaxsning hozirgi paytda mavjud jamg‘armasi avvalgi yillarda bankdan olgan foiz miqdoridan kamroq. Yuqoridagilarga asoslanib, quyidagilarga javob berishingizni so‘raymiz: 1. Bu shaxs tavbasining shartlaridan bankdan olgan barcha foiz miqdorlariga teng bo‘lgan to‘g‘ri summani xayriya qilish kerakmi? 2. Agar yuqoridagi savolga javobingiz ijobiy bo‘lsa, o‘zi va oila a’zolarining asosiy ehtiyojlarini ta’minlagandan so‘ng unda mavjud bo‘lishi mumkin bo‘lgan har qanday mablag‘larni darhol xayriya qilishi kerakmi? Masalan, bu shaxs zaruriy ehtiyojlardan hisoblanmaydigan, ammo ahamiyatdan xoli bo‘lmagan narsalarni sotib olishi joizmi? Misol uchun, uy-joy, taom, kiyim-kechak, dori va transport vositalaridan tashqari kompyuter ham sotib olishi joizmi? 3. Agar ikkinchi savolga ham javobingiz ijobiy bo‘lsa, ushbu shaxs bank foiziga teng miqdordagi mablag‘ni xayriya qilishdan oldin o‘z ixtiyoriga kelib qolishi mumkin bo‘lgan har qanday mablag‘ bilan haj ibodatini ado etishi joizmi?
  • Bank orqali uy sotib olish joizmi?

    Britaniya bankidan uy sotib olish uchun foizli qarz olish joizmi?
  • Ribo evaziga qurilgan masjidda namoz o‘qish joizmi?

    Biz yashaydigan hududda Islom markazi qurildi. Bu yerdagi musulmonlar katta foizli qarz olib, mulkni sotib olishgan. Masjid qurilishida ham foizli qarz ishlatilgan. Musulmon talabani ushbu masjidda namoz o‘qishi yoki tadbirlarda ishtirok etishi harommi? Yoki uning o‘rniga boshqa masjidlarga borishi kerakmi?
  • Kreditga sotib olingan buyumdan foydalanish

    Ota-onam menga mashina sotib olishdi va hozirda uning qiymatini foiz bilan to‘lashmoqda. Bu mashinadan foydalanishim joizmi yoki yo‘qmi? Shuni ham aytib o‘tishim kerakki, ota-onam hali ham to‘lovlarni amalga oshirib kelmoqda.
  • Kechikkan to‘lov uchun jarima solish hukmi

    Men avtomobillarni islom shariatiga muvofiq bo‘lib-bo‘lib toʻlashga, nasiyaga sotaman, ya’ni foiz olmayman, lekin o‘zimni himoya qilish maqsadida, agar xaridor to‘lovni kechiktirsa, jarima undiraman. Bu ishim joizmi?
  • Sudxo‘rlikka asoslangan jamiyatda sudxo‘rlik bilan shug‘ullanish joizmi?

    Sudxo‘rlikka asoslangan jamiyatda musulmon kishi sudxo‘rlik qilishi joizmi?