O'qildi: 47
Noyabr 23, 2025
/ 2 Jumadal-oxira 1447
Fatvo mavzusi: Kitoblarga iymon keltirish » Qurʼonning fazilatlari
Savol
Men jahon dinlari bo‘yicha kurs o‘qiyapman va quyidagi savolga javob topishda qiynalmoqdaman: Islom an’analariga ko‘ra Qur’oni Karim hukmronligining tabiati qanday? Haniyf islom merosi nuqtai nazaridan Qur’oni Karimning Islom shariatidagi o‘rni qanday?
O’xshash fatvolarJavob
Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.
Alloh taolo Qur’oni karimni insonlarga shariat masalalari, halol va harom amallar, amr va nahy borasida murojaat qilish manbai sifatida nozil qilgan. Insonlar uning ko‘rsatmalariga itoat etishlari, qaytargan narsalaridan tiyilishlari, halol deb hukm qilganini halol, harom deb hukm qilganini harom deb bilishlari lozim. Unda bizdan oldin yashab o‘tganlar haqida hikoyalar, bizdan keyin keladiganlar to‘g‘risida xabarlar va oramizda yuz beradigan masalalar uchun hukmlar mavjud. Alloh taolo shunday deydi:
«Kitobga hech narsani qo‘ymay yozganmiz» (An’om: 38).
Qur’onning nozil bo‘lishi tugagandan so‘ng Alloh azza va jalla aytdi:
«Bugun sizlarga diningizni komil qildim» (Moida: 3).
Sunnat esa Qur’onni tushuntiruvchi va to‘ldiruvchi bo‘lib keldi. Payg‘ambar sollallohu alayhi va sallam dedilar: «Ogoh bo‘lingki, menga Qur’on va u bilan birga uning misli berildi». «Uning misli» sunnat demakdir. Bu sahih hadis. Alloh azza va jalla bu ikki dasturga murojaat qilishni buyurdi. U Zot aytadi:
«Bordiyu biron narsa haqida talashib qolsangiz, u narsani Allohga va payg‘ambariga qaytaringiz!» (Niso: 59).
Allohga qaytarish – Qur’onga qaytarish degani, Rasulga qaytarish – sunnatga qaytarish demakdir. Shunday ekan, Qur’on qonunchilikning birinchi manbasi bo‘lib, sunnat undan keyingi oʻrinda turadi.
Alloh biluvchiroqdir.
Bu javob foydali bo’ldimi?