Mavzular

Yangi fatvolar

Maqolalar

Kitoblar


Saqlanganlar

Murakkab qidiruv


Loyiha haqida

Fikr bildiring

Bosh sahifa » Eʼtiqod masalalari » Iymon » Jinlar, sehr va nazarga iymon » Payg‘ambar sollallohu alayhi va sallamga sehrning ta’siri
Fatvo: 2070

O'qildi: 179

19.11.2025

/ 28 Jumadal-ula 1447

Fatvo mavzusi: » »

Payg‘ambar sollallohu alayhi va sallamga sehrning ta’siri

Savol

Ibodatda hech kim tenglasha olmaydigan Payg‘ambar sollallohu alayhi va sallamdek zotga qanday qilib sehr qilishgan?

O’xshash fatvolar

Javob

Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.

To‘g‘risi, Payg‘ambar sollallohu alayhi va sallamga qilingan sehr u zotning tanasiga, aqliga, idrokiga, diniga, ibodatiga va yetkazish bilan vazifalangan risolasiga zarar yetkazmagan. Shu sababli hech kim uning hayot tarzida, namozlarida, zikrlarida, ta’limida yoki odamlar bilan muomalasida biron narsani inkor qilmagan.

Sehrning ta’siri faqat ayollarga yoki ba’zi xotinlari bilan jimo qilish masalasiga taalluqli bo‘lgan. Shuning uchun buni faqat Oisha roziyallohu anho rivoyat qilgan. U zot Payg‘ambar sollallohu alayhi va sallam ayollarga yaqinlashgandek tuyulib, aslida yaqinlashmaganini zikr qilgan.

Bu darajadagi sehr risolaga ta’sir qilmaydi. Bu Allohning qadari va sinovidir. Uning hikmati shuki, Alloh ba’zi solih kishilarni, jumladan payg‘ambarlarni ham sinovdan o‘tkazadi. Insonlarning eng qattiq sinalgani payg‘ambarlar, keyin ulardan keyingilar, keyin esa ulardan keyingilar bo‘lgan.

(Shayx Abdulloh ibn Jibriynning «Al-Lu’lu’ al-Makiyn min fatava ash-shayx Abdulloh ibn Jibriyn» kitobidan, 65-bet.)

Alloh bilguvchiroqdir.

Fatvo manbasi

Maqola borasida fikringiz?

Izoh sababi
Ushbu qator to'ldirilishi shart.

Bu javob foydali bo’ldimi?

0

O’xshash fatvolar

  • Qalbimizda Payg‘ambar sollallohu alayhi va sallamga bo‘lgan muhabbatni qanday oshiramiz?

    Musulmon kishi Payg‘ambar sollallohu alayhi va sallamga bo‘lgan muhabbatini dunyodagi hamma narsadan ko‘ra oshirish uchun nima qilishi mumkin?
  • Jinlar olami

    Qur’oni Karimda jinlar haqida o‘qidim, ammo ular haqiqatda nimaligini bilmayman. Iloji bo‘lsa, ular haqida qo‘shimcha ma’lumot berishingizni so‘rayman.
  • Oisha onamizning nikohlari

    Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning Oisha roziyallohu anhoga uylanishlari haqida savol bermoqchiman. Bilishimcha, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam tushlarida Oisha roziyallohu anhoga uylanishlarini ko‘rganlar. Bu Alloh taolo u zotga shunday qilishni buyurganini anglatadi. O‘shanda Oisha roziyallohu anho 6 yoki 7 yoshda edi. Agar bu ma’lumot to‘g‘ri bo‘lsa, demak bizda mantiqiy javob bor. Ammo, buni tasdiqlovchi Qur’on oyati yoki biron hadis bormi?
  • Payg‘ambar sollallohu alayhi va sallamning martabalari

    Payg‘ambar Muhammad sollallohu alayhi va sallamning yuksak martabalarini bilishni istardim.
  • Odamga jin kirishi haqida

    So‘nggi kunlarda jinlarning inson tanasiga kirishi masalasi ko‘tarildi va bu aqlga sig‘maydigan holat deb da’vo qilinmoqda! Chunki yaratilishda asosiy farq bor: insonlar loydan, jinlar esa olovdan yaratilgan. Shaytonlar faqat vasvasa qilish qobiliyatigagina ega, Alloh ularga insonlar ustidan hukm yuritish huquqini bermagan! Shuningdek, bu boradagi yozib olingan videolavhalar esa dalil bo‘la olmasligi aytilmoqda. Siz bu haqda qanday fikrdasiz?
  • Jin odamni o‘ldiradimi?

    Men sehrgarlik haqida ma’lumot olishni xohlayman. Uning ta’siri qanday? Sehrgar undan odam o‘ldirish uchun foydalanishi mumkinmi?