Mavzular

Yangi fatvolar

Maqolalar

Kitoblar

Namoz


Saqlanganlar

Murakkab qidiruv


Loyiha haqida

Fikr bildiring

Bosh sahifa » Eʼtiqod masalalari » Mazhab va dinlar » Mazhab va firqalar » Najot topuvchi jamoaning xususiyatlari
Fatvo: 206

O'qildi: 516

30.05.2025

/ 3 Zulhijja 1446

Fatvo mavzusi: »

Najot topuvchi jamoaning xususiyatlari

Savol

Musulmon ergashishi lozim boʻlgan jamoaning shariat boʻyicha shartlari qanday?

O’xshash fatvolar

Javob

Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.

Najot topuvchi toifaning xususiyatlari


Najot topuvchi toifa kimlar?


Haqqa ergashish va najot topuvchi firqa, salafi solihlarning izdoshlari boʻlgan ahli sunna val–jamoaning safida boʻlish musulmon kishiga vojibdir. Ularni Alloh uchun yaxshi koʻrishi, ular qayerda boʻlsalar ham, bitta yurtda yoki boshqa joyda boʻlishidan qatʼi nazar, ular bilan ezgulik va taqvo yoʻlida hamkorlik qilishi, ular bilan birga Allohning dinini himoya qAb-ushi lozim.

Najot topuvchi toifaning xususiyatlari haqida bir necha sahih hadislar kelgan. 

Quyida ushbu hadislardan baʼzilarini zikr qilamiz:

عن معاوية رضي الله عنه قال : سمعت النبي صلى الله عليه وسلم يقول: لا يَزالُ مِن أُمَّتي أُمَّةٌ قائِمَةٌ بأَمْرِ اللَّهِ، لا يَضُرُّهُمْ مَن خَذَلَهُمْ، ولا مَن خالَفَهُمْ، حتّى يَأْتِيَهُمْ أمْرُ اللَّهِ وهُمْ على ذلكَ.

Muoviya raziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallamning «Ummatimdan bir jamoa Allohning amrini qoim qilib boraveradi. Ularni yolgʻonchiga chiqarganlar ham, ularga qarshi chiqqanlar ham ularga zarar yetkaza olmaydi. Allohning amri kelgunicha ular shu holatda boʻlishadi», deganlarini eshitdim» (Sahihi Buxoriy, 7460).

 

عن عمر بن الخطاب رضي الله عنه قال : قال رسول الله صلى الله عليه وسلم : لا تَزالُ طائِفَةٌ من أُمَّتي ظاهِرِينَ على الحَقِّ حتى تَقُومَ السّاعَةُ

Umar ibn Xattob raziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam dedilar: «Ummatimdan bir jamoa to qiyomatgacha haq ustida gʻolib boʻladi» (Hokim, Mustadrak: 8609. Sahih hadis).

 

عن المغيرة بن شعبة رضي الله عنه قال : سمعت النبي صلى الله عليه وسلم يقول : لا يَزالُ مِن أُمَّتي قَوْمٌ ظاهِرِينَ على النّاسِ، حتّى يَأْتِيَهُمْ أمْرُ اللَّهِ

Mugʻiyra ibn Shuʼba roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallamning «Ummatimdan bir qavmga Allohning amri kelguncha ular odamlar ustidan gʻolib boʻlib turaverishadi», deganlarini eshitdim» (Sahihi Buxoriy, 7459).

 

عن عمران بن حصين رضي الله عنه قال : قال رسول الله صلى الله عليه وسلم لا تزالُ طائفةٌ مِن أُمَّتي يُقاتِلونَ على الحقِّ ظاهِرينَ على مَنْ ناوَأَهُم حتّى يُقاتِلَ آخِرُهُم المَسيحَ الدَّجّالَ.

Imron ibn Husayn raziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam dedilar: «Ummatimdan bir jamoa haqiqat yoʻlida jang qiladi. Ularga qarshi boʻlganlarga ustun boʻladi. Ularning oxirgisi Masih Dajjol bilan jang qiladi» (Imomi Ahmad, 19920; Abu Dovud, 2484; Alboniy sahih degan).

 

Bu hadislarning maʼnosidan bir necha hukmlar kelib chiqadi:

  1. Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning «Mening ummatimdan bir jamoa» deyishlari ular ummatning bir boʻlagi ekaniga ishora qiladi, yaʼni butun ummat emas. Bu yana ummat ichida boshqa jamoalar ham borligini koʻrsatadi.
  2. «Ularga qarshi chiqqanlar ham ularga zarar yetkaza olmaydi» deyishlari boshqa toifalar ham borligini va ular najot topuvchi toifaga qarshi chiqishini bildiradi. Bu, shuningdek, «Ummat yetmish ikki firqaga boʻlinadi» degan hadisga ham mos keladi. Chunki boshqa jamoalar haqiqiy najot topuvchi jamoaga qarshi boʻlishadi.

Bu hadislar haq ahli uchun bashoratdir. Chunki bu dalillar najot topuvchi jamoa bu dunyoda zafar, gʻalaba va ustunlikka erishishini anglatadi.

 

Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning «Allohning amri kelguncha» deyishlaridan maqsad — qiyomat yaqinlashganda, mayin shaboda esib, har bir moʻmin va moʻminani jonini oluvchi shabadadir.

Bu «Ummatimdan bir toifa qiyomatgacha haqiqatda boʻladi» degan hadisga zid emas, chunki ularning hammasi haqiqatda boʻlib, qiyomat yaqinlashganda oʻsha shabada ularni olib ketadi.

Najot topuvchi toifaning xususiyatlari

Ushbu hadislar va boshqa rivoyatlardan kelib chiqadigan xususiyatlar quyidagilardir:

  1. Ular haqiqatdadirlar:
    • Hadislarda ular «haqda», «Allohning buyrugʻida», «ushbu dinda» boʻlishi aytiladi. Bu iboralar ularning Rasululloh sallallohu alayhi va sallam olib kelgan haqiqiy dinda mustahkam ekanliklarini koʻrsatadi.
  2. Ular Allohning buyrugʻini bajaruvchilardir:
    • Bu ular boshqa insonlardan daʼvat bayrogʻini koʻtarish bilan ajralib turishini va yaxshilikka buyurish va yomonlikdan qaytarish vazifasini bajarishlarini anglatadi.
  3. Ular qiyomatgacha ustundirlar:
    • Hadislarda bu toifaning Allohning amri kelguncha gʻalaba qozonishi va haq uzra gʻolib boʻlishlari taʼkidlangan. Ularning bu ustunligi:
      • Holatlarini ochiq-oydinligi, berkinib, yashirinmasdan hammaga maʼlumligi;
      • Haqda va dinda sobitlik, Allohning amrlarini bajarish va dushmanlariga qarshi jihod qilish demakdir;

Hadislardagi «Zuhur» soʻzi gʻalaba va ustunlik maʼnosida.

  1. Ular sabrli va matonatlidirlar:
عن أبي ثعلبة الخشني — رضي الله عنه — أن النبي — صلى الله عليه وسلم — قال: فإنَّ مِن ورائِكم أيامَ الصَّبرِ، الصَّبرُ فيه مِثلُ قَبضٍ على الجَمرِ

Abu Saʼlabadan rivoyat qilingan hadisda, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam dedilar: «Sizlardan keyin kelajakda sabr kunlari boʻladi, u kunlarda sabr qilish xuddi olovli choʻgʻni qoʻlga ushlashdek boʻladi» (Termiziy, 3058, Abu Dovud, 4341, Ibn Moja, 4014, Alboniy sahih degan).

Najot topuvchi toifa kimlar?

Imom Buxoriy: «Ular ahli ilmlar», degan.

Koʻpgina ulamolar taʼkidlaydilarki: Najot topuvchi toifa – ahli hadislardir.

Imom Navaviy aytadi: «Bu toifa turli moʻminlar orasida tarqalgan boʻlishi mumkin: ularning baʼzilari jasur jangchilar, baʼzilari fiqh ahli, baʼzilari hadis roviylari, baʼzilari zohidlar, baʼzilari yaxshilikka buyurib, yomonlikdan qaytaruvchilardir. Shuningdek, ularning orasida boshqa turdagi solih kishilar ham boʻlishi mumkin».

U kishi yana shunday deydi: «Bu toifa moʻminlarning turli guruhlaridan iborat boʻlishi mumkin: jangda jasur va mohir, fiqhni chuqur biladigan, hadis roviylari, mufassirlar, yaxshilikka buyurib, yomonlikdan qaytaruvchilar, zohidlar va obidlar».

Ibn Hajar rahimahulloh bu masalani batafsil bayon qilib aytadilar: «Bu toifa faqat bir joyda toʻplanishi shart emas. Ular bir qitʼada toʻplanishi yoki yer yuzida tarqalib ketgan boʻlishi mumkin. Bir mamlakatda toʻplanishi yoki har-har joyida yashashi ham mumkin. Ular asta–sekin kamayib va nihoyat faqat bir joyda birgina toifa qolishi ham mumkin, keyin esa Allohning amri keladi».

Olimlarning soʻzlari shuni koʻrsatadiki, bu toifa maʼlum bir insonlar guruhiga yoki maʼlum bir joyga bogʻlanmagan. Biroq, ularning oxirgi guruhi Shomda boʻladi va ular Dajjol bilan jang qiladilar, buni Paygʻambar sallallohu alayhi va sallam xabar berganlar.

Shubhasiz, shariat ilmi bilan shugʻullanadiganlar, yaʼni aqida, fiqh, hadis, tafsir, taʼlim, daʼvat va amalda ularni tatbiq qiladiganlar – najot topuvchi toifa sifatiga eng loyiq kishilardir. Chunki bu amallarni hammasi vahiydan olingan toʻgʻri ilm bilan boʻlishi shart.

Allohdan bizni ularning qatoriga qoʻshishini soʻraymiz. Nabiyimiz Muhammadga salavotlar va salomlar boʻlsin.

Alloh taolo bilguvchidir.

Fatvo manbasi

Maqola borasida fikringiz?

Izoh sababi
Ushbu qator to'ldirilishi shart.

Bu javob foydali bo’ldimi?

2

O’xshash fatvolar

  • Oxiratni niyat qilmay faqat maosh uchun ishlash qoralanadimi?

    Yigirma yildan ortiq davlat xizmatida ishlab kelayotgan xodim o‘z vazifasini sidqidildan bajaradi, o‘zini yaxshi tutadi. Buni u boshliqlariga va rahbariga ma’qul bo‘lish, maoshini to‘liq olish va lavozimda ko‘tarilish uchun qiladi. Bularning barchasi faqat shu maqsadlar bilan chegaralanib, Alloh rizoligi uchun qilinmaydi. Biroq bu xodim Allohga ibodat qiladi, ish vaqtidan tashqarida solih amallarini Alloh taolo uchun xolis qiladi, namoz o‘qiydi, ro‘za tutadi, sadaqa beradi, zakotini chiqaradi, haj qiladi, Qur’on tilovat qiladi, tafsir o‘qiydi hamda Alloh taolo uchun barcha solih amallarda Uning shariatiga muvofiq xolis amal qiladi. Alloh sizga yaxshilik ato etsin. Bu odamning ish vaqtidagi holati haqida nima deysiz? Bu joizmi, shirkmi yoki buning boshqa bir hukmi bormi? Iltimos, bizga maslahat bering: u nima qilishi kerak va o‘tgan yillardagi ishining gunohlari uchun javobgar bo‘ladimi? Alloh sizni o‘z panohida asrasin va muhofaza qilsin.
  • Muhabbatda gʻuluvga ketgan Barelvilar

    Barelvi mazhabi nima va ularning e’tiqodi qanday?
  • Islomdagi firqalar

    Garchi Islom yagona din ekanini bilsam-da, Islomdagi firqalar o‘rtasidagi asosiy farqlarni tushuntirib bersangiz, minnatdor bo‘lardim.
  • Aqida so‘zining kelib chiqishi va ma’nosi

    «Aqida» so‘zining ma’nosi nima?
  • Islomdagi firqalar va uning boshqa dinlarga ta’siri

    Islom dinida nechta firqa mavjud? Islom boshqa dinlardan qanday ta’sirlangan?