Mavzular

Yangi fatvolar

Maqolalar

Kitoblar


Saqlanganlar

Murakkab qidiruv


Loyiha haqida

Fikr bildiring

Bosh sahifa » Eʼtiqod masalalari » Najot topuvchi jamoaning xususiyatlari
Fatvo: 206

O'qildi: 152

May 30, 2025

/ 3 Zulhijja 1446

Fatvo mavzusi: » »

Najot topuvchi jamoaning xususiyatlari

Savol

Musulmon ergashishi lozim boʻlgan jamoaning shariat boʻyicha shartlari qanday?

O’xshash fatvolar

Javob

Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.

Najot topuvchi toifaning xususiyatlari


Najot topuvchi toifa kimlar?


Haqqa ergashish va najot topuvchi firqa, salafi solihlarning izdoshlari blgan ahli sunna valjamoaning safida blish musulmon kishiga vojibdir. Ularni Alloh uchun yaxshi krishi, ular qayerda blsalar ham, bitta yurtda yoki boshqa joyda blishidan qatʼi nazar, ular bilan ezgulik va taqvo ylida hamkorlik qilishi, ular bilan birga Allohning dinini himoya qAb-ushi lozim.

Najot topuvchi toifaning xususiyatlari haqida bir necha sahih hadislar kelgan

Quyida ushbu hadislardan baʼzilarini zikr qilamiz:

عن معاوية رضي الله عنه قال : سمعت النبي صلى الله عليه وسلم يقوللا يَزالُ مِن أُمَّتي أُمَّةٌ قائِمَةٌ بأَمْرِ اللَّهِ، لا يَضُرُّهُمْ مَن خَذَلَهُمْ، ولا مَن خالَفَهُمْ، حتّى يَأْتِيَهُمْ أمْرُ اللَّهِ وهُمْ على ذلكَ.

Muoviya raziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallamning «Ummatimdan bir jamoa Allohning amrini qoim qilib boraveradi. Ularni yolonchiga chiqarganlar ham, ularga qarshi chiqqanlar ham ularga zarar yetkaza olmaydi. Allohning amri kelgunicha ular shu holatda blishadi», deganlarini eshitdim» (Sahihi Buxoriy, 7460).

 

عن عمر بن الخطاب رضي الله عنه قال : قال رسول الله صلى الله عليه وسلملا تَزالُ طائِفَةٌ من أُمَّتي ظاهِرِينَ على الحَقِّ حتى تَقُومَ السّاعَةُ

Umar ibn Xattob raziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam dedilar: «Ummatimdan bir jamoa to qiyomatgacha haq ustidaolib bladi» (Hokim, Mustadrak: 8609. Sahih hadis).

 

عن المغيرة بن شعبة رضي الله عنه قال : سمعت النبي صلى الله عليه وسلم يقوللا يَزالُ مِن أُمَّتي قَوْمٌ ظاهِرِينَ على النّاسِ، حتّى يَأْتِيَهُمْ أمْرُ اللَّهِ

Muiyra ibn Shuʼba roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallamning «Ummatimdan bir qavmga Allohning amri kelguncha ular odamlar ustidanolib blib turaverishadi», deganlarini eshitdim» (Sahihi Buxoriy, 7459).

 

عن عمران بن حصين رضي الله عنه قال : قال رسول الله صلى الله عليه وسلم لا تزالُ طائفةٌ مِن أُمَّتي يُقاتِلونَ على الحقِّ ظاهِرينَ على مَنْ ناوَأَهُم حتّى يُقاتِلَ آخِرُهُم المَسيحَ الدَّجّالَ.

Imron ibn Husayn raziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam dedilar: «Ummatimdan bir jamoa haqiqat ylida jang qiladi. Ularga qarshi blganlarga ustun bladi. Ularning oxirgisi Masih Dajjol bilan jang qiladi» (Imomi Ahmad, 19920; Abu Dovud, 2484; Alboniy sahih degan).

 

Bu hadislarning maʼnosidan bir necha hukmlar kelib chiqadi:

  1. Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning «Mening ummatimdan bir jamoa» deyishlari ular ummatning bir boʻlagi ekaniga ishora qiladi, yaʼni butun ummat emas. Bu yana ummat ichida boshqa jamoalar ham borligini koʻrsatadi.
  2. «Ularga qarshi chiqqanlar ham ularga zarar yetkaza olmaydi» deyishlari boshqa toifalar ham borligini va ular najot topuvchi toifaga qarshi chiqishini bildiradi. Bu, shuningdek, «Ummat yetmish ikki firqaga boʻlinadi» degan hadisga ham mos keladi. Chunki boshqa jamoalar haqiqiy najot topuvchi jamoaga qarshi boʻlishadi.

Bu hadislar haq ahli uchun bashoratdir. Chunki bu dalillar najot topuvchi jamoa bu dunyoda zafar, gʻalaba va ustunlikka erishishini anglatadi.

 

Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning «Allohning amri kelguncha» deyishlaridan maqsad — qiyomat yaqinlashganda, mayin shaboda esib, har bir mmin va mminani jonini oluvchi shabadadir.

Bu «Ummatimdan bir toifa qiyomatgacha haqiqatda bladi» degan hadisga zid emas, chunki ularning hammasi haqiqatda blib, qiyomat yaqinlashgandasha shabada ularni olib ketadi.

Najot topuvchi toifaning xususiyatlari

Ushbu hadislar va boshqa rivoyatlardan kelib chiqadigan xususiyatlar quyidagilardir:

  1. Ular haqiqatdadirlar:
    • Hadislarda ular «haqda», «Allohning buyrugʻida», «ushbu dinda» boʻlishi aytiladi. Bu iboralar ularning Rasululloh sallallohu alayhi va sallam olib kelgan haqiqiy dinda mustahkam ekanliklarini koʻrsatadi.
  2. Ular Allohning buyrugʻini bajaruvchilardir:
    • Bu ular boshqa insonlardan daʼvat bayrogʻini koʻtarish bilan ajralib turishini va yaxshilikka buyurish va yomonlikdan qaytarish vazifasini bajarishlarini anglatadi.
  3. Ular qiyomatgacha ustundirlar:
    • Hadislarda bu toifaning Allohning amri kelguncha gʻalaba qozonishi va haq uzra gʻolib boʻlishlari taʼkidlangan. Ularning bu ustunligi:
      • Holatlarini ochiq-oydinligi, berkinib, yashirinmasdan hammaga maʼlumligi;
      • Haqda va dinda sobitlik, Allohning amrlarini bajarish va dushmanlariga qarshi jihod qilish demakdir;

Hadislardagi «Zuhur» szialaba va ustunlik maʼnosida.

  1. Ular sabrli va matonatlidirlar:
عن أبي ثعلبة الخشنيرضي الله عنهأن النبيصلى الله عليه وسلمقالفإنَّ مِن ورائِكم أيامَ الصَّبرِ، الصَّبرُ فيه مِثلُ قَبضٍ على الجَمرِ

Abu Saʼlabadan rivoyat qilingan hadisda, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam dedilar: «Sizlardan keyin kelajakda sabr kunlari bladi, u kunlarda sabr qilish xuddi olovli choʻgʻni qoʻlga ushlashdek bladi» (Termiziy, 3058, Abu Dovud, 4341, Ibn Moja, 4014, Alboniy sahih degan).

Najot topuvchi toifa kimlar?

Imom Buxoriy: «Ular ahli ilmlar», degan.

Kpgina ulamolar taʼkidlaydilarki: Najot topuvchi toifaahli hadislardir.

Imom Navaviy aytadi: «Bu toifa turli mminlar orasida tarqalgan blishi mumkin: ularning baʼzilari jasur jangchilar, baʼzilari fiqh ahli, baʼzilari hadis roviylari, baʼzilari zohidlar, baʼzilari yaxshilikka buyurib, yomonlikdan qaytaruvchilardir. Shuningdek, ularning orasida boshqa turdagi solih kishilar ham blishi mumkin».

U kishi yana shunday deydi: «Bu toifa mminlarning turli guruhlaridan iborat blishi mumkin: jangda jasur va mohir, fiqhni chuqur biladigan, hadis roviylari, mufassirlar, yaxshilikka buyurib, yomonlikdan qaytaruvchilar, zohidlar va obidlar».

Ibn Hajar rahimahulloh bu masalani batafsil bayon qilib aytadilar: «Bu toifa faqat bir joyda tplanishi shart emas. Ular bir qitʼada tplanishi yoki yer yuzida tarqalib ketgan blishi mumkin. Bir mamlakatda tplanishi yoki har-har joyida yashashi ham mumkin. Ular astasekin kamayib va nihoyat faqat bir joyda birgina toifa qolishi ham mumkin, keyin esa Allohning amri keladi».

Olimlarning szlari shuni krsatadiki, bu toifa maʼlum bir insonlar guruhiga yoki maʼlum bir joyga bolanmagan. Biroq, ularning oxirgi guruhi Shomda bladi va ular Dajjol bilan jang qiladilar, buni Payambar sallallohu alayhi va sallam xabar berganlar.

Shubhasiz, shariat ilmi bilan shuullanadiganlar, yaʼni aqida, fiqh, hadis, tafsir, taʼlim, daʼvat va amalda ularni tatbiq qiladiganlarnajot topuvchi toifa sifatiga eng loyiq kishilardir. Chunki bu amallarni hammasi vahiydan olingan toʻgʻri ilm bilan blishi shart.

Allohdan bizni ularning qatoriga qoʻshishini sraymiz. Nabiyimiz Muhammadga salavotlar va salomlar blsin.

Alloh taolo bilguvchidir.

Fatvo manbasi

Maqola borasida fikringiz?

Izoh sababi
Ushbu qator to'ldirilishi shart.

Bu javob foydali bo’ldimi?

2

O’xshash fatvolar

  • Odamga jin kirishi haqida

    So‘nggi kunlarda jinlarning inson tanasiga kirishi masalasi ko‘tarildi va bu aqlga sig‘maydigan holat deb da’vo qilinmoqda! Chunki yaratilishda asosiy farq bor: insonlar loydan, jinlar esa olovdan yaratilgan. Shaytonlar faqat vasvasa qilish qobiliyatigagina ega, Alloh ularga insonlar ustidan hukm yuritish huquqini bermagan! Shuningdek, bu boradagi yozib olingan videolavhalar esa dalil bo‘la olmasligi aytilmoqda. Siz bu haqda qanday fikrdasiz?
  • Turmush oʻrtoq tanlov natijasimi yoki Allohning qadarimi?

    Umr yo‘ldoshini tanlash bandaning ixtiyorimi yoki Allohning taqdirimi?
  • «Ey Rasululloh» deb nido qilish joizmi?

    «Yo Rasululloh» deyishimiz joizmi?
  • Oxiratni niyat qilmay faqat maosh uchun ishlash qoralanadimi?

    Yigirma yildan ortiq davlat xizmatida ishlab kelayotgan xodim o‘z vazifasini sidqidildan bajaradi, o‘zini yaxshi tutadi. Buni u boshliqlariga va rahbariga ma’qul bo‘lish, maoshini to‘liq olish va lavozimda ko‘tarilish uchun qiladi. Bularning barchasi faqat shu maqsadlar bilan chegaralanib, Alloh rizoligi uchun qilinmaydi. Biroq bu xodim Allohga ibodat qiladi, ish vaqtidan tashqarida solih amallarini Alloh taolo uchun xolis qiladi, namoz o‘qiydi, ro‘za tutadi, sadaqa beradi, zakotini chiqaradi, haj qiladi, Qur’on tilovat qiladi, tafsir o‘qiydi hamda Alloh taolo uchun barcha solih amallarda Uning shariatiga muvofiq xolis amal qiladi. Alloh sizga yaxshilik ato etsin. Bu odamning ish vaqtidagi holati haqida nima deysiz? Bu joizmi, shirkmi yoki buning boshqa bir hukmi bormi? Iltimos, bizga maslahat bering: u nima qilishi kerak va o‘tgan yillardagi ishining gunohlari uchun javobgar bo‘ladimi? Alloh sizni o‘z panohida asrasin va muhofaza qilsin.
  • Jin odamni o‘ldiradimi?

    Men sehrgarlik haqida ma’lumot olishni xohlayman. Uning ta’siri qanday? Sehrgar undan odam o‘ldirish uchun foydalanishi mumkinmi?
  • Zaruratda milodiy sanadan foydalanish

    Muhtaram shayx hazratlari, sizni xabardor qilmoqchimanki, Islom forumi idoralari milodiy taqvimdan foydalanadigan mamlakatlarda joylashgan, biz esa hijriy taqvimga amal qilamiz. Bu tafovut bizga hijriy taqvimni qo‘llamaydigan davlat idoralari bilan munosabatda bo‘lishda, shuningdek byudjetni rejalashtirish, maosh to‘lash va o‘sha davlatlardagi tegishli idoralarga moliyaviy hisobotlarni topshirishda qiyinchiliklar tug‘dirmoqda. Biz hijriy taqvimning muhimligiga qat’iy ishonch bildiramiz va uni musulmonlarning ramzi hamda g‘ayridinlardan farqlovchi belgi sifatida tan olamiz. Shunday bo‘lsa-da, zarurat tufayli moliyaviy muomalalar va byudjet masalalarida milodiy taqvimdan foydalanishimiz joizmi?