Mavzular

Yangi fatvolar

Maqolalar

Kitoblar


Saqlanganlar

Murakkab qidiruv


Loyiha haqida

Fikr bildiring

Bosh sahifa » Fiqh asoslari » Bidʼat — dindagi yangiliklar » Islomda «Bidʼati hasana» bormi?
Fatvo: 205

O'qildi: 459

30.05.2025

/ 3 Zulhijja 1446

Fatvo mavzusi:

Islomda «Bidʼati hasana» bormi?

Savol

Ashʼariylar va soʻfiylarning bidʼati hasana (yaxshi bidʼat) haqidagi bir qancha maqolalarini oʻqib chiqdim. Ular bunga dalil sifatida sahoba rukudan boshini koʻtarib, «Robbana va laka-l-hamd, hamdan kasiron, toyyiban, mubarokan fih» deganini va Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning buni maʼqullaganini keltiradilar. Shuningdek, ular Ibn Hajar bu fikrni qoʻllab-quvvatlaganini va Ibn Taymiyani «boshqalarni zalolatga yetaklovchi kishi» deb taʼriflaganini aytishadi. Bu masalaga qanday izoh berasiz?

O’xshash fatvolar

Javob

Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.

Birinchidan: Qanday qilib bidʼatning yaxshisi blishi mumkin, holbuki, Payambar sollallohu alayhi va sallam

 كلّ بدعة ضلالة وكلّ ضلالة في النّار

«Har bir bidʼat zalolatdir, har bir zalolat esa doʻzaxdadir», deb aytganlar (Nasoiy, 1560). Agar bu szdan keyin kimdir yaxshi bidʼat bor desa, bu Rasululloh sollallohu alayhi va sallamga qarshi chiqishdan boshqa narsa emas.


Ikkinchidan: Rukudan ktarilgandan keyin hamd aytish Payambar sollallohu alayhi va sallamdan sobit blgan zikrlardan biridir. Sahoba esa shunchaki hamdning bir turini aytdi. Qanday qilib bu holatni shariatda hech qanday asosi blmagan ibodat va zikrlarniylab topishga dalil qilish mumkin?!

 

Uchinchidan: Sahobaning bu amaliz-oʻzicha dalil bla olmaydi. Bu amal Payambar sollallohu alayhi va sallamning tasdiqlaridan keyin sharʼiy deb qabul qilindi. Agar Rasululloh sollallohu alayhi va sallam bu ishni tasdiqlamaganlarida edi, u holda sharʼiy blmasdi. Shunday ekan, bidʼatchilar bugungi davrda Payambar sollallohu alayhi va sallamning tasdiiga qanday qilib erisha olishadi?

 

Trtinchidan: Agar ular keltirgan dalil toʻgʻri blganida ham, bu faqat xos bir voqyea sifatida qabul qilinib, umumiy hukmga ega blmasdi. Biroq, «Har bir bidʼat zalolatdir» hadisi umumiy va qatʼiy maʼnoga egadir. Ulamolar orasida maʼlumki, mantuq (yaʼni ochiq bayon qilingan matn), mafhumdan (matnlarning siyoqidan tushuniladigan tushunchadan) ustun turadi.

 

Beshinchidan: Qurʼon va sunnat blmasa, aqlimiz bilanzimizcha yaxshini yomondan qanday ajratamiz? Axir, fikrlar farq qilish ehtimoli borku? Kimdir yaxshi deb bilgan narsani boshqasi yomon deb bilishi mumkin. Xsh, mezon nima? Kimning aqliga suyanamiz va kimning hukmiga amal qilamiz? Bu chalkashlik va betartiblikdan boshqa narsa emas.

 

Oltinchidan: (Bu uchinchi nuqtani tasdiqlaydi) Payambar sollallohu alayhi va sallam biror sahobani qilgan ibodatini yoki aytgan zikrini tasdiqlagan blsalar, bu amal Payambar sollallohu alayhi vasallamning tasdii bilan shariatga mos bladi va yaxshi amal (sunna hasana) deb hisoblanadi. Biroq, Payambar sollallohu alayhi va sallam vafot etganlaridan keyin, vahiy uzilganidan sng kimdir topgan zikr yoki ibodatni toʻgʻriligi va  shariatga mosligini qanday bilamiz? Bu imkonsiz. Shuning uchun, hozirgi kunda ibodat masalalarida faqat shariatda kelgan narsalarga cheklanishimiz kerak.

 

Imom Ibn Hajar haqida gapiradigan blsak, u kishi «Fathul Boriy» kitobida Shayxul Islom Ibn Taymiyadan kp szlarni naql qilgan va baʼzilarini maʼqullagan, baʼzilariga esa eʼtiroz bildirgan. Bu ulamolarning odatidir. Ular haqiqatga erishish va toʻgʻrilikka yetishish uchun birbirlarining szlarini muhokama qilishadi. Haq gohida eʼtiroz bildiruvchi tarafda blsa, gohida eʼtiroz bildirilayotgan tarafda blishi mumkin. Ammo savolda keltirilgan yomon iboraga kelsak, Ibn Hajarning odobi, taqvosi va ilmli kishilarga blgan hurmatini bilganimiz holda, bu gapning asossiz ekaniga iymonimiz komil. Alloh barchamizni mafirat qilsin va ularning ijtihodlari va ilmga blgan eʼtiborlari uchun mukofotlasin.

 

Maʼlumot uchun: Bidʼat ahlining savolda kelgani kabi turli shubhalariga «Har bir bidʼatzalolat» risolasida batafsil javob berilgan. Kitobning elektron nusxasini saytimizning «Kitoblar» blimidan yuklab olishingiz mumkin.

Fatvo manbasi

Maqola borasida fikringiz?

Izoh sababi
Ushbu qator to'ldirilishi shart.

Bu javob foydali bo’ldimi?

2

O’xshash fatvolar

  • Joynamoz yig‘ishtirilmasa jinlar namoz oʻqib qoʻyadimi?

    Bizda namoz o‘qib bo‘lgach, joynamozni yig‘ishtirib qo‘yish odat tusiga kirgan. Aytishlaricha, agar joynamoz yig‘ishtirib olinmasa, jinlar kelib, uning ustida namoz o‘qir yoki uyga jinlar kirib olar emish! Bu gap menga juda g‘alati tuyuldi, axir ular chindan ham bunda ibodat qilishsa, bu katta baxt-ku, shunday emasmi? Shar’iy manbalarda bu gapning biror asosi bormi yoki bu bid’at tushunchami?
  • Shaʼbonning oxirida ziyofat uyushtirish

    Baʼzi oilalar Shaʼbon oyining soʻnggi kechasida ziyofat uchun yigʻilishadi, ayrim yoshi ulugʻ kishilarning esa bu kecha uchun maxsus aytadigan qoʻshiqlari bor. Bunday yigʻilishlar va ziyofatlarning hukmi qanday?
  • Shaʼboniyya nima?

    Janubiy Osiyodagi koʻplab musulmonlar nishonlaydigan Shaʼboniyya bayramining asosi bormi?
  • Juma kechalari Yosin surasini jamoat bo‘lib o‘qish

    Juma kechalari masjidda jamoat bo‘lib Yosin surasini o‘qish shariatda bormi?
  • Rajab oyida ro‘za tutishning xos fazilati bormi?

    Rajab oyida ro‘za tutishning fazli haqida hadislar kelganmi?
  • Qur’onni o‘pish hamda qiroat paytida tebranish

    Ba’zi birodarlar shariatda asli bo‘lmagan amallarni qilishayotganini ko‘rdim. Men ularni bid’at amallar deb o‘ylasam-da, buni ishonchli manbalar bilan tasdiqlay olmayman. Agar bu amallar to‘g‘ri bo‘lmasa, ularni hikmat bilan to‘g‘rilashga harakat qilmoqchiman. 1. Duodan keyin barmoqlarga puflab, bosh barmoqlar bilan ko‘zlarni silash; 2. Duoni doimo Fotiha surasi bilan tugatish; 3. Qur’onni ko‘targanda va qo‘yishdan oldin o‘pish; 4. Namozda o‘tirganda yoki Qur’on o‘qiyotganda tebranish.