Mavzular

Yangi fatvolar

Maqolalar

Kitoblar


Saqlanganlar

Murakkab qidiruv


Loyiha haqida

Fikr bildiring

Bosh sahifa » Eʼtiqod masalalari » Iymon » Paygʻambarlarga iymon keltirish » Payg‘ambar sollallohu alayhi va sallamning martabalari
Fatvo: 2036

O'qildi: 47

Noyabr 18, 2025

/ 27 Jumadal-ula 1447

Fatvo mavzusi:

Payg‘ambar sollallohu alayhi va sallamning martabalari

Savol

Payg‘ambar Muhammad sollallohu alayhi va sallamning yuksak martabalarini bilishni istardim.

O’xshash fatvolar

Javob

Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.

Azon va chaqiriqni eshitgan kishi muazzinga ergashishi shariatda belgilangan. Azonga ergashib bo‘lgach, Payg‘ambar sollallohu alayhi va sallamga salavot aytiladi va so‘ng sahih hadisda kelgan duoni aytadi.

عَنْ جَابِرِ بْنِ عَبْدِ اللهِ : أَنَّ رَسُولَ اللهِ قَالَ: «مَنْ قَالَ حِينَ يَسْمَعُ النِّدَاءَ: اللَّهُمَّ رَبَّ هَذِهِ الدَّعْوَةِ التَّامَّةِ، وَالصَّلَاةِ الْقَائِمَةِ، آتِ مُحَمَّدًا الْوَسِيلَةَ وَالْفَضِيلَةَ، وَابْعَثْهُ مَقَامًا مَحْمُودًا الَّذِي وَعَدْتَهُ، حَلَّتْ لَهُ شَفَاعَتِي يَوْمَ الْقِيَامَةِ».

Jobir ibn Abdulloh roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim azonni eshitganida: «Allohumma! Robba hazihid-da’vatit-taamma, vassolatil qoima, ati Muhammadanil-vasiylata val-fazila. Vab’as’hu maqomam mahmudanillazi va’adta», desa, qiyomat kuni unga shafoatim vojib bo‘ladi», dedilar» (Sahihi Buxoriy, 614).
Izoh: Ushbu azon duosining ma’nosi quyidagicha: «Allohim, ey ushbu tugal azonning va to‘kis namozning Robbi! Muhammadga vasila* va fazilat* bergin hamda uni O‘zing va’da qilgan «Maqomi mahmud»da* tiriltirgin».

Ma’lumot uchun: Duoda kelgan «vasila» – jannatdagi yagona maqom bo‘lib, unga insoniyatdan faqat bir kishi erishadi. O‘sha maqomni Rasululloh sollallohu alayhi vasallam uchun so‘rash ummatlarning burchidir. Zero, vasila bashariyat sayyidiga berilmasa, kimga ham berilardi.

Yuqoridagi sahih hadisda vorid boʻlgan duoda, koʻrib turganingizdek «yuqori daraja» (الدرجة العالية الرفيعة) iborasi yo‘q, shuning uchun azon duosida bu kalimalarni aytishdan chetlanish kerak . «Vasila va fazilat» so‘zidagi bog‘lovchi bayon bog‘lovchisi, ya’ni «vasila – bu buyuk fazilatdir», degan ma’noni bayon qiladigan bog‘lovchidir. «Vasila» boshqa maxluqotlardan yuqori daraja bo‘lib, Payg‘ambar sollallohu alayhi va sallam uni Abdulloh ibn Amr ibn Os rivoyat qilgan hadisda tushuntirganlar.

عَنْ عَبْدِ اللهِ بْنِ عَمْرِو بْنِ الْعَاصِ أَنَّهُ سَمِعَ النَّبِيَّ يَقُولُ: «إِذَا سَمِعْتُمُ الْمُؤَذِّنَ فَقُولُوا مِثْلَ مَا يَقُولُ، ثُمَّ صَلُّوا عَلَيَّ؛ فَإِنَّهُ مَنْ صَلَّى عَلَيَّ صَلَاةً صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ بِهَا عَشْرًا، ثُمَّ سَلُوا اللهَ لِي الْوَسِيلَةَ؛ فَإِنَّهَا مَنْزِلَةٌ فِي الْجَنَّةِ لَا تَنْبَغِي إِلَّا لِعَبْدٍ مِنْ عِبَادِ اللهِ، وَأَرْجُو أَنْ أَكُونَ أَنَا هُوَ. فَمَنْ سَأَلَ لِي الْوَسِيلَةَ حَلَّتْ لَهُ الشَّفَاعَةُ».

Abdulloh ibn Amr ibn Os roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallamning shunday deganlarini eshitganman: «Muazzinni (azon aytayotganini) eshitsangiz, uning aytganini aytib turinglar, keyin menga salavot aytinglar. Kim menga bir marta salavot aytsa, buning uchun Alloh unga o‘nta salavot aytadi. Keyin menga Allohdan vasila so‘ranglar. U jannatdagi bir manzil bo‘lib, Allohning birgina bandasidan boshqasiga loyiq emas. O‘sha men bo‘laman deb umid qilaman. Endi kim mening uchun vasila so‘rasa, shafoat unga vojib bo‘libdi» (Sahihi Muslim, 384).

«Maqomi mahmud» esa bandalar orasida ajrim qilish uchun Alloh taoloning huzuridagi ulug‘ shafoatdir. Unga faqat Muhammad sollallohu alayhi va sallamga ruxsat beriladi. Bu Alloh taoloning Payg‘ambari sollallohu alayhi va sallamga aytgan so‘zida zikr qilingan:

﴿أَقِمِ الصَّلَاةَ لِدُلُوكِ الشَّمْسِ إِلَىٰ غَسَقِ اللَّيْلِ وَقُرْآنَ الْفَجْرِ ۖ إِنَّ قُرْآنَ الْفَجْرِ كَانَ مَشْهُودًا۝٧٨وَمِنَ اللَّيْلِ فَتَهَجَّدْ بِهِ نَافِلَةً لَكَ عَسَىٰ أَنْ يَبْعَثَكَ رَبُّكَ مَقَامًا مَحْمُودًا۝٧٩﴾

«Quyosh og‘ishidan to tun qorong‘usigacha namozni to‘kis ado qiling va tonggi o‘qishni (bomdod namozini) ham (to‘kis ado qiling). Zero tonggi o‘qish (kecha va kunduz farishtalari) hozir bo‘ladigan namozdir. Kechaning (bir qismida) uyg‘onib o‘zingiz uchun nafl (ibodat) bo‘lgan namozni o‘qing! Shoyadki, Parvardigoringiz sizni (Qiyomat Kunida Buyuk Shafoatni — hisob-kitobni boshlashini Allohdan so‘rab beruvchi) maqtovli maqomda tiriltirur» (Isro: 78-79).

Bu «maqomi mahmud» deb nomlanishiga sabab, barcha xaloyiqlar bu maqom uchun Muhammad sollallohu alayhi va sallamni maqtashlaridir, chunki uning shafoati Qiyomat dahshatlaridan qutulish va hisob-kitobga o‘tish hamda xaloyiqlar orasida ajrim qilish sababidir.

Alloh bilguvchiroqdir.

Fatvo manbasi

Maqola borasida fikringiz?

Izoh sababi
Ushbu qator to'ldirilishi shart.

Bu javob foydali bo’ldimi?

0

O’xshash fatvolar

  • Payg‘ambar sollallohu alayhi va sallamga sehrning ta’siri

    Ibodatda hech kim tenglasha olmaydigan Payg‘ambar sollallohu alayhi va sallamdek zotga qanday qilib sehr qilishgan?
  • O‘qish-yozishni bilmaydigan Payg‘ambar

    Payg‘ambar Muhammad sollallohu alayhi va sallamning o‘qish va yozishni bilmaganliklariga biror dalil bormi?
  • Odam alayhissalom farzandlarining nikohi

    Men iymonimga shubha qilmayman, alhamdulillah, lekin qalbni behuzur qiladigan baʼzi masalalar bor: Odam va Havvo farzand koʻrganlarida, ularning farzandlari bir-birlari bilan turmush qurishgan. Ammo Qurʼoni Karimda aka-ukalarning opa-singillari bilan nikohlanishi harom deyilgan-ku?! Bu ish qanday sodir boʻlgan?
  • Paygʻambar sollallohu alayhi vasallamning ilgarigi kitoblarda bashorat qilinishi

    Menga baʼzi musulmonlar Muhammad sollallohu alayhi va sallam va Iso alayhissalom buyuk paygʻambarlar ekanligi, Injilda Muhammad sollallohu alayhi vasallamning zikr qilinmaganligining sababi, u zot Injil yozilganidan soʻng tavallud topganliklarini aytishmoqda. Xoʻsh, Iso alayhissalom Tavrot yozilganidan keyin tugʻilgan boʻlsada, Tavrotda u kishi haqlarida 600 dan ortiq ishora va bashoratlar bor hamda bularning barchasi roʻyobga chiqqan. Lyekin butun boshli Injilda Muhammad sollallohu alayhi va sallam haqlarida birorta ham xabar kelmagan. Shunday ekan, Iso alayhissalom va Muhammad sollallohu alayhi va sallam qanday qilib teng boʻlishlari mumkin?